2-jadval. O‘zbekiston suv havzalari ixtiofaunasining hozirgi tarkibi.
№
Lotincha nomi
O‘zbekcha nomi
Izoh
Acipenseridae
Osetrsimonlar oilasi
1
Acipenser nudiventris
Ship
R
2
Pseudoscaphirhynchus fedtschenkoi
Sirdaryo qilquyrug‘i
E R –
3
Pseudoscaphirhynchus hermanni
Amudaryo kichik qilquyrug‘i
E R
4
Pseudoscaphirhynchus kaufmanni
Amudaryo katta qilquyrug‘i
E R
Clupeidae
Seldsimonlar oilasi
5
Clupea harengus membras
Salaka
A
Salmonidae
Losossimonlar oilasi
6
Oncorhynchus mykiss
Gulmoyi
A
7
Salmo ischchan
Sevan gulmoyi
A
8
Salmo trutta oxianus
Amudaryo gulmoyisi
Ss
9
Salmo trutta aralensis
Orol lososi
–
Coregonidae
Siglar oilasi
10
Coregonus lavaretus
Ludoga
I
11
Coregonus peled
Pelyad
A
12
Coregonus sardinella
Sibir ryapushkasi
I
Esocidae
Cho‘rtansimonlar oilasi
13
Esox lucius
Cho‘rtan
+
Cyprinidae
Karpsimonlar oilasi
14
Abbottina rivularis
Daryo abbottinasi
I
15
Abramis brama orientalis
Sharq oqchasi
+
16
Abramis sapa aralensis
Orol oqko‘zi
Ss
17
Alburnoides bipunctatus eichwaldi
Sharq tezsuzari
+
18
Alburnoides oblongus
Toshkent yuzasuzari
E
19
Alburnoides taeniatus
Yo‘l-yo‘l tezsuzari
+
20
Aristichthys nobilis
Ola-chipor do‘ngpeshona
A
21
Aspiolucius esocinus
Jerex
E R
22
Aspius aspius taeniatus
Orol qizillab jerexi
Ss
23
Barbus brachycephalus
Orol mo‘ylovdori
E R –
24
Barbus capito conocephalus
Turkiston mo‘ylovdori
Ss
25
Capoetobrama kuschakewitschi
O‘tkir parrak
E R
26
Carassius auratus gibelio
Kumush karas
+
27
Chalcalburnus chalcoides aralensis
Orol moybalig‘i
Ss
28
Ctenopharyngodon idella
Oq amur
A
29
Cyprinus carpio
Sazan
+
30
Diptychus dybowskii
Yalang‘och osman
+
31
Diptychus maculatus
Tangachali osman
+
32
Diptychus sewerzowi
Seversov osmani
+
33
Gobio gobio lepidolaemus
Turkiston peskari
Ss
34
Hemiculter leucisculus
Qirraqorin
I
35
Hypophthalmichthys molitrix
Oq do‘ngpeshona
A
36
Leuciscus idus oxianus
Turkiston ko‘kbo‘yini
Ss
37
Leuciscus lehmanni
Zarafshon oq chebagi
E
38
Leuciscus squalisculus
Sirdaryo oq chebagi
E
39
Mylopharyngodon piceus
Qora amur
I
40
Opsariichthys uncirostris
Amur uchlabi
I
41
Parabramis pekinensis
Amur oqchasi
I
42
Pelecus cultratus
Qilich baliq
+
43
Pseudorasbora parva
Amur chebakchasi
I
44
Rhodeus ocellatus ocellatus
Ko‘zli taxirbaliq
I
45
Rutilus rutilus aralensis
Orol qizilko‘zi
Ss
46
Scardinius erythrophthalmus
Qizilparra
+
47
Schizothorax intermedius
Qora baliq
+
48
Varicorhynus capoeta heratensis
Samarqand xramulyasi
Ss
Sobitidae
Eshvoylar oilasi
49
Sabanejewia aurata
Orol tikanagi
Ss
50
Nemacheilus amudarjensis
Buxoro yalangbalig‘i
E
51
Nemacheilus dorsalis
Kulrang yalangbaliq
+
52
Nemacheilus kuschakewitschi
Kushakevich yalangbalig‘i
E
53
Nemacheilus labiatus
Qo‘ng‘ir gubach
I
54
Nemacheilus malapterurus
SHarq tojli yalangbalig‘i
+
55
Nemacheilus oxianus
Amudaryo yalangbalig‘i
E
56
Nemacheilus stoliczkai
Tibet yalangbalig‘i
+
57
Nemacheilus strauchi
Dog‘li gubach
I
Siluridae
Laqqalar oilasi
58
Silurus glanis
Laqqa
+
Ictaluridae
Mushuksimon laqqalar oilasi
59
Ictalurus punctatus
Kanal laqqasi
A
Sisoridae
Tog‘ laqqalar oilasi
60
Glyptosternum reticulatum
Turkiston laqqasi
+
Oryziatidae
Oriziyalar oilasi
61
Oryzias latipes sinensis
Xitoy medakasi
I
Poeciliidae
Petsiliyalar oilasi
62
Gambusia affinis
Gambuziya
A
Atherinidae
Aterinalar oilasi
63
Atherina boyeri
Oddiy aterina
I
Gasterosteidae
Tikanbaliqlar oilasi
64
Pungitius pungitius aralensis
Orol sanchari
Ss
Percidae
Olabug‘alar oilasi
65
Gymnocephalus cernua
Toshbosh
+
66
Perca fluviatilis
Olabug‘a
+
67
Perca schrenki
Balxash olabug‘asi
I
68
Stizostedion lucioperca
Oq sla
+
Eleotrididae
Goloveshkalar oilasi
69
Micropercops cinctus
Mikroperkops
I
Gobiidae
Eshvoylar oilasi
70
Rhinogobius bruneus
Amur buqabalig‘i
I
Channidae
Ilonboshlar oilasi
71
Channa argus
Ilonbosh
A I
Cottidae
Toshbuqabaliqlar oilasi
72
Cottus gobio jaxartensis
CHotqol toshbuqasi
E
73
Cottus spinulosus
Turkiston toshbuqasi
E
Pleuronectidae
Kambalasimonlar oilasi
74
Plathichtys flesus luscus
Glossa
A
Izoh:
+ - Aborigen turlar.
– - Deyarli yo‘qolib ketgan aborigen turlar.
E – Endemik turlar.
Ss – Lokal kenja turlar.
R – O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan turlar.
A – Iqlimlashtirilgan turlar.
I – Tasodifan kelib qolgan turlar.
Orol fojeasi nafaqat baliq turlari sonining kamayishiga, balki ovlanadigan baliqlar miqdorining kamayib ketishiga ham olib keldi. Masalan, 1960-yillarda Orol dengizining o‘zidan o‘rtacha 25 ming tonna baliq ovlangan bo‘lsa, 1985-yillardan boshlab ushbu suv havzasining baliqchilikdagi ahamiyati butunlay yo‘qoldi. Orol dengizi baliqchilik ahamiyatini yo‘qotgandan keyin asosiy e’tibor ichki suv havzalari ya’ni suv omborlari, ko‘llar va daryolardan baliq ovlashga hamda baliqchilik xo‘jaliklarida baliq yetishtirishni kuchaytirishga qaratildi. 1990-yillarning boshida respublikamizning barcha tabiiy va sun’iy suv havzalaridan yiliga 26 ming tonna atrofida baliq yetishtirilgan va ovlangan bo‘lsa, 2003-2004 yillarga kelib ushbu ko‘rsatkich 4-5 ming tonnaga tushib qoldi. 2006-yillardan boshlab esa bu ko‘rsatkich asta-sekin ko‘tarila boshladi. Respublikamizda baliqlarni intensiv yetishtirish texnologiyalariga o‘tish natijasida keyingi yillarda baliq mahsulotlarini yetishtirishni keskin ko‘paytirishga erishildi. Agar respublikamiz suv havzalarida 2009 yilgacha har yili 6,5 ming tonna baliq mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2013 yilda 38 ming tonnaga va 2014 yilga kelib esa 46,5 ming tonnaga etkazildi. Shundan 30,5 ming tonnasi sun’iy suv havzalarida yetishtirilgan bo‘lsa, 16 ming tonnasi tabiiy suv havzalaridan ovlangan. 2017 yilga kelib 100 ming tonna va 2018 yil 120 ming tonna baliq yetishtirilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Suv havzalaridan ratsional foydalanish muammosi hozirgi kunda nafaqat O‘zbekistonda balki butun Markaziy Osiyoda ham keskinligicha turibdi. So‘nggi yillarda regionda suv havzalaridan kompleks foydalanish muammosini hal qilish uchun irrigatsiya maqsadida ko‘plab ishlar qilinmoqdaki bu boshqa sohalarga, xususan baliqchilik sohasiga ham ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Aynan yo‘q bo‘lib ketgan hamda ov ahamiyatiga ega baliq turlarining o‘rnini qoplash, respublikamiz hovuz xo‘jaliklarini yangi baliq ob’ektlari bilan ta’minlash va shu orqali baliq yetishtirishni kuchaytirish maqsadida boshqa regionlardan bir qancha baliq turlari suv havzalarimizga iqlimlashtirila boshlandi. Dastlab XX asrning 30-yillarida bezgak chivinining lichinkasini yo‘qotish maqsadida gambuziya balig‘i suv havzalarimizga iqlimlashtirilgan bo‘lsa, keyinchalik Uzoq Sharq daryolaridan olib kelingan oq amur, oq do‘ngpeshona baliqlari nafaqat baliqchilik xo‘jaliklarining asosiy boqiladigan baliq ob’ektlariga, balki boshqa suv havzalaridagi asosiy ov ahamiyatiga ega baliq turlari bo‘lib ham ulgurishdi. Bulardan tashqari oq amur va oq do‘ngpeshona baliqlari bilan birga tasodifan kelib qolgan ilonbosh baliq turi hozirgi vaqtda ixtiofaunamiz tarkibidan mustahkam o‘rin olib ulgurdi.