Bugungi kunda dunyo miqiyosida oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi, ichki suv havzalari biologik potensialidan, jumladan, baliq resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda


Amudaryo havzasining gidrologik hamda gidrografik tavsifi



Download 7,56 Mb.
bet6/22
Sana21.07.2022
Hajmi7,56 Mb.
#834797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Fozilov

1.2. Amudaryo havzasining gidrologik hamda gidrografik tavsifi
Amudaryo O‘zbekistonning eng sersuv va suv yig‘adigan maydoni jihatidan eng katta daryosidir. Daryoni qadimgi yunon va rimliklar Oqsu, arablar Jayhun, mahalliy xalqlar Omul deb ataganlar. Amudaryo Hindiqush tog‘larining shimoliy yonbag‘rida 4950 m balandlikda joylashgan Vrevskiy muzligidan Vahjir nomi bilan boshlanadi. So‘ngra Vahandaryo deb yuritiladi. Vahandaryo Zo‘rko‘ldan kelayotgan Pomir daryosi bilan qo‘shilib Panj nomini oladi. Panj daryosiga o‘ngdan G‘unt, Bartang, Yazg‘ulom, Vanch, Qizilsuv irmoqlari kelib qo‘shiladi. Nihoyat Panj Vaxsh daryosi bilan qo‘shilgach Amudaryo deb ataladi. Unga o‘ngdan Kofirnihon, Surxondaryo, chapdan esa Qunduz irmoqlari kelib qo‘shiladi. Sheroboddaryo esa Amudaryoga ba’zi yillari quyiladi. Ko‘hitangdaryo esa umuman yetib kelmaydi. Amudaryo tekislikka chiqqach sekin oqib, Orol dengizigacha unga biror ham irmoq qo‘shilmaydi.
Amudaryoning uzunligi 2540 km. Shundan 1500 km. tekislikdagi qismi O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadi. Amudaryoning suv yig‘adigan maydoni 465 ming km2 bo‘lib, shundan 227,3 ming km2 tog‘li qismiga to‘g‘ri keladi. Amudaryo tog‘li qismida tor o‘zanda shiddat bilan oqib, o‘zani o‘rtacha har bir km. ga 4 m, ayrim qismida 10 m. pasayib boradi. Bunday joylarda daryo juda tez oqib, oqimshning tezligi sekundiga ayrim qismida 6 m. gacha boradi. Aksincha tekislik qismida u nishab o‘zanda sekin oqib, har bir km. ga 0,2— 0,3 m. pasayadi, oqimning o‘rtacha tezligi sekundiga 1—3 m. ga tushib qoladi. Natijada daryo qirg‘og‘ini tez yuvib, o‘zanini o‘zgartib turadi. Bu hodisani mahalliy xalq «degish» deb ataydi: daryo qirg‘og‘ini sutkasiga bir necha metrgacha yuvadi. 1898 yili Amudaryo Qarshi shahari yonida 6 minut ichida 10 m qirg‘og‘ini o‘pirib yuvib ketganligi ma’lum. 1932 yili iyul oyida Amudaryo To‘rtko‘l shahri chetidagi eni 500 m. qirg‘og‘ini yuvib ketgan. Natijada Qoraqalpog‘iston respublikasining poytaxti Nukusga ko‘chirilgan.
1-jadval. O‘zbekiston daryolarining suv resurslari.

Daryolar havzalari

o‘rtacha yillik suv sarfi, m3/s

Yillik oqim hajmi, km3/yil

o‘rtacha

eng ko‘p

eng kam

AMUDARYO

Panj

1140,0

35,0

49,10

27,66

Vaxsh

661,0

20,8

28,6

16,2

Kofirnihon

187,0

5,89

9,81

4,09

Surxondaryo, Sheroboddaryo

127,0

4,0

5,71

2,44

Qashqadaryo

49,6

1,56

2,72

0,897

Zarafshon

169,0

5,32

6,86

3,81

Hammasi

2332,6

73,57

100,8

55,1

SIRDARYO

Norin

448,0

13,8

23,4

8,17

Farg‘ona vodiysi

405,8

12,8

24,6

6,35

Turkiston tizmasi

4,63

0,303

0,446

0,225

Ohangaron

38,5

1,22

3,04

0,577

Chirchiq

248,0

7,82

14,5

4,53

Kalas

6,67

0,21

0,507

0,088

Aris

64,2

2,02

4,91

0,35

Qoratog‘ tizmasi

21,1

0,663

1,61

0,11

Hammasi

1242,9

38,84

72,67

20,4



Amudaryo suvidan ilgari Respublikamizning faqat Xo­razm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ekin may­­donlarini sug‘orishda foydalanilar edi. Keyinchalik, aniqrog‘i 60­yillardan boshlab, daryoning o‘rta oqimida Amu­Buxoro va Qarshi magistral kanallariga suv olinib, Bu­xoro va Qashqadaryo vohalarining bir qismi yerlari ham sug‘oriladigan bo‘ldi.
Ma’lumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida mavsumdan­mavsumga va u yildan bu yilga o‘zgarib turadi. yer yuzidagi, ayniqsa, o‘rta Osiyo kabi arid iqlimli hudud­lardagi ba’zi bir daryo va soylarning suv miqdori yil davomida shu qadar notekis va noqulay taqsimlanganki, oqibatda milliard­milliard metr kub suv xalq xo‘jaligiga hech qanday foyda keltirmasdan behuda oqib ketadi. Ayrim paytlarda, masalan, toshqin va to‘linsuv davrlarida to‘lib­ toshib oqib, ma’lum darajada zarar ham keltiradi. O‘lkamiz sharoitida, qishloq xo‘jaligida suvga bo‘lgan talab ortgan mavsumlarda esa bunday daryo va soylardagi suv keskin kamayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi.
Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan to‘la va samarali foydalanish hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida ularning oqim rejimini boshqarib turish zaruriyati paydo bo‘la boshladi. Bu muammolarni ijobiy tarzda hal etish uchun daryolarda sun’iy ko‘llar ­ suv omborlari barpo etila boshladi. Suv omborlari qurish o‘lkamiz kabi qurg‘oqchil hamda qishloq xo‘jaligi sug‘orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko‘pchilik suv om­borlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta’minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivoj­lantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar suv ta’minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra O‘rta Osiyo davlatlari hududida kichik suv omborlari ­ hovuzlar eski eraning oxiri va yangi eraning boshlaridayoq qurilgan. Ularni qurishdan maqsad kichik soylar suvini to‘plab, so‘ng undan sug‘orish ishlarida foydalanish bo‘lgan. Papan, Bozorqo‘rg‘on, Nanay, Eski yer, Chortoq, Chodak, Varzik kabi suv omborlari barpo etildi. Farg‘ona vodiysidagi mavjud suv resurslaridan irrigatsion maqsadlarda hamda elektr energiyasi hosil qilishda keng foydalaniladi.
O‘zbekistonning irrigatsion maqsadlarda foydalaniladigan asosiy daryosi Sirdaryo hisoblanadi. Farg‘ona vodiysi orqali oqib o‘tadigan Sirdaryo, Norin va Qoradaryolardan bir qancha irrigatsion kanallar olib ketilgan. Keyingi 50-60 yil mobaynida Farg‘ona vodiysining barcha viloyatlaridagi mavjud yer resurslarining g‘oyat intensiv sur’atda o‘zlashtirilishi, yirik sug‘orish tizimlari-magistral kanallar qurilishi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda kanallar Farg‘ona vodiysini o‘rgimchak to‘ri kabi o‘rab olgan. Eng yirik hisoblangan Katta Farg‘ona kanali (uzunligi 370 km, suv sarfi 200 m3/). Shimoliy Farg‘ona kanali (uzunligi 260 km, suv sarfi 50 m3/sek.), Janubiy Farg‘ona kanali (uzunligi 93 km, suv sarfi 93 m3/sek), Katta Andijon sek.) davlatlararo (O‘zbekiston va Tojikiston) ahamiyatga molikdir (3-ilova kanali (uzunligi 120 km, suv sarfi 200 m3/sek.), Katta Namangan kanalining birinchi navbati (uzunligi 62 km, suv sarfi 61 m3/sek), Chust, Oxunboboev nomli, So‘x, Shohimardon, Log‘an kabi o‘nlab kanallar Farg‘ona sug‘orma dehqonchiligining asosi hisoblanadi. Shuningdek, Farg‘ona vodiysining markaziy qismida erlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida yirik kollektor drenaj tizimi So‘x-Isfara (uzunligi 36 km, suv sarfi 48 m3/sek.), Sariq suv (uzunligi 52 km, suv sarfi 50 m3/sek.), O‘rta Qiziltepa (uzunligi 49 km, suv sarfi 40,3 m3/sek.), Achchiqko‘l (uzunligi 82 km, suv sarfi 166 m3/sek.) boshqa ko‘plab kollektorlar barpo etilgan.

Xulosa.
O‘zbekiston o‘zining turli tipdagi suv havzalariga ya’ni daryo, ko‘l, kanal, suv omborlari va hovuzlariga ega bo‘lib, ularning barchasi ma’lum darajada baliqchilik ahamiyatiga ega hisoblanadi. Respublikamizning asosiy daryolariga Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va ularning irmoqlari kiradi. Hozirgi paytga kelib ushbu tabiiy suv havzalarining barchasi ma’lum maqsadlarda boshqariladi. Buning isboti sifatida ko‘plab suv omborlari, irrigatsion kanallarning qurilishini misol qilib keltirish mumkin. Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarga ko‘ra mavjud ko‘llarning soni unchalik o‘zgarmagan bo‘lsa ham lekin ularning umumiy maydoni ortgan. Bularga sabab masalan, ko‘plab kanallar, kollektorlarning qurilishi va tashlama suvlardan ko‘llarning hosil bo‘lishidir. Sariqamish, Dengizko‘l va Arnasoy ko‘llar tizimi maydonining ortishi ham aynan tashlama suvlarning kelib qo‘shilishi hisobiga yuz bergan. Hozirgi paytga kelib respublikamizdagi kattayu-kichik umumiy ko‘llar soni 100 ta atrofida bo‘lib, ularning umumiy maydoni 2000-2500 kv.km ga teng. Sug‘orma dehqonchilikning tobora tog‘ oldi mintaqasiga tomon yuqorilab borishi (Norin va Sirdaryo suvlari to‘rt marta bosqichma-bosqich yuqoriga nasoslar orqali ko‘tarib beriladi), shaharlarda sanoatning rivojlanishi qishloqlarga «kichik industriya» ning kirib kelishi, maishiy va kundalik ehtiyojlar uchun mavjud suv resurslaridan foydalanish darajasining kundan-kunga ortib borishi oqibatida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, garchi ular suv resurslari boshida joylashganligiga qaramay, bugungi kunda jiddiy suv taqchilligi yuzaga kelmoqda. Suv omborlari suv xo‘jaligi va gidrotexnik inshootlar tizimidagi asosiy bo‘g‘inidir.


Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish