Bugungi kunda dunyo miqiyosida oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi, ichki suv havzalari biologik potensialidan, jumladan, baliq resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda


-BOB. TABIIY VA SUN’IY SUV HAVZALARINING GIDROLOGIK VA GIDROGRAFIK TAVSIFI



Download 7,56 Mb.
bet5/22
Sana21.07.2022
Hajmi7,56 Mb.
#834797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Fozilov

1-BOB. TABIIY VA SUN’IY SUV HAVZALARINING GIDROLOGIK VA GIDROGRAFIK TAVSIFI
1.1. Sirdaryo havzasining gidrologik hamda gidrografik tavsifi

O‘zbekiston o‘zining turli tipdagi suv havzalariga ya’ni daryo, ko‘l, kanal, suv omborlari va hovuzlariga ega bo‘lib, ularning barchasi ma’lum darajada baliqchilik ahamiyatiga ega hisoblanadi. Respublikamizning asosiy daryolariga Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va ularning irmoqlari kiradi. Hozirgi paytga kelib ushbu tabiiy suv havzalarining barchasi ma’lum maqsadlarda boshqariladi. Buning isboti sifatida ko‘plab suv omborlari, irrigatsion kanallarning qurilishini misol qilib keltirish mumkin. Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarga ko‘ra mavjud ko‘llarning soni unchalik o‘zgarmagan bo‘lsa ham lekin ularning umumiy maydoni ortgan. Bularga sabab masalan, ko‘plab kanallar, kollektorlarning qurilishi va tashlama suvlardan ko‘llarning hosil bo‘lishidir. Sariqamish, Dengizko‘l va Arnasoy ko‘llar tizimi maydonining ortishi ham aynan tashlama suvlarning kelib qo‘shilishi hisobiga yuz bergan. Hozirgi paytga kelib respublikamizdagi kattayu-kichik umumiy ko‘llar soni 100 ta atrofida bo‘lib, ularning umumiy maydoni 2000-2500 kv.km ga teng.


Sirdaryo havzasiga umumiy ta’rif. Sirdaryo Norin va Qoradaryoning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va uzunligi 2137 km, suv yig‘ish havzasining maydoni 150100 km2 ni tashkil etadi. Chotqol va Qurama tog‘ tizmalarining janubi-sharqiy yon bag‘irlarida 16 ta soy va bir qancha jilg‘alar bo‘lib, ularning eng yiriklari G‘ovasoy, Kosonsoy va Pochchaotasoylardir.
Sirdaryo havzasining tog‘li oblastidagi chegarasining tog‘ tizmalari ichida Oloy, Turkiston tog‘ tizmalari eng baland tog‘lardir. Bu tog‘larning ayrim cho‘qqilari dengiz sathidan deyarli 6000 m balanddir.
Sirdaryo havzasining asosiy tog‘ tizmalari hamma joyida qor chizig‘idan balandda (bu tog‘lardagi qor chizig‘i 3300-4400 m) joylashgan. Havzada doimiy qor va muzliklar maydoni nisbatan ko‘p, biroq, ular Amudaryo havzasiga qaraganda anchagina kamchilikni tashkil etadi. Muzliklarning ko‘pchiligi Norin daryosi havzasida - Oqshiyroq, Bo‘rqo‘lday, Otboshi, Terskay Olatovi, Jettibel tog‘ tizmalarida va Oloy hamda Turkiston tizmalarining shimoliy yonbag‘irlarida joylashgan. Norin daryosi havzasida 750 ga yaqin muzlik, Oloy va Turkiston tizmalarining shimoliy yonbag‘irlarida 500 dan ortiq muzlik, Farg‘ona tizmasining janubiy yonbag‘rida esa 100 dan ortiqroq muzlik bor. Chotqol tizmasining janubi-sharqiy yonbag‘rida atigi 13 ta muzlik bor xolos.
Daryolarning to‘yinish tipi va oqim rejimi tog‘ tizmalarining balandligiga va ulardagi doimiy qor va muzliklarga bog‘liq. Muzlik-qor suvlaridan to‘yinuvchi daryolar faqat Norin daryosi havzasining yuqori qismida va Turkiston, Oloy tog‘ tizmalarining shimoliy yonbag‘irlarida (Oqsuv, Xo‘jabaqirg‘on, Isfara, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy, Aravonsoy va Oqbo‘ra daryolari) uchraydi. Biroq, Sirdaryo havzasidagi yirik daryolarning hammasi, shuningdek, kichikroq daryolarning ko‘pchiligi qor va muzliklardan to‘yinuvchi daryolar sirasiga kiradi. Sirdaryoning bosh irmoqlari Norin, Qoradaryo va Chirchiq daryolari Farg‘ona vodiysidagi eng ko‘p yirik o‘ng irmoqlar bo‘lib qor va muzliklardan to‘yinadi.
Sirdaryo havzasining suv yig‘ish maydonidagi hosil bo‘ladigan suvning umumiy mutlaq miqdori sekundiga 1200 m3 yoki yiliga 38 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Amudaryoning tog‘li qismida sekundiga 2500 m3 yoki yiliga 78 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Sirdaryoning o‘rtacha oqim moduli 8 l/sek. km2 ni tashkil etadi. Daryoning loyqa oqiziqlari miqdori ancha kam. Norin va Qoradaryoning har bir km2 suv yig‘ish maydoni yuzasidan yuviladigan oqiziqlarning o‘rtacha yillik miqdori 357 tonnaga teng. Amudaryo havzasidagi Panj va Vaxsh daryolarida bu ko‘rsatkich 1120 tonnaga teng.
Norin daryosi Norin shahridan 44 km sharq tomonda Katta va Kichik Norin daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Norin daryosi Norin shahridan 21 km oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan O‘narcha daryosi, so‘ngra esa So‘nko‘l ko‘lidan chiqib keladigan Ko‘kjerti daryosi kelib quyiladi. Bu daryolarning quyilish joyidan ko‘p o‘tmay Norin daryosiga uning eng yirik chap irmoqlaridan biri - Otboshi daryosi, so‘ngra Olabug‘a daryosi kelib qo‘shiladi. Norin daryosining uzunligi L=534 km, havzasining maydoni F=58370 km2.
Norin daryosining irmoqlari juda ko‘p. Biroq, suv yig‘ish maydonining kattaligi va suvining ko‘pligi jihatidan bu irmoqlarning uchtasi - Otboshi, Olabug‘a va Ko‘kmeren daryolari alohida o‘rin tutadi. Bu uchala daryoning suv yig‘ish maydoni birgalikda Norin havzasining 37 % ni tashkil etadi.
Daryoning to‘yinishida yer osti suvlarining hissasi katta, shuning uchun daryoning yillik oqim rejimi bir me’yorda. Maksimal o‘rtacha oylik oqim yillik oqim miqdorining 11-12 % i iyun-iyul oylariga, minimal o‘rtacha oylik oqim esa 5-6 % i yanvar-fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Yillik oqimning 35,9 % mart-iyun oylariga, 31,3 % iyul-sentyabr oylariga, qolgan 32,8 % i esa oktyabr-fevral oylariga to‘g‘ri keladi.
Qoradaryo Sirdaryoning chap irmog‘i bo‘lib, sersuvligi jixatidan Norindan keyingi o‘rinda turadi. Uzunligi Tar daryosi bilan birgalikda 318 km, xavza maydoni 28630 km2. Qoradaryo Farg‘ona tizmasining janubi-g‘arbiy va Oloy tizmasining shimoliy yonbag‘irlaridan boshlanadigan Tar va Qoraqulja daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Qoradaryo havzasi Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Uning suvi Farg‘ona tizmasining janubi-g‘arbiy va Oloy tizmasining shimoliy yonbag‘irlaridan oqib tushadi. Farg‘ona tizmasi shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa tomon balandlashib boradi.

Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish