Energo -mexanika fakulteti ekologiya fanidan



Download 483,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.06.2021
Hajmi483,06 Kb.
#102766
  1   2   3   4
Bog'liq
Ekologiya Mustaqil ish Zarina



NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI 

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK 

INSTITUTI 

 

 



 

 

 



 

 

 



ENERGO –MEXANIKA FAKULTETI 

EKOLOGIYA FANIDAN  

 

 



 

 

 



Bajardi: 7a-MSM guruh  talabasi 

Xolbo`tayeva Zarina 

Qabul qildi: Urinova X 

 

 



 

 



Mavzu: Biosfera ta`limoti 

a) Biosfera, uning tarkibi va chegaralari 

b) Biosfera evolyutsiyasi 

c) Biosferani asrash muammolari 



Biosfera va uning tarkibiy qismlari  

 

Biosfera – (gr. “bios”-hayot. «spaira»-shar) Yer sharining tirik 



organizmlar ta'sirida bo`lgan qismi bo`lib, uning tarkibi va energetikasi shu 

organizmlarga faoliyatiga bog`liq. Biosfera Yer yuzining tirik organizmlar 

yashaydigan yuza qatlami ekanligi to`g`risidagi tasavvurlar J.B. Lamarkdan 

boshlangan edi. Ammo u alohida termin sifatida fanga birinchi marta 1875 yilda 

avstriya geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfera – bu 

yer ustining tirik organizmlar yashaydigan yupqa po`stlog`idir. U biosferani 

chuqurroq tushuntirib bermadi. 

Yerning tiriklik muhiti ekanligi to`g`risidagi o`zidan oldingi fikrlarni 

rivojlantirgan rus olimi V.I. Vernadskiy 1926 yilda biosfera to`g`risidagi 

ta'limotni yaratdi. Bu ta'limotga ko`ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat: 

1)tirik organizmlar 

2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan 

mineral moddalar. 

3)tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo`lgan va lekin biogen 

modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar. 

Tirik organizmlar tabiatda juda ko`p va xilma-xil bo`lib, ular turli yashash 

muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy 

qismlariga (masalan, jonsiz predmetlarga) qaraganda o`zlarida kechadigan 

biokimyoviy jarayonlarning aktivligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun 

ham ular Yer yuzida o`zgarishlar yasashga qodirlar. 

Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I. Vernadskiy fikricha tirik 

moddalar bo`lib, ularning asosida vazn, kimyoviy tarkib va energiya yotadi. Bu 

moddalarni Vernadskiy 3 guruhga bo`ladi: 



1)  kos (o`lik) moddalar – bularning yaratilishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. 

Bularga  abiotik  muhitning  omillari,  masalan,  quyosh  radiatsiyasi,  havoning 

namligi, bosimi, ximizmi va boshqalar kiradi; 

2)  biogen moddalar – bular tirik organizmlar tomonidan yaratiladi va o`zlashtiriladi. 

Bunga toshko`mir, bitum, neft va ohaktosh kiradi; 

3)  biokos moddalar –bular tirik organizmlar va abiotik muhit omillarining birgalikda 

ta'siri  natijasida  paydo  bo`ladi.  Bunga  tuproq  va  tabiiy  suvlar  kirib,  holati  tirik 

organizmlarga bog`liq bo`ladi. 

Hozirgi vaqtda biosferaga yagona ekotizim sifatida qaraladi. U joylashgan 

o`rniga ko`ra 3 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan. 



1.Litosfera – (gr. “litos” - tosh) Yerning sirtqi po`stlog`i bo`lib, u g`ovak 

modda ya'ni tuproqdan iborat. Yer mag`zidagi barcha tirik organizmlar ana shu 

qavatda yashaydi. 

Tuproq va uning kelib chiqishini birinchi bo`lib rus olimi V.V. 

Dokuchayev o`rgangan. Uning fikricha tuproq tog` jinslarining quyosh 

energiyasi, namlik, va tirik organizmlar yordamida nurashidan hosil bo`ladi. 

Tuproq biosferaning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda yuqori 

zichlikka (o`rtacha 2,7 g

sm3) ega bo`lib, u to`rtta tarkibiy qismdan iborat. Bular 



– kattiq zarrachalar, bu zarrachalar orasidagi namlik havo va mikroorganizmlar

Tuproqda yashovchi organizmlar edafobiontlar yoki geobiontlar deb nomlangan 

bo`lib, ularda tuproqning zichligi, harorati, yorug`lik va ximizmiga nisbatan 

qator moslanishlar mavjud. 



2.Gidrosfera – dunyodagi barcha suvliklar bo`lib, ular Yer yuzi 

maydonining 70,8% ni egallagan. Gidrosferaning umumiy maydoni        1 mlrd 

370 mln. kv.km. ga teng bo`lib, uning katta qismi dengiz va okeanlar bilan band 

(98,3 %). qolgani esa quruqlikda joylashgan muzliklar, daryo va ko`llardir. 

Suvda zichlik, yopishqoqlik, bosim va issiqlik sig`imining kattaligi, uning 

turli tuzlar va gazlarni eritib olganligi hamda yorug`likni yomon o`tkazishi bu 

muhitdagi hayot sharoitini belgilaydi. Shuning uchun ham suvda yashaydigan 

organizmlarda o`sha muhitga nisbatan qator moslanishlar mavjud. Suvda 




yashaydigan organizmlar gidrobiontlar deb aytiladi va ular o`zlaridagi ekologik 

moslanishlar yordamida suvning barcha qavatlarini egallab olganlar.  

3.Atmosfera – Yer sharini o`rab olgan havo qatlamidan iborat bo`lib, uning 

og`irligi Yer og`irligining milliondan bir qismiga teng. Bu miqdor 5000 trillion 

tonnani tashkil qiladi va yer yuzasining har bir kvadrat santimetr maydoniga 1,32 

kg.  dan  to`g`ri  keladi.  Ana  shu  miqdordagi  havoning  teng  yarmi  6  km. 

balandlikkacha  bo`lgan  qavatda  joylashgan.  Qolgan  yarmining  99%    30  km. 

balandlikkacha  bo`lgan  qavatda  va  1  %  -  3000  km.  balandlikkacha  bo`lgan 

qavatida  joylashgan.  Bu  balandlik  atmosferaning  yuqori  chegarasi  bo`lib,  bu 

yerda atmosfera havosining zichligi sayyoralararo bo`shlik havosining zichligiga 

tenglashadi.  Yerdan  balandga  ko`tarilgan  sari  havoning  siyraklashayotganini 

barcha organizmlar, shuningdek odam organizmi ham yaqqol sezadi. 

Atmosfera  3  ta  asosiy  qavatdan  –  troposfera,  stratosfera  va  ionsferadan 

tarkib topgan. Biz bu to`g`rida keyinroq ma'lumot beramiz. Havo zarrachalarining 

eng  zich  joylashgan  qavati  troposfera  bo`lib,  u  biosfera  tarkibiga  kiradi. 

Hozirgacha  fanda  havoda  yashovchilar  –  atmobiontlar  ma'lum  emas.  Ammo 

ko`pgina  organizmlar  bor-ki,  ular  havoda  harakatlanish  va  oziqlanishga 

moslashib olganlar. 

Shunday qilib, biosfera tirik va tirik bo`lmagan tarkibiy qismlardan iborat 

murakkab ekotizim bo`lib, u iyerarxik (ya'ni tobe'lik) tartibda joylashgan individ, 

populyatsiya, biotsenoz va biogeotsenozlardan tashkil topgan. 

 

Bu ekotizimda barcha organizmlar bir-birlari bilan va ayni vaqtda abiotik 



muhit omillari bilan o`zaro ta'sirda bo`ladilar. Organik va noorganik dunyodagi 

bunday bog`lanishlar biosferani azaldan o`zgarib kelmoqda. Bu o`zgarishlar 

davomida atmosferaning pastki qavatida erkin kislorod, yuqorirogida esa ozon 

gazlari paydo bo`ldi, organizmlar tomonidan suv va havodan olingan uglerod 

oksidi toshko`mir va ohaktosh holida qazilmalarda to`plandi. 

 

Hozirgi  kunda  biosferaning  o`zgarishi  qudratli  kuchlar  ta'sirida  yanada 



tezlashgan. Bu qudratli kuch inson omili bo`lib, insonning o`zgartiruvchi faoliyati 


tabiatning barcha burchaklarida favqulodda texnogen hodisalar va tabiiy ofatlarni 

keltirib chiqarmoqda.  

 


Download 483,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish