Bugungi kunda dunyo miqiyosida oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi, ichki suv havzalari biologik potensialidan, jumladan, baliq resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda


Tabiiy va sun’iy suv havzalaridagi sanoat ahamiyatiga ega baliq turlari



Download 7,56 Mb.
bet10/22
Sana21.07.2022
Hajmi7,56 Mb.
#834797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Fozilov

2.2. Tabiiy va sun’iy suv havzalaridagi sanoat ahamiyatiga ega baliq turlari

Sirdaryo va Amudaryo basseynlarining hozirgi ixtiofaunasi turli manbalar hisobiga shakllangan, ya’ni: a) mahalliy daryolardagi baliq turlari hisobiga;


b) rejalashtirilgan holda introduksiya qilingan baliq turlari hisobiga; v) tasodifan kelib qolgan baliqlar hisobiga. Sun’iy suv havzalari ixtiofaunasining shakllanishini alohida qayd etish kerak bo‘ladi. L.S.Berg (1905), F.A.Turdakov (1936), G.V.Nikolskiy (1940,1948), N.A.Stepanova (1955), M.A.Abdullayev (1957), B.V.Verigin (1961), G.K.Kamilov (1970), M. Muxamadiyev (1985), X.N.Nuriyev (1985) va boshqa ixtiologlarning ishlarida suv omborlari va boshqa suv havzalarining ixtiofaunasini shakllanishi batafsil ko‘rib chiqilgan. Orol fojeasi nafaqat baliq turlari sonining kamayishiga, balki ovlanadigan baliqlar miqdorining kamayib ketishiga ham olib keldi. Masalan, 1960-yillarda Orol dengizining o‘zidan o‘rtacha 25 ming tonna baliq ovlangan bo‘lsa, 1985-yillardan boshlab ushbu suv havzasining baliqchilikdagi ahamiyati butunlay yo‘qoldi. Orol dengizi baliqchilik ahamiyatini yo‘qotgandan keyin asosiy e’tibor ichki suv havzalari ya’ni suv omborlari, ko‘llar va daryolardan baliq ovlashga hamda baliqchilik xo‘jaliklarida baliq yetishtirishni kuchaytirishga qaratildi. 1990-yillarning boshida respublikamizning barcha tabiiy va sun’iy suv havzalaridan yiliga 26 ming tonna atrofida baliq etishtirilgan va ovlangan bo‘lsa, 2003-2004 yillarga kelib ushbu ko‘rsatkich 4-5 ming tonnaga tushib qoldi. 2006-yillardan boshlab esa bu ko‘rsatkich asta-sekin ko‘tarila boshladi. Respublikamizda baliqlarni intensiv yetishtirish texnologiyalariga o‘tish natijasida keyingi yillarda baliq mahsulotlarini yetishtirishni keskin ko‘paytirishga erishildi. Agar respublikamiz suv havzalarida 2009 yilgacha har yili 6,5 ming tonna baliq mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2013 yilda 38 ming tonnaga va 2014 yilga kelib esa 46,5 ming tonnaga yetkazildi. Shundan 30,5 ming tonnasi sun’iy suv havzalarida yetishtirilgan bo‘lsa, 16 ming tonnasi tabiiy suv havzalaridan ovlangan.
Ov ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq turlarining soni barcha suv havzalarida bir xil emas. Odatda tekisliklardagi suv havzalarida tog‘ va tog‘oldida joylashgan suv havzalaridagiga qaraganda bunday baliq turlari ko‘p bo‘ladi. Respublikamiz suv havzalaridagi asosiy ov ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq turlari quyidagilar hisoblanadi: zog‘ora baliq, Orol oqchasi, oq do‘ngpeshona, oq sla, oq amur, jerex, Turkiston mo‘ylovdori, kumushrang karas va laqqa. Barcha suv omborlarida ixtiofaunaning shakllanishi stixiyali tarzda sodir bo‘ladi va ularning baliqchilikdagi ahamiyati nuqtai-nazaridan bir qancha tadbirlar amalga oshirilgan. Masalan, baliqlar va ularning ozuqasi hisoblanadigan organizmlarni iqlimlashtirish, ov ahamiyatiga ega baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirish va hokazolar. O‘tkazilgan tadbirlar o‘zining samarasini bera boshladi. Aynan suv omborlari suvga yangi to‘ldirilgan yillari keyingi yillarga nisbatan baliqlarga kambag‘al bo‘lgan. Suv omborlarining yoshi orta borgan sari baliqlar tur tarkibiga ko‘ra boyib borgan. Bu asosan u yerlarga baliqlarning daryolar va kanallar orqali kirib kelishi hamda yangi baliq turlarini iqlimlashtirish, baliq yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish natijasida yuz berdi. Mana shu va boshqa sabablar tufayli suv havzalarida ov ahamiyatiga ega va ahamiyatsiz baliqlar nisbati hamda yirtqich va yirtqich bo‘lmagan baliqlar nisbati bir xil emas.
Aynan yo‘q bo‘lib ketgan hamda ov ahamiyatiga ega baliq turlarining o‘rnini qoplash, respublikamiz hovuz xo‘jaliklarini yangi baliq ob’ektlari bilan ta’minlash va shu orqali baliq yetishtirishni kuchaytirish maqsadida boshqa regionlardan bir qancha baliq turlari suv havzalarimizga iqlimlashtirila boshlandi. Dastlab XX asrning 30-yillarida bezgak chivinining lichinkasini yo‘qotish maqsadida gambuziya balig‘i suv havzalarimizga iqlimlashtirilgan bo‘lsa, keyinchalik Uzoq Sharq daryolaridan olib kelingan oq amur, oq do‘ngpeshona baliqlari nafaqat baliqchilik xo‘jaliklarining asosiy boqiladigan baliq ob’ektlariga, balki boshqa suv havzalaridagi asosiy ov ahamiyatiga ega
baliq turlari bo‘lib ham ulgurishdi. Bulardan tashqari oq amur va oq do‘ngpeshona baliqlari bilan birga tasodifan kelib qolgan ilonbosh baliq turi
hozirgi vaqtda ixtiofaunamiz tarkibidan mustahkam o‘rin olib ulgurdi.
Respublikamiz suv havzalariga baliqlarni dastlabki iqlimlashtirish XX asrning 30-yillarida boshlangan bo‘lib, bunda malyariya chiviniga qarshi kurashish maqsadida gambuziya balig‘i olib kelingan. 1951-1952 yillarda
respublikamiz baliqchilik xo‘jaliklarining hovuzlariga Moskva viloyati Savin xo‘jaligidan kumush tobonbalig‘i olib kelib qo‘yib yuborilgan. 1958-yili esa sharq oqchasi balig‘i respublikamiz suv omborlariga olib kelingan. XX asrning 70-yillarida baliqchilik xo‘jaliklarimizda boqish uchun vatani Uzoq Sharq suv havzalari bo‘lmish o‘txo‘r baliqlardan oq amur va oq do‘ngpeshona baliqlari iqlimlashtirildi. Ba’zi baliq turlari esa bizning suv havzalarimizga iqlimlashtirilayotgan baliqlar bilan birga tasodifan kelib qolishdi. Masalan, ilonbosh balig‘i suv havzalarimizga o‘txo‘r baliqlar bilan birga kelib qolgan.
Uzoq Sharqdagi Amur daryosi o‘simlikxo‘r baliqlari bo‘lmish oq amur va oq do‘ngpeshona baliqlarining O‘rta Osiyo xususan O‘zbekiston suv havzalariga iqlimlashtirilishi o‘zining juda katta ijobiy natijalarini berdi. Umuman O‘zbekiston suv havzalariga ushbu baliqlardan tashqari gambuziya, kumush tobonbaliq, lesh, sudak, pelyad va boshqa baliq turlari muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Iqlimlashtirish ishlarida turlarning potensial arealini bilish zarur va bu areal haqiqiy arealdan ancha keng bo‘ladi hamda 4 ta mezonni nazarda tutadi:
1) geografik mezon – hozirgi va potensial areallarning iqlimini solishirish natijasida iqlimlashtirish imkoniyatini ko‘rsatadi; 2) ekologik mezon – organizmlarning muhitga nisbatan talabidan kelib chiqadi; 3) biotik mezon – iqlimlashtirish olib borilayotgan suv havzasida biologik o‘xshash turning mavjud emasligi bilan belgilanadi va bu akklimatizantning nisbatan bo‘sh ekologik nishani egallashini ta’minlaydi; 4) xo‘jalik mezoni – olib kelinayotgan ob’ektning ovlanish va tovar xususiyatlarini xarakterlaydi.
Iqlimlashtiriladigan har qanday ob’ektning moslashuv shakli asosida biologik mexanizmlar yotadi va bu mexanizmlar migratsiya yoki iqlimlashtirish jarayonlarida e’tiborga olinishi kerak bo‘ladi. Chunki ko‘chirib o‘tkazilayotgan ob’ekt o‘zi uchun yangi, deyarli tubdan farq qiluvchi iqlim sharoitiga moslashishiga to‘g‘ri keladi. Hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun iqlimlashtirishning samaralilik mezoni ularning yangi ekologik sharoitda yashab qolishi bilan belgilanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda Orol basseyniga kiruvchi suv havzalarida salbiy tomonga o‘zgarish kuchli tarzda sodir bo‘lmoqda. Ushbu basseynga kiruvchi bir qancha daryolarning suvlari yangi qurilgan suv omborlari, kanallar va kollektorlar tomonidan o‘zlashtirilib, ularning Orol dengizigacha etib borishiga yo‘l qo‘yilmadi hamda ushbu basseynning suvi butunlay boshqarila boshlandi. Bularning natijasida esa ko‘plab baliqlar uchun tabiiy yashash sharoiti buzila boshlandi. Ko‘plab irrigatsion qurilmalarning masalan suv omborlari va gidroelektrostansiyalarning suv havzalari yo‘lida qurilishi ko‘plab baliqlarning tabiiy ko‘payish joylariga o‘ta olmasliklariga olib kela boshladi. Masalan, Orol shipi o‘z vaqtida qimmatli ov ahamiyatiga ega baliq bo‘lgan. U hayotining asosiy qismini Orol dengizida o‘tkazib ko‘payish uchun Sirdaryoning o‘rta va yuqori oqimlarigacha ko‘tarilgan. Sirdaryoning yo‘lida suv omborlarining dambasi ship balig‘ining yuqoriga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qildi va Orol dengizi quriy boshlagandan keyin ushbu tur baliq nafaqat dengizning o‘zida balki Sirdaryoning o‘rta va yuqori oqimlarida ham uchramay qoldi. Xuddi shunday holat Orol mo‘ylovdori bilan ham sodir bo‘lgan. Ushbu baliq turi ham suv omborlariga dambalar qurilgandan so‘ng Sirdaryoning yuqori qismlariga o‘ta olmay qoldi va bu yerlarda ular uchramay qoldi.
Sirdaryo soxta kurakburunining taqdiri biroz boshqacharoq. Ushbu tur baliq Sirdaryo basseynida, Qoradaryo, Norin va Mingbuloq ko‘lida tarqalgan edi. Hozirga kelib bu tur ancha vaqtdan buyon Sirdaryoning yuqori va o‘rta oqimlarida uchramay qo‘ydi hamda noyob hamda kamayib borayotgan tur sifatida “Qizil Kitob”ga kiritildi.
Sun’iy suv havzalarining qurilishi albatta ma’lum darajada baliqlarning yashash sharoitlariga ta’sir qilmay qolmagan. Irrigatsion maqsadlarda qurilgan suv havzalari baliqlar ekologiyasiga, ayniqsa ularning ko‘payishi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, faunamizdagi ko‘pchilik baliqlar fitofil – ya’ni o‘simliklarga tuxum qo‘yuvchilar hisoblanadi. Yangi barpo etilgan suv havzalarida esa bunday sharoitning shakllanishi uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari suvning asosiy qismini issiq yoz kunlarida sug‘orish uchun sarflanishi ushbu suv havzalarida suv sathining keskin pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa baliqlarning ko‘payishi uchun zarur sharoitlarni yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Masalan, Orol shipi va Orol mo‘ylovdori kabi baliq turlari suv omborlaridagi dambalardan ko‘payish uchun Sirdaryoning yuqori oqimlariga o‘ta olmagani tufayli hozirda nafaqat Sirdaryoda balki umuman respublikamizning barcha suv havzalarida ham deyarli uchramay qoldi.
Yuqoridagi holatlar suv havzalarimizdagi ixtiofaunaning shakllanishiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Umuman olganda suv havzalarimiz ixtiofaunasining shakllanishi asosan Amudaryo va Sirdaryo bilan bog‘liq. Chunki barcha irmoqlar bevosita yoki bilvosita asosiy daryolar bilan aloqada bo‘lib, ularning ixtiofaunasi bosh daryo hisobiga shakllangan. Yangidan barpo qilinayotgan suv omborlari va irrigatsion kanallar ixtiofaunasi ham shu tarzda shakllanadi. Bulardan tashqari yangi tur baliq ob’ektlarining baliqchilik hovuzlarida etishtirilishi ushbu baliq turlarining boshqa tabiiy va sun’iy suv havzalariga o‘tib qolishiga ham sababchi bo‘lgan.

Xulosa.
Respublikamizda ov ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq turlarining soni barcha suv havzalarida bir xil emas. Odatda tekisliklardagi suv havzalarida tog‘ va tog‘oldida joylashgan suv havzalaridagiga qaraganda bunday baliq turlari ko‘p bo‘ladi. Respublikamiz suv havzalaridagi asosiy ov ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq turlari quyidagilar hisoblanadi: zog‘ora baliq, Orol oqchasi, oq do‘ngpeshona, oq sla, oq amur, jerex, Turkiston mo‘ylovdori, kumush tobonbaliq va laqqa. Barcha suv omborlarida ixtiofaunaning shakllanishi stixiyali tarzda sodir bo‘ladi va ularning baliqchilikdagi ahamiyati nuqtai-nazaridan bir qancha tadbirlar amalga oshirilgan. Masalan, baliqlar va ularning ozuqasi hisoblanadigan organizmlarni iqlimlashtirish, ov ahamiyatiga ega baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirish va hokazolar. O‘tkazilgan tadbirlar o‘zining samarasini bera boshladi. Aynan suv omborlari suvga yangi to‘ldirilgan yillari keyingi yillarga nisbatan baliqlarga kambag‘al bo‘lgan. Suv omborlarining yoshi orta borgan sari baliqlar tur tarkibiga ko‘ra boyib borgan. Bu asosan u yerlarga baliqlarning daryolar va kanallar orqali kirib kelishi hamda yangi baliq turlarini iqlimlashtirish, baliq yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish natijasida yuz berdi.
So’nggi yillarda yo’q bo‘lib ketgan hamda ov ahamiyatiga ega baliq turlarining o‘rnini qoplash, respublikamiz hovuz xo‘jaliklarini yangi baliq ob’ektlari bilan ta’minlash va shu orqali baliq yetishtirishni kuchaytirish maqsadida boshqa regionlardan bir qancha baliq turlari suv havzalarimizga iqlimlashtirila boshlandi. Dastlab XX asrning 30-yillarida bezgak chivinining lichinkasini yo‘qotish maqsadida gambuziya balig‘i suv havzalarimizga iqlimlashtirilgan bo‘lsa, respublikamiz baliqchilik xo‘jaliklarining hovuzlariga Moskva viloyati Savin xo‘jaligidan kumush tobonbalig‘i olib kelib qo‘yib yuborilgan. 1958-yili esa sharq oqchasi balig‘i respublikamiz suv omborlariga olib kelingan. XX asrning 70-yillarida baliqchilik xo‘jaliklarimizda boqish uchun vatani Uzoq Sharq suv havzalari bo‘lmish o‘txo‘r baliqlardan oq amur va oq do‘ngpeshona baliqlari iqlimlashtirildi.



Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish