Bugalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Korxonaning to‘lov layoqatini baholashda, odatda, quyidagiko‘rsatkichlardan foydalaniladi



Download 1,67 Mb.
bet15/20
Sana13.07.2022
Hajmi1,67 Mb.
#785056
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kurs ishi Togaev Behzod1

Korxonaning to‘lov layoqatini baholashda, odatda, quyidagiko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
· Mutlaq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
· Oraliq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
· Joriy to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
Mutlaq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi korxonaning joriy aktivlarida harakatchan aktivlarning to‘lov majburiyatlarini qoplashiga yetarliligi yoki yetishmasliligini; oraliq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi joriy aktivlarda harakatchan va tez pulga aylanadigan aktivlarni to‘lov majburiyatlarini qoplashga yetarliligi yoki yetishmasliligini; joriy to‘lov layoqati ko‘rsatkichi esa joriy aktivlarda barcha aylanma aktivlarning to‘lov majburiyatlarini to‘lashga yetarliligi yoki yetishmasliligini tasniflaydi.
Korxonaning to‘lov layoqatiga baho berishda muqobillik variantlarini ham qo‘llash lozim bo‘ladi. Yangi ochilgan va hali faoliyat boshlamagan korxonalarga kredit berish yuzasidan qaror qabul qilishda, uning biznes-reja ko‘rsatkichlari va u bo‘yicha aniqlangan to‘lovga qodirlikning ehtimolligiga, korxonaga maqsadli, markazlashgan kredit resurslarining tushirilishiga, texnik loyihalar asosida kredit ajratilishi va hokazolarga ahamiyat berilishi muhimdir.
Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti to‘lov qobiliyatining qat’iy me’yori qisqa muddatli majburiyatlarni darhol mavjud pul mablag‘lari bilan qoplanishidir. Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, qarzni uzish kafolati shuncha yuqori bo‘ladi. Oz miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lib, pul mablag‘larini kirimi va chiqimini muddati va miqdorini nazorat qilish orqali balans likvidligini ta’minlagan holda korxona doimiy ravishda to‘lovga qodir bo‘lishi mumkin. Mutlaq likvidlik koeffitsiyentining, ya’ni pul mablag‘lari va qisqa muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashning yil boshi va yil oxiridagi natijalari biroz tavsiya etilgan me’yorlarga yaqin.
Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti joriy qarzlarni qancha qismi (zaxiralarsiz) debitorlik qarzlarni to‘liq undirilgan holda qoplay olishini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,5 dan 1,0 gacha va undan yuqori bo‘lishi korxonaning faoliyat turi, joriy aktivlarining strukturasi va debitorlik qarzlarni sifati va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarning nisbatiga: sotish hajmi bilan aylanma mablag‘lar, sotish hajmi va debitorlik qarzlar, oborot aktivlari va qisqa muddatli majburiyatlarga bog‘liq. Debitorlik qarzlarini yuqori hajmda va jami mablag‘larda salmoqli ulushga ega bo‘lishi korxonaning to‘lovga qodirligini amalda pasayishiga olib keladi. Likvidlikni tahlil etishda debitorlik qarzlarni miqdori va sifatiga katta e’tibor qaratiladi, chunki ularni to‘lov manbalariga aylanishi uchun ketadigan vaqt uzoq muddatni tashkil etadi, inflatsiya tufayli yana qo‘shimcha yo‘qotishlarga duch keladi. Bizning misolimizda oraliqni qoplash likvidlik koeffitsiyenti yil boshi va yil oxirida tavsiya etilgan me’yordan kichik. Ammo, korxona rahbariyati debitorlik qarzlar bilan ishlashni faollashtirib bu shakldagi oborot mablag‘larni pul shaklida muomalaga kiritilishini tezlashtirish orqali mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisoblashishni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti yoki umumiy qoplash koeffitsiyenti:
- joriy qarzlarning qancha qismi joriy aktivlar bilan qoplanishini;
- joriy majburiyatlarning har so‘miga necha so‘mlik joriy aktivlar (aylanma mablag‘lar) qiymati to‘g‘ri kelishini;
- joriy majburiyatlarni jami aylanma mablag‘lari bilan qoplanish darajasini ifodalaydi.
Joriy likvidlik koeffitsiyenti korxonani chiqargan aksiyalari va obligatsiyalarini xarid etgan subyekt va jismoniy shaxslar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Aksiyadan olinadigan dividendlar miqdori, obligatsiyalardan foizlar joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasiga bog‘liqdir.Joriy aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi rezerv zaxirasini hosil qiladi. Rezerv zaxirasi korxona zarar ko‘rgandaqoplashga sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni qanchalik yuqori bo‘lishi kreditorlarda qarzni uzishga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydi.
Joriy likvidlik koeffitsiyentining me’yor ko‘rsatkichi 1 dan 2 gacha hisoblanadi, ammo, barcha tarmoqlar uchun yagona me’yor belgilanishi maqsadga muvofiq emas, chunki, bu ko‘rsatkich darajasi korxonaning faoliyat turi, uning tuzilishi va balans aktivining sifati, operatsion jarayon davomiyligi, kreditorlik qarzlarni qoplanish muddatlari va h.k. larga bog‘liq. Joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasining hisob – kitobiga ko‘ra likvidlik yil boshi va yil oxirida me’yor darajasida, uning o‘sish su’rati 1,08 koeffitsiyentni tashkil etgan. Joriy likvidlik koeffitsiyentining darajasi ko‘p jihatdan zaxiralarni tashkil etish manbalari uzoq muddatli majburiyat va korxonaning o‘z kapitaliga bog‘liq. Uning darajasini oshirish uchun o‘z kapitalini manbalar bilan to‘ldirish, aktivlar va debitorlik qarzlar o‘sishini turg‘un holda saqlashdan iborat. Mazkur ko‘rsatkichdan korxona aktivi likvidligini baholash va uzoq muddatli istiqbolda to‘lovga qodirligini aniqlashda foydalaniladi. Oborot aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlardan ikki marotaba ortiq bo‘lishi korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini barqaror o‘sishi uchun zamin yaratadi. Buning natijasida ishchi kapitali yoki «sof oborot aktivi» shakllanadi.
Ishchi kapitali likvid rezervlari hisoblanib, kutilmagan hollarda vujudga keladigan pul tushumlari va qarz majburiyatlari o‘rtasidagi uzilishlar tufayli vujudga keladigan xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Sof ishchi kapitali sof aktivning bir qismi, bank-kreditorlar uchun bank kreditini korxona qaytara olmagan hollarda undan garov sifatida foydalanadilar.
Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishda qisqa muddatga to‘lov qobiliyati vauzoq muddatga to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Shunga ko‘ra qisqa muddatli to‘lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:
= > Pul mabalag‘lari + Qisqa mud. qim. qog‘ozlar
Qaytarish mud. yetgan kreditor qarzlar

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish