3 . O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti.Bu quyidagicha aniqlanadi:
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan korxonada balans likvidligiga qo‘yilgan to‘rtta shartdan birinchisi yil boshida ham, yil oxirida ham bajarilmagan, ya’ni korxonaning doimiy harakatdagi aktivlari uning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarini qoplashga yetishmas ekan. Bu esa korxona balansining tez likvidlikka ega emasligidan dalolat beradi. Qolgan shartlar esa yil boshiga ham, yil oxiriga ham bajarilgan. Bundan ko‘rinadiki, korxona balansi mutlaq likvidlikka ega bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, korxona balansining likvidligi yil boshiga nisbatan yil oxirida bir qadar yaxshilangan. Bunday natijalarni ijobiy baholasa ham bo‘ladi.
Umuman olganda, quyidagi shartlarga amal qilinsa, korxona mablag‘i harakatchan deb baholanadi:
a) doimiy harakatdagi aktivlar > muddati kelgan to‘lov majburiyatlar;
b) tez sotiluvchi aktivlar > qisqa muddatli passivlar;
v) sekin sotiluvchi aktivlar > o‘rta va uzoq muddatli passivlar;
g) qiyin sotiluvchi aktivlar < doimiy passivlar
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi deganda ularning pulga aylanish tezligi tushuniladi. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi koeffitsiyenti joriy aktivlarning moddiy aktivlar va debitorlik qarzlariga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar bevosita korxonaning bozordagi faolligini tavsiflaydi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u asosida biznesni boshqarishda resurslar cheklanganligi va ulardan unumli foydalanish darajasi tahlil qlinadi va uning muhim yo‘nalishlari belgilanadi. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishning muhimyo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmini o‘stirish;
- mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larni iste’molchilarga yetib borishi va ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini tezlashtirish;
- aylanma mablag‘lar bo‘yicha me’yoriy zaxiralar saqlanishiga amal qilish;
-aylanma mablag‘larning me’yordan ortiqchaligini maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yish (mollarni imtiyozli shartlarda sotish, ijaraga berish va hokazolar);
- aylanma mablag‘larni qayta baholashni balans tuzish sanasiga hisobga olish va to‘g‘ri belgilash;
- aylanma mablag‘larni hisobdan chiqarishning xalqaro usullaridan foydalanish;
- korxonaning hisob siyosatini, shuningdek, aylanma mablag‘larini baholash usulini belgilashda tarmoq rivoji va texnologik jarayonlarning murakkabligiga ahamiyat berish;
- tugallanmagan ishlab chiqarishni to‘g‘ri baholash;
- aylanma mablag‘lar normativini belgilash;
- aylanma aktivlar aylanishini tezlashtirish maqsadida tovar va moddiy boyliklarni sotish bo‘yicha hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
- mahsulotlarni markazlashgan holda sotib olish, sotuvchi va sotib oluvchining monopolligini cheklash;
- moddiy aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda texnik va texnologik yangilanishni ta’minlash va hokazolar.
Moliyaviy tahlilning muhim qismi aylanma mablag‘lardan samarali foydalanganlikni o‘rganish egallaydi, bunda, aylanma mablag‘lar, ayniqsa, ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, debitorlik qarzlari, pul va valuta mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar harakatini o‘rganish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |