Bug’ va gaz qurilmalari


III – BOB. GAZ TURBINALARI



Download 6,06 Mb.
bet60/85
Sana30.12.2021
Hajmi6,06 Mb.
#94374
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85
Bog'liq
bug gaz qurilma MMT

III – BOB. GAZ TURBINALARI
12–Mavzu. GAZ TURBINA QURILMALARI
Reja:

1. Gaz turbinalari

2. Regeneratsiyali gaz turbina qurilmalari

3. Havoni pog’onali siqish va pog’onali yondirishli gaz turbina qurilmalari

Adabiyotlar: 1,2,3,4,6,10.
Tayanch iboralar: Turbinada ish jismlari, gaz turbinasi, mexanik energiya, val, rotor, issiqlik sxemasi, generator, regenerator, kompressor, filtr, kuraklar.
1. Gaz turbinalari

Gaz turbinasi deb, ishchi jismi yonuvchi gaz va havo aralashmasidan iborat bo’lgan issiqlik yuritgichiga aytiladi. Ishlash printsipi va konstruktsiyasi jihatidan bug’ turbinasiga o’xshash. Gaz turbinasining oquvchi qismida gaz oqimidan issiqlik energiyasi avval kinetik va so’ng rotor aylanishi mexanik ishiga aylanadi.

Gaz turbina qurilmalari bug’ turbinalariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:

1) ixcham;

2) kondensator qurilmasining yo’qligi;

3) konstruktsiyasining soddaligi va qulayligi;

4) metall tejamkorligi;

5) sovitish uchun ko’p suv talab qilinmaydi.

Gaz turbinasining quyidagi kamchiliklari mavjud:

1) gaz turbinalarining tez ishdan chiqishi;

2) ishlatiladigan yoqilg’iga yuqori talabliligi.

Bug’ turbinalari kabi gaz turbinalari ham aktiv, reaktiv, bir pog’onali va ko’p pog’onali bo’ladi. Gaz harakatiga qarab o’qli va radial turlariga bo’linadi. Agar gaz turbina o’qi yo’nalishida harakat qilsa, u o’qli gaz turbinasi bo’ladi. Agar gaz turbina o’qiga perpendikulyar (ko’ndalang) harakat qilsa, unda radial gaz turbinasi bo’ladi. Reaktiv gaz turbinalarining qo’llanilishi FIK va ish rejimining barqarorlanishiga olib keladi. Ishlash rejimi, issiqlik miqdori, ishlatiladigan yoqilg’i turiga qarab ko’p pog’onali gaz turbinalari 2–7 va undan ham ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Kam miqdorli yuklamalar uchun bir pog’onali gaz turbinalari iqtisodiy qulay.



32–rasm. Gaz turbinasi qurilmasi sxemasi va tsikli.


Gaz turbinalari bug’ turbinalariga nisbatan yuqori boshlang’ich haroratda ishalydi. SHuning uchun uning detallari issiqqa chidamli po’latdan yasaladi, ba’zi holda ishchi kuraklarni sovitish uchun maxsus qurilmalar o’rnatiladi. Bundan tashqari, gaz turbinalari past (boshlang’ich) bosimda ishlaganligi sababli gazning kengayishi natijasida hajmi bir necha yuz barobar ortadi. SHuning uchun gaz turbinasini ishga tushirishdan oldin uning aerodinamikasi tekshirib ko’riladi. Gaz turbinasining alohida qurilmalarini hisoblash metodikasi bug’ turbinasi hisobi metodikasi bilan bir xil.

Kompressor atmosferadan havoni so’rib, kerakli bosimgacha siqib beradi va yonish kamerasiga uzatadi. Yonish kamerasiga nasos orqali forsunkadan yoqilg’i keladi va havo bilan aralashib yonadi. Hosil bo’lgan issiq aralashma turbinaga yo’naltiriladi (32–rasm). Aralashma haroratini yonish kamerasida havo miqdori orqali o’zgartirish mumkin. Masalan, turbina uchun issiq havo harorati 900–1100 K bo’lsa, u uzoq muddat ishlashi isbotlangan. Yonish harorati esa yonish kamerasida 2000 K ni tashkil etadi. Turbinada gaz kengayib, mexanik ish bajaradi. Turbina validagi quvvatning bir qismi kompressor kuraklarining aylanishiga sarf bo’ladi, qolgani iste’molchiga uzatilishi yoki elektr energiyasi olishga sarf bo’lishi mumkin.

Gaz turbina qurilmasining ish tsikli nazariy va haqiqiy termodinamik tsikllarga bo’linadi. Nazariy termodinamik tsiklda soddalashtirishlar qabul qilingan:

1) tsikl yopiq deb qaraladi, ideal gaz miqdori, tarkibi va sig’imi o’zgarmas;

2) tsikldagi hamma jarayonlar qaytar, issiqlik va gidravlik yo’qotishlar yo’q;

3) kompressorda siqilish va turbinada kengayish adiabatik bo’ladi, entropiya qiymati o’zgarmas.



33–rasm. Gaz turbina qurilmasining PV va TS diagrammalari.


Yonish kamerasiga issiqlik berilganda izobara bo’yicha (4–1) harorat T4 dan T1 gacha ortadi. 12 chizig’i turbinada ish jismining izoentropik kengayishini xarakterlaydi. Haqiqiy tsiklda ichki sraflar hisobiga issiqlik yo’qoladi va tsikl 12 chizig’i bo’yicha bo’ladi.

Termodinamik tsiklda issiqlik olinishi 2–3 izobarasi bilan ifodalanadi. Issiqlik olinish natijasida harorat boshlang’ich holatiga keladi (T). Haqiqiy jarayonda esa 23 chizig’i turbinadan gazning atmosferaga chiqarib yuborilishidagi sovishini bildiradi.

Termodinamik tsiklning termik f.i.k.:

1 = (q1q2) /q1 = I0/q1

bu yerda:

q1–keltirilgan issiqlik miqdori;



q2–olingan issiqlik miqdori;

I0–olingan foydali ish.
Foydali ish turbina va kompressor izoentropik ishlari farqiga teng:

I0 = I0tI0k

Kompressorda izoentropik siqilish 3–4–a–v yuza bilan belgilanadi va tsikl boshidagi hamda oxiridagi entalpiyalar farqi bilan ifodalanishi mumkin:



lok=i4i3 = cp(T4T3)

bu yerda: cp – o’zgarmas bosimdagi gazning issiqlik sig’imi;

i4–i3 – shakldagi siqilish boshidagi va oxiridagi entolpiya;

T4–T3 – 3–4 nuqtadagi absolyut harorat.

Turbinada gazning izoentropik kengayishi p-v diagrammada a12v yuza bilan belgilanadi hamda kengayishi boshi va oxiridagi entalpiya farqi bilan ifodalanishi mumkin:

lok= i1i2 = cv(T1T2)
bu yerda: cv – o’zgarmas hajimdagi gazning issiqlik sig’imi;

i1i2 – kengayish boshi va oxiridagi entalpiya;

T1T2 12 nuqtadagi absolyut harorat.
Tsiklga keltirilgan issiqlik miqdori TS diagrammada s4ld yuza bilan belgilanadi:

q1 = cp(T1T4).
Haqiqiy jarayonda kompressorda gazning siqilishi va turbinada kengayishidagi ish miqdori:

lk = cp (T4T3);

lt = cp (T1T2).

Kompressor ichki f.i.k.:

k = 10k / 1k = (T4T3) / (T4T3).



Download 6,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish