2. GTQ issiqlik almashish qurilmalari
Gaz turbina qurilmasida issiqlik almashish qurilmalari, asosan, regenerator, sovitkich vazifalarini bajarish uchun xizmat qiladi. Bu apparatlarga qo’yiladigan asosiy talab: kichik hajmga ega bo’lgan holda issiq jismdan sovuq jismga mumkin qadar ko’proq issiqlik uzatish.
Gaz turbina qurilmalarida issiqlik almashish qurilmalarining regenerativ va rekuperativ turlari qo’llaniladi.
43 – rasm. Yopiq tsiklli gaz turbinali qurilma sxemasi.
1 – qizdirgich; 2 – turbina; 3,4 – kompressorlar; 5 – oraliq sovitgichi; 6 – ish jismini kompressor oldida sovitgich; 7 – regenerator.
Ular, o’z navbatida, quvurli va plastinkali bo’ladi. Bularning hammasi gaz turbina qurilmalarida ishlatiladi.
44 – rasm. Yarim yopiq tsiklli gaz turbinali qurilma sxemasi.
1 – yonish kamerasi; 2 – turbina; 3,5 – kompressorlar; 6 – ish jismini kompressor oldida sovitgich; 7 – regenerator; 8,9 – yordamchi turboagregatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |