Bug’ va gaz qurilmalari


Havo so’ruvchi qurilmalar



Download 6,06 Mb.
bet58/85
Sana30.12.2021
Hajmi6,06 Mb.
#94374
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85
Bog'liq
bug gaz qurilma MMT

3. Havo so’ruvchi qurilmalar

Kondensatorga kiradigan havoning kichik bir qismi qozondan bug’ bilan birga keladi, asosiy qismi esa vakuumda ishlayotgan kran, ventil va boshqa birlashtirgichlarning nozichligi tufayli so’rilishlar orqali korpus ichiga kiradi.

Vakuum tizimsining zichligi yomonlashuvini baholash imkoniyati yo’q. Shuning uchun kondensatordan olib ketilishi kerak bo’lgan havo miqdorini nazariy aniqlash ham mumkin emas. Uni faqat tajriba yo’li bilan (eksperimental) aniqlash mumkin.

Ya.D. Berman eksperimental natijalarga asoslanib, kondensatordan so’rib tashlanishi kerak bo’lgan havo miqdorini aniqlash uchun quyidagi formulani taklif qiladi:



, kg/soat,

bu yerda: Dk –nominal yuklamadagi kondensatorga bug’ sarfi, t/soat;

–kondensator vakuum tizimsiga bog’liq koeffitsiyent bo’lib – u yaxshi va o’zaro havo zichlikli tizimlar uchun 1; 2 va 3,5 ga teng.

Bug’ turbina qurilmalarida kondensatordan havoni so’rib vakuumni ta’minlab turish uchun quyidagi havo so’rish qurilmalari ishlatiladi:

– bug’ oqimli ejektorlar;

– suv oqimli ejektorlar;

– markazdan qochma havo nasoslari.

Bug’ turbinasi qurilmalarida eng ko’p qo’llaniladigani bug’ oqimli ejektorlardir. Nazariy va amaliy tajriba natijalari ko’rsatadiki, bir pog’onali bug’ oqimli ejektor bilan chuqur vakuum hosil qilish mumkin emas. Shuning uchun bug’ turbinasi qurilmalarida ikki va uch pog’onali bug’ ejektorlaridan foydalaniladi. Bir pog’onali bug’ oqimli ejektorlardan faqat turbinani ishga tushirishda foydalaniladi.



29–rasm. Ishga tushirish ejektori.

29-rasmda sovitgichsiz ishlaydigan ishga tushirish ejektori ko’rsatilgan. Bug’ quvuri 1 dan soplo 3 ga 8–12 bar bosimli ishchi bug’ kiritiladi. Katta kinetik energiyaga ega bo’lgan bug’ oqimi kamera 4 dan bug’-havo aralashmasini diffuzor torayuvchi qismi 5 ga o’zi bilan olib kiradi. Diffuzor 6 da bug’–havo kinetik energiyasi bosim energiyasiga aylanadi va aralashma atmosferaga chiqib ketadi.

Ikki va uch pog’onali ejektorlarda maxsus sovitgichlar o’rnatilgan bo’lib, ularda ejektorlar bug’i kondensatsiyalanadi va qozonga ta’minot suvi sifatida yuboriladi.


30–rasm. Ikki bosqichli ejektor sxemasi: 1–I bosqich ejektor; 2–oraliq sovitgich; 3–II bosqich ejektor; 4–tashqi sovitgich; 5–atmosferaga chiqarish quvuri.

Ikki bosqichli ejektorda I – bosqich ejektori 1 bug’ havo aralashmasini bug’ sovitgich 2 da kondensatsiyalaydi, aralashma II bosqich ejektor 3 ga o’tadi va keyin sovitgich 4 da kondensatsiyalanadi. Havo quvur 5 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Kondensat esa sovitgichlardan olinib, qozon ta’minot suvi sifatida ishlatiladi.

Bu ejektor qurilmasida sovitgichlarda sovituvchi muhit sifatida asosiy kondensat ishlatiladi. Turbinani ishga tushirishda, salt yurishda va turbina kichik quvvatda ishlaganida retsirkulyatsiya liniyasi 5 ulanadi (31–rasm). Ejektor sovitgichida qizigan kondensatning bir qismi retsirkulyatsiya liniyasi orqali kondensatorga qaytariladi, u erda sovitiladi va yana ejektor sovitgichida qayta ishlatiladi.



31–rasm. Ejektor qurilmasini ulanish sxemasi: 1bug’ni kondensatorga kiritish; 2kondensator; 3kondensat nasosi; 4ejektor; 5retsirkulyatsiya liniyasi; 6sifon; 7bug’ havo aralashmasini so’rib olish; 8havoni atmosferaga chiqarish; 9kondensat liniyasi; 10ejektorga bug’ berish.

Turbina nominal yuklamada yoki yetarlicha katta yuklamada ishlaganida retsirkulyatsiya liniyasi ajratiladi.

Bug’-havo aralashmasining bug’ini kondensati II bosqich sovitgichdan I bosqich sovitgichiga kiritiladi va undan sifon 6 orqali kondensatorga quyiladi.

Ejektorning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun sifon balandligi quyidagi talabga javob berishi kerak:

H  2(PxPk), m,

bu yerda: Px – I bosqich sovutgichdagi bosim, m. suv ustuni;

Pk – kondensatordagi bosim, m. suv ustuni.


Download 6,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish