Moliya organlarida G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: Davlat budjeti g’azna ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish;
Davlat budjeti ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, taqdim etish va boshqalar.
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobini yuritish uchun operatsiyalar amalga oshirilganligini belgilovchi hujjatlar va ularni o’tkazishga doir farmoyishlar kabi birlamchi hisob hujjatlari asos bo’ladi.
Birlamchi hisob hujjatlar budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilgan paytda yoki ular amalga oshirilgandan so’ng tuziladi.
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha hisobot davriga doir operatsiyalarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, ular buxgalteriya hisobida tegishli birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aks ettiriladi.
Bunda, o’tgan yilga doir budjetning g’azna ijrosi amalga oshiriladigan moliya yiliga qo’shimcha davrda budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobi, belgilangan tartibda aks ettirilgan, qo’shimcha davr mobaynida tuzilgan birlamchi hisob hujjatlari asosida, o’tgan yilning budjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobida amalga oshiriladi.
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan buxgalteriya xujjatlari.
Budjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g’aznachilik bo’linmalarining birlamchi hujjatlarga va hisobga olish registrlariga imzo qo’yish huquqiga ega hodimlari tomonidan imzolangan birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Birlamchi hisob hujjatlarida ma’sul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi. Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya yozuvi uchun quyidagi belgilangan tartibda rasmiylashtirilganlar asos bo’lib xizmat qiladi:
G’aznachilik bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridan, ushbu hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz holatidagi) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
G’aznachilik bo’linmalari maxsus hisobvaraqlaridan budjet mablag’lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek budjetdan mablag’ oluvchilarning ma’lum maqsadlar uchun budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan naqd pul mablag’lari to’lovi bo’yicha shu hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qayta tushirish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz ko’rinishida) ilova qilingan bank ko’chirmalari;