Budjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi “budjet hisobi” Fanidan O’quv–uslubiy majmua


–Chizma. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida



Download 15 Mb.
bet13/301
Sana30.04.2022
Hajmi15 Mb.
#596964
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   301
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2021---

1 –Chizma. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifi.



  1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining tuzilishi.

Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida Davlat budjeti, jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari buxgalteriya hisobi schyotlar rejasida kassa metodi asosida yuritiladi.
Moliya organlarining Davlat budjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi quyidagi bo’limlardan iboratdir (2-jadval).
2 - jadval
Davlat budjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi



AKTIV




PASSIV

Bo’lim







Bo’lim




I

Pul mablag’lari




I

Daromadlar

II

Xarajatlar




II

Olingan ssudalar

III

Berilgan ssudalar




III

Hisoblashuvlar

IV

Hisoblashuvlar




IV

Olingan mablag’lar

V

Berilgan mablag’lar




V

Natijalar




BALANS







BALANS




  1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobi registrlari va ularga yozuvlar qilish tartibi

Muomalalar "Bosh jurnal"ga, analitik (tahliliy) hisob daftarlariga memorial orderlar va ularga ilova qilingan hujjatlarga hujjatlar asosida yoziladi. Moliya organlari shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limida budjet ijrosiga oid dastlabki hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilib memorial order va tegishli buxgalteriya kitoblari rasmiylashtiriladi, shuningdek memorial orderlardagi yozuvlar Bosh daftarga o’tkaziladi.
Oyning ohirida buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish uchun tahliliy hisob daftarida ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar “Bosh jurnal” daftarining sintetik hisobvaraqlaridagi aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar bilan solishtiriladi.
Buxgalteriya balansini tuzish uchun asos bo’lib, Bosh jurnal daftaridagi chiqarilgan qoldiq summalari olinadi.
Joriy yil bo’yicha budjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar quyidagi tartibda to’g’rilanadi:
a) mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar aniqlangan, memorial order ma’lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan hato noto’g’ri summalar va matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq tortish, kerak bo’lgan paytda chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir tuzatish bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi;
b) buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi hato natijasida topilgan hato yozuv, uning xarakteriga muvofiq qo’shimcha memorial order tuzish orqali yoki "Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan so’ng hisobot davri buxgalteriya hisobi yozuvlaridagi topilgan hatolar ham huddi shu tarzda tuzatiladi. Hatolar "Qizil storno" usuli bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: hato yozuv qilib qizil siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yoziladi. Jami summalarni hisoblashda qizil siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yozilgan summalar yig’indisidan ayiriladi. Hatolarni tuzatish bo’yicha qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari, shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, odatdagi rekvizitlar bilan bir qatorda memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish kiritilgan memorial orderning tuzilgan sanasi va raqamiga asosan tuzilganligi ta’kidlab o’tiladi.
Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin buxgalteriya hisobi daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar yig’indisi hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya registrlarida yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning hisob registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan holda yoziladi. Buxgalteriya balansi Davlat budjeti ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari holatini aks ettirib beradi.




  1. Download 15 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish