11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;
3-sonli shakldagi budjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat budjeti, jamg’armalar
budjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma;
274-sonli shakldagi memorial order;
Davlat budjeti, jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobini yuritishda ishlatiladigan boshqa hujjatlar.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, shuningdek ularni buxgalteriya hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan muddatlarda etkazilishi uchun javobgardirlar.
Birlamchi va boshqa hisob hujjatlariga, operatsiyalar qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa hujjatlarini o’zgartirish va bo’yashga yo’l qo’yilmaydi.
Har bir ish kuni tugashi bilan respublika budjeti ijrosi bo’yicha, mahalliy budjet ijrosi bo’yicha, jamg’armalar budjeti, budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari operatsiyalari barcha birlamchi va hisob hujjatlari g’aznachilik bo’linmalari buxgalteriya hisobi hodimlari tomonidan ularning kelib tushishi bo’yicha taxlanadi va broshyuralanadi.
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq tasdiqlangan blankalar (shakllar), jurnallar, kitoblarni o’zida ifodalaydi
Budjetlarning ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi: a) "Bosh jurnal" daftari;
b) budjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari kassa xarajatlari kitobi, budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, budjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa budjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi; Bunda, budjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi registrlari bo’yicha operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi. Davlat budjeti, jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat budjetining g’azna ijrosi dasturiy majmuida kunlik asosida va hisobot oyi, choragi va yilining o’sib boruvchi yakuni bilan bank ko’chirmalaridan olingan va tegishli g’azna hisobvaraqlariga (operatsiya amalga oshirilgan kunning ertangi bank kunidan kechiktirmasdan) kelib tushgan va ko’chirilgan mablag’lar to’lov hujjatlari ma’lumotlari asosida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |