Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik
b o ‘yicha nafaqa berish xususiyatlari
Ishlayotgan
nogironlarga
vaqtincha
mehnatga
qobiliyatsizlik
b o ‘yicha nafaqa, mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan
tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan
muddatga beriladi. Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining nogironlariga
va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga,
Chemobil AESdagi falokatyoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo ‘yicha
ishlami bajarish bilan b o g iiq sabablarga muvofiq nogiron b o ig a n
shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (mehnatda
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to‘rt
236
oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. Agar ishlayotgan
nogironning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mehnatda mayiblanish
yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to 'la sog‘aygunga yoki
mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan nogironlik guruhi qayta
ko‘rib chiqilgunga qadar to‘lanadi. Sil kasalligi oqibatida vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa shaxs to'la sog'aygunga
qadar, lekin k o ‘pi bilan o‘n oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan
qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda
nafaqa ko‘pi bilan olti oyga beriladi.
V aqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa
to ‘lanm aydigan hollar
Vaqtincha
mehnatga
qobiliyatsizlik
bo'yicha:
mehnat
haqi
saqlanmagan ta’til; bolani parvarishlash b o ‘yicha ta’til; ish vaqtincha
to‘xtatilgan; xodim ish (lavozim)dan chetlashtirilib, mehnat haqi to ‘lash
to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan; harbiy o ‘quv yoki tekshiruv
yig‘im; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o ‘quv yurtlarida tahsil
olish munosabati bilan berilgan qo'shim cha ta ’til davrlariga to ‘g ‘ri
kelganda, nafaqa to'lanmaydi. Ushbu davrlarda boshlanib, davom
etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa xodim ishga chiqishi
(lavozimga tiklanishi) lozim b o ‘lgan kundan boshlab beriladi.
V aqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik bo ‘yicha
nafaqani to ‘lash foizlari
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa: ishlayotgan
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; baynalminal jangehilarga va
ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; qaram og‘ida o ‘n olti yoshga
(o'quvchilar o ‘n sakkiz yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari
bo'lgan xodimlarga; Chemobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda
qatnashgan xodimlarga; Chemobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv
ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va k o ‘chirilgan qon hosil
qiluvchi organlar kasalliklari, qalqonsimon bez va xavfli o ‘smalar bilan
bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; mehnatda mayiblanish
237
va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz b o ‘lgan
xodimlarga, ulaming ish stajining davomiyligidan qat’iy nazar, m eh n a t
h aq in in g yuz foizi miqdorida hisoblanadi va to ‘lanadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklar bo'yicha hisobda turgan
xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug'urta badali to ‘lagan
davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda:
umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa m eh n a t haqining yuz foizi
miqdorida; umumiy ish staji besh yildan sakkiz yilgacha bo ‘lgan
xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa m eh n a t
h aq in in g sakson foizi miqdorida; umumiy ish staji besh yilgacha
b o ‘lgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa
m e h n a t haqining oltm ish foizi miqdorida hisoblanadi va to ‘lanadi.
Yuqorida keltirilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga:
umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo ‘lgan xodimlarga hamda
yigirma bir yoshga yetmagan chin yetimlarga vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa m eh nat h aqining sakson foizi
miqdorida; umumiy ish staji sakkiz yilgacha bo‘lgan xodimlarga
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa m ehnat haqining
oltm ish foizi miqdorida hisoblanadi va to‘lanadi.
H om iladorlik va tu q q an id a n keyingi dav rlarg a
to ‘lanadigan nafaqa
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili sifatida ayollarga
tuqqaniga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti
kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola
tug'ilgan h ollarda-yetm ish kalendar kun) ta’til beriladi. Homiladorlik
va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqiladi,
tu g ‘ishga qadar haqiqatda bu ta ’tilning necha kunidan foydalanilganidan
q at’iy nazar, ayolga to ‘liq beriladi. Bu ta ’til davri uchun ijtimoiy
su g ‘urta hisobidan nafaqa to‘lanadi. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi
davrlar bo'yicha nafaqani tayinlash va to'lash uchun belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asos hisoblanadi.
V aq tin cha m eh n atga qobiliyatsizlik, h o m ilad o rlik va tu q q a n id a n
keyingi d a v rla rg a n a fa q a hisoblash
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan
keyingi davrlarga nafaqa summalari barcha hollarda xodimning haqiqiy
mehnat haqidan hisoblab chiqiladi. Nafaqalami hisoblashda asos qilib
olinadigan haqiqiy mehnat haqiga ish joyidan, sug‘urta badallari undirilib
to‘lanadigan jami mehnat haqi toMovlari kiradi. Nafaqalami hisoblab
chiqishda hisobga olinadigan mehnat haqining barcha turlari, shu jumladan
mazkur oyda mehnat haqi bilan birgalikda to‘lanadigan oylik mukofotlar
ulaming haqiqatda olingan vaqti bo‘yicha emas, balki ular hisoblab
yozilgan vaqt bo‘yicha mehnat haqiga qo‘shiladi. Vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili
boshlangan oydan oldingi o‘n ikki oy davrida olgan va sug'urta badallari
hisoblangan barcha boshqa xodimlar o'm iga ulaming vazifalarini bajargani
uchun hisoblangan mehnat haqlari va mukofotlaming o ‘n ikkidan bir qismi,
nafaqa hisoblab chiqiladigan oylik mehnat haqiga qo‘shilib, o ‘rtacha oylik
mehnat haqi miqdori aniqlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam
bo'lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan
ko‘p boMmagan qismi hisobga olinadi. Avvalgi yoki joriy kalendar
yilida ishga kirgan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki
homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili boshlangunga qadar
ish davrida boshqa xodimlar o ‘miga ulaming vazifalarini bajargani uchun
hisoblangan mehnat haqlari va hisoblangan mukofotlar hisobga olinadi,
lekin u dastlabki o ‘n ikki oyidan ko‘p bo'lmaydi va ulaming yig‘indisi
ana shu oylaming soniga bo'linadi.
Xodim asosiy ish joyidan tashqari o ‘sha yoki boshqa budjet tashkilotida
yoki xo‘jalik yurituvchi subyektda o ‘rindoshlik asosida ishlasa, nafaqa
barcha ish joyidagi umumiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi.
Bola tu g ‘ilganda beriladigan n a fa q a n i berish ta rtib i
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa 0 ‘zbekiston
Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki
239
baravari miqdorida beriladi. Mehnat haqiga koeffitsient qo'llaniladigan
hududlarda nafaqa ushbu koeffitsientlami hisobga oigan holda belgilanadi.
Ishlayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa
tegishli ish joyidan hisoblanadi va to‘lanadi. Bolaning onasi ishlamagan
hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan otasi yoki ota-ona o ‘mini bosuvchi
shaxslarga hisoblanadi va to ‘lanadi.
Ishlamaydigan va o ‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganida
beriladigan nafaqa ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi
va to ‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |