Ijtim oiy s u g ‘urta hisobidan beriladigan nafaqalarni
tayinlash va to ‘lash tartibi
Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan budjet tashkilotining «Ijtimoiy
sug‘urta bo‘yicha komissiya»si tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi,
a ’zolari soni va raisi budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
240
Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugagandan so‘ng
ishga chiqishining birinchi kunidayoq budjet taslikilotiga vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik varaqasini taqdim etishlari kerak. Mehnatga qobiliyatsizlik
davom etayotgan hollarda, navbatdagi mehnat haqi berilishi vaqti kelganda
«Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi» topshirilishi mumkin. Budjet
tashkilotida «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi»ning «Tabelchi
va kadrlar bo‘limi tomonidan to'lanadi» degan qismlariga zarur m a’lumotlar
yoziladi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi mazkur budjet
tashkilotining «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya»siga topshiriladi.
Komissiya har bir «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi» bo‘yicha
to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kunlar sonini va mehnat haqiga
nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini belgilaydi. Nafaqa foizi
miqdori nafaqa belgilash komissiya bayonnomasida va komissiya raisining
imzosi qo‘yilgan «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi»da qayd
qilinadi.
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi b o ‘yicha
nafaqa olish huquqiga ega bo'lmagan taqdirda, komissiya nafaqa
bermaslik to‘g ‘risida qaror chiqaradi va rad etish sabablarini
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasiga qayd etishi kerak
bo‘ladi. Nafaqa tayinlangandan so‘ng komissiya budjet tashkilotining
buxgalteriya xizmatiga nafaqa summasini hisoblab chiqish va to ‘lash
uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik varaqasini topshiradi. ToManadigan va to ‘lanmaydigan
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, shuningdek, nafaqa olish
uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar budjet tashkilotining buxgalteriya
xizmatida pul hujjatlariga teng holda, alohida saqlanadi.
Boshqa turdagi sanatoriylarda davolanish uchun beriladigan
nafaqalami to‘lash, xodim sanatoriydan qaytgach hamda bu nafaqa
summasini to'lash uchun tuman ijtimoiy ta’minot b o ‘limidan tegishli
m ablag1 budjet tashkilotining bank muassasasidagi depozit subschyotiga
kelib tushgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqasi tu g ‘ishdan
oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan q a t’iy nazar, ta ’tilning
16
- Z a k . 2 1 1
241
to ‘liq davri uchun bu nafaqa summasini to ‘lash uchun turnan ijtim oiy
ta ’minot b o ‘lim idan tegishli m ablag‘ budjet tashkilotining bank
m uassasasidagi depozit subschyotiga kelib tushgandan s o ‘ng bir
y o ‘la to ‘lanadi.
Bola tug‘ilganda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki ona
budjet tashkilotining «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya»siga «Fuqarolik
holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi» tomonidan berilgan bolaning
tug‘ilganlik to‘g ‘risidagi m a’lumotnomasini topshirishi kerak. Bu hujjatlar
asosida «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya» nafaqa olish huquqini
belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqaradi
va tayinlash bayonnomasiga yozadi. Shundan so‘ng komissiya hujjatlami
budjet tashkilotining buxgalteriya xizmatiga topshiradi. Bola tug‘ilganligi
to‘g ‘risidagi m a’lumotnoma yo‘qotilgan taqdirda bir yo‘la to‘lanadigan
nafaqa «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi» tomonidan
berilgan bola tug‘ilganligi to‘g‘risdagi takroriy ma’lumotnomaning hamda
otaning ish joyidan nafaqa olmaganligi to‘g‘risidagi m a’lumotnoma
topshirilganidan so‘ng beriladi.
Xodimning vafoti tufayli uni dafn etish marosimini o ‘tkazish
nafaqasini olish uchun «Ijtimoiy sug‘urta bo'yicha komissiya»ga
«Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi» tomonidan berilgan
vafot etganlik to ‘g ‘risidagi m a’lumotnoma topshiriladi. Oila a’zosi vafot
etganda esa vafot etganligi haqidagi m a’lumotnomadan tashqari uy-
joydan foydalanish idorasi tomonidan vafot etgan shaxsning xodim bilan
qarindoshlik aloqalari borligi va u xodimning qaramog‘ida bo'lganligi
to ‘g ‘risida m a’lumotnoma ham topshirilishi lozim. Topshirilgan hujjatlar
asosida «Ijtimoiy sug‘urta b o ‘yicha komissiya» nafaqa olish huquqini,
uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash to‘g‘risida qaror chiqaradi
va nafaqa tayinlash komissiyaning bayonnomasiga yozib qo'yiladi.
Ortiqeha to ‘lab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha to ‘lash
sanashda adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki m a ’lumotnoma
taqdim qilishi tufayli sodir bo'lgan bo‘lsa, nafaqa oluvehidan undirib
olinadi. Undirish keyingi safar to ‘lanadigan nafaqa yoki mehnat haqidan
ehegirib qolish y o ‘li bilan amalga oshiriladi. Har safar xodim olishi kerak
242
bo‘lgan nafaqa yoki mehnat haqi summasidan uning 20 foizidan ortiq
bo‘lmagan summa chegirib qolinishi mumkin, xolos. Chegirib qolish
budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati orqali «Ijtimoiy sug‘urta
bo‘yicha komissiya»ning qarori asosida amalga oshiriladi.
Bu qaror sanash jarayonida y o ‘l qo‘yilgan xato tufayli ortiqcha to‘lash
sodir bo ‘lganda nafaqa tayinlangan kundan uch oydan kechiktirmay, o ‘z
huquqini suiiste’mol qilish bo‘yicha sodir bo‘lganda esa, cheklanmagan
muddatda qabul qilinishi mumkin. Agar xodim mazkur budjet
tashkilotida ishlamayotgan bo‘Isa, unga ortiqcha to‘lab yuborilgan nafaqa
summasi sud orqali undirib olinadi. Nafaqa olishda suiiste’mollikka
yo‘l q o ‘yilsa, hujjatlar qonunda belgilangan choralarni q o ‘llash uchun
huquqni muhofaza qilish idoralariga yuboriladi. Sudlaming qaroriga
asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan
keyingi davrlar nafaqalaridan aliment, mayib bo‘lganlik va salomatlikka
yetkazilgan va boshqa zararlarni qoplash bo'yicha summalar chegirilishi
mumkin, xolos. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga
oshirish mumkin emas.
Xodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqalar
u bilan birga yashagan oila a’zolariga, shuningdek, uning qaramog‘ida
bo‘lganlarga beriladi. Xodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan
nafaqa vafot etgan xodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki
vafot etganning qaramog‘ida bo'lganlikni tasdiqlovchi dalil bo‘lgan hujjat
topshirilgandagina berilishi mumkin. Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan
nafaqani olish huquqiga ega bo'lgan ona vafot etganda mazkur nafaqa otaga
yoki bolani o‘z tarbiyasiga oigan boshqa shaxsga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |