K redit 140 - «Tashkilot xarajatlari v a boshqa tadbirlar u c h u n budjetdan
m oliyalashtirishga d o ir hisob-kitoblar» subschyoti
(G'aznachilikka
o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjel
mablag'lari otuvchilar oldidagi majhuriyatlar» subschyoti).
Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish obyektlari
bo'yicha qilingan xarajatlar yil davomida 203-«Kapital q o ‘yilmalarga
budjct bo'yicha xarajatlar» subschyotida hisobda turadi va yil oxirida
bu xarajatlar tegishli moliyalashtirish hisobidan
hisobdan chiqarilishi
kerak. Bitkazilmagan va bitkazilgan, lekin foydalanishga topshirilmagan,
qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar 203-«Kapital q o ‘yilmalarga budjet
bo‘yicha xarajatlar» subschyotida qoldiq sifatida kcyingi yil balansiga
o'tkaziladi.
Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish obyektlari bo'yicha
budjetdan moliyalashtirish hisobidan qilingan xarajatlar hisobdan chi-
qarilganda:
Agar kapital qurilish xarajatlari budjet mablag'laridan bosh tasarruf
qiluvchi orqali amalga oshirilgan bo'lsa, u holda budjet mablag'larining
bosh tasarruf qiluvchilarda quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 231 - «K apital q o 'y ilm a la m i budjetdan m oliyalashtirish» subschyoti;
K redit 203 - «K apital q o 'y ilm a la rg a budjet b o 'y ic h a xarajatlar» subschyoti.
Agar kapital qurilish xarajatlari budjet mablag'larini
quyi tasarruf
qiluvchilar orqali amalga oshirilgan bo'lsa, u holda:
a) budjet mablagMarini quyi tasarruf qiluvchilarda quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 143 - «Kapital q o 'y ilm a la m i budjetdan m o liy alash tirish g a doir hisob-
kitoblar» subschyoti;
K redit 203 - «K apital q o 'y ilm alarg a bud jet b o 'y ic h a xarajatlar» subschyoti.
b) budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar 231-«Kapital
qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirish» subschyotida o'zining kapital
qurilish obyektlari xarajatlari uchun hamda o'zining
tasarrufidagi
tashkilotlaming kapital qurilish obyektlari xarajatlari uchun olingan
budjetdan moliyalashtirish summalari hisobga olinadi. Shu munosabat
bilan budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilarda tasarrufidagi
budjet mablag'larini quyi tasarruf qiluvchilaming yillik hisobotiga
asosan ulaming bitkazilgan va foydalanishga
topshirilgan qurilish
obyektlari bo‘yicha budjetdan moliyalashtirish hisobidan qilingan barcha
xarajatlarini 231-«Kapital q o ‘yilmalami budjetdan moliyalashtirish»
subschyotidan hisobdan chiqarish uchun budjet mablag‘larining
bosh tasarruf qiluvchilarida yakuniy operatsiya tuziladi. Bu yakuniy
operatsiyaga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D eb et 231 - «K apital q o 'y ilm a la m i budjetdan m oliyalashtirish» subschyoti;
K red it 143 - «Kapital q o 'y il m a l a m i budjetdan m o liyalashtirishga doir hisob-
kitoblar» subschyoti.
Yil davomida maxsus m ablag‘lar hisobidan
qilingan xarajatlar yil
oxirida hisobdan chiqarilganida ulaming umumiy summasiga, budjet
m ablag‘larining bosh tasarruf qiluvchilarida ham, budjet mablag‘larining
quyi tasarruf qiluvchilarida ham, quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
D eb et 4 0 0 - «M axsus va b u d jetd an tashqari m a b la g 'la r b o 'y ic h a darom adlar»
subschyoti;
K red it 211 - «M axsus m a b l a g 'la r b o 'y ic h a xarajatlar» subschyoti.
«Moliyalashtirish» schyoti (140-«Tashkilot
xarajatlari va boshqa tad-
birlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti
(G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147- «Budjet mablag‘lari bo‘yicha
budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyati» subschyoti), 143-
«Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar»
subschyoti, 230-«Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan
moliyalashtirish» subschyoti (G‘aznachilikka o'tish sharoitida: 237-«Budjet
mablag‘lari bo‘yicha budjet mablag‘lari oluvchilar oldidagi majburiyat»
subschyoti), 231-«Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirish»
subschyotlari) tashkilotdagi materiallar va oziq-ovqat mahsulotlarining
qoldiq summasiga, hali olinmagan moddiy qiymatliklar va qabul qilinmagan
bajarilayotgan ishlar hamda ko'rsatilayotgan xizmatlar uchun o'tkazilgan
mablag'lar va boshqa debitor qarzlar summasiga
yil oxirida bekilmay
qolishi mumkin. Bu summalar moliyalashtirish subschyotlaridagi qoldiq
sifatida keyingi yilga o'tadi.
Xarajatlami hisobdan chiqarish natijasida keyingi yilning birinchi
yanvariga qoldiq sifatida 200-«Tashkilotni saqlashga va boshqa
tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyotida dekabr oyining
ikkinchi yarmi uchun hisoblangan
mehnat haqi summasi hamda,
334
agar hisobot davridagi xarajatlar summasi kreditor qarzlari hisobidan
moliyalashtirishdan yuqori b o ‘lsa, moliyalashtirilmagan xarajatlar
summasi qoladi, 203-«Kapital qo'yilmalarga budjet b o ‘yicha xarajatlar»
subschyotida esa bitkazilmagan va bitkazilgan, lekir. foydalanishga
topshirilmagan qurilish obyektlari b o ‘yicha xarajatlar summasi qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: