Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetida, viloyatlar,
shaharlar va
tumanlar budjetlarida turuvchi tashkilotlar tegishli vazirliklar va idoralar,
hokimiyatlaming boshqarma(bo‘lim)lari belgilagan muddatlarda ularga
oylik, chorak va yillik buxgalteriya hisobotlarini, chorak va yillik
hisobotlarga balanslami ham ilova qilib, taqdim etadi.
Mahalliy budjetda turuvchi budjet mablag'larini bosh boshqaruvchilar
tegishli moliya organlariga ular belgilagan muddatlarda yig‘ma oylik,
chorak va yillik hisobotlarni va balanslami taqdim etadi. Respublika
budjetida turuvchi tashkilotlar o ‘zlari b o ‘ysunuvchi yuqori tashkilotlarga
ular belgilagan muddatlarda hisobot taqdim etadi.
Budjet yili davomida moliyalashtirilishi bir budjetdan boshqasiga
berilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga berilgan
tashkilotlar berilish sanasiga buxgalteriya hisobotini (yillik
hisobot
shakllari hajmida) tuzadi va uni avval bo ‘ysunilgan yuqori organga hamda
yangi b o ‘ysunish bo‘yicha yuqori organga taqdim etadi. Keyinchalik
hisobotni faqat yangi bo‘ysunishi b o ‘yicha taqdim etadi.
Budjet tashkilotlari uchun hisobotlar va balanslarning taqdim
etilgan sanasi ular haqiqatda taqdim etilgan sana, deb hisoblanadi.
Hisobotlarni taqdim etish uchun belgilangan m uddat ishlamaydigan
kunga to ‘g ‘ri kelsa hisobot ishlamaydigan kungacha b o'lgan
oxirgi ish kunida taqdim etiladi. Shak-shubhasiz n o to ‘g ‘ri hisobot
m a’lumotlarini taqdim etganlik uchun va m untazam ravishda
belgilanm agan shakllar b o ‘yicha hisobotlarni
taqdim etganlik uchun
tashkilotlarning tegishli m ansabdor shaxslari qonunda belgilangan
tartibda javobgarlikka tortiladi.
Bo‘ysunishi bo‘yieha yuqori tashkilotga topshiriladigan hisobotlar
va balanslar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri
tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyada hisobotlar va
balanslar qoshida markazlashtirilgan buxgalteriya tashkil etilgan boshqaruv
organining yoki tashkilotning rahbari va markazlashtirilgan buxgalteriyaning
bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Tarmoqlar, shtatlar va kontingentlar
bo'yicha ko‘rsatkichlaming bajarilishi to‘g ‘risidagi
hisobotlar reja-moliya
xizmatlarining rahbarlari tomonidan ham imzolanadi.
Yuqori tashkilotlar o ‘z tasarrufidagi tashkilotlarning hisobotlarini va
balanslarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ulaming faoliyatini
yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ko ‘radi.
339
Mahalliy budjctlardan moliyalashtiriladigan idoralar, hokimiyat-
laming boshqarma(bo‘lim)lari, boshqa budjet mablag'larini oluvchilar o'z
tasarrufidagi tashkilotlaming oylik, chorak, yillik hisobotlarini va tegishli
balanslarini ular kelib tushgan kundan e ’tiboran 5 kunlik muddatdan
kechiktirmasdan ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi, buning ustiga ular bo'yicha
qarorlami shu muddatlarda tegishli tashkilotlarga xabar qilishi kerak.
3.
B U X G A LTER IY A H IS O B O T L A R I
VA B A L A N SL A R IN I T U Z ISH Q O ID A S I
Buxgalteriya hisobotlari va balanslari tuzilganda:
a) hisobot davridagi barcha operatsiyalar va pul mablag'lari,
asosiy
vositalar, moddiy qiymatliklar va hisob-kitoblar hamda inventarizatsiya
natijalari to'la qayd qilinishi ta’minlanishi kerak;
b) hisobot davrining birinchi sanasiga analitik hisoblar bo'yi
cha aylanmalar va sintetik hisob schyotlari bo'yicha qoldiqlari
m a’lumotlarning bir xilligi, shuningdek, buxgalteriya hisobotlari va
balanslari m a’lumotlarining sintetik va analitik hisoblari m a’lumotlariga
to 'g 'ri kclishi ta’minlanishi kerak. Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan
boshlang'ich hujjatlar buxgalteriya hisobida yozuvlar qilish uchun asos
bo'lib xizmat qiladi.
Yuqorida ko'rsatilgan asosiy shartlarga
rioya qilinmagan taqdirda
hisobotlar va balanslar noto'g'ri tuzilgan, deb hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimiyatlaming
boshqarma(bo'lim)lari va budjet mablag'larini boshqa oluvchilar ular
tomonidan tekshirilgan o 'z tasarrufidagi tashkilotlaming buxgalteriya
hisobotlari va balanslarining hamda o 'z operatsiyalari bo'yicha hisobot
asosida yig'm a hisobotlami va balanslami tuzadilar.
Budjet mablag'larini oluvchilaming xarajatlar smetasini ijrosi haqidagi
hisobotlari
va balanslari
Do'stlaringiz bilan baham: