Buddaviylik dini
Reja:
1.Buddaviylik dinining paydo bo’lishi.
2.Buddaviylik ta’limotida kishini axloqiy komolotga yetaklash g’oyalari.
3.Buddaviylikda to’rt oily haqiqat haqida fikr yurutilishi
Ilmiy adabiyotlarda buddaviylik, xristianlik va islom jahon dinlari sifatida o’rganiladi. Jug’rofiy nuqtai nazardan ushbu dinlar tarqalmagan o’lka, mamlakat deyarli uchramaydi. Ushbu jahon dinlari asoslangan va ilgari suradigan umuminsoniy axloqiy-falsafiy qarashlar jahondagi turli ta’limotlarga, tuzum-lar va ta’lim-tarbiya tizimlariga ta’sir etib keladiki, bu omil ularni jahonda keng tarqalgan dinlar sifatida qarashga undaydi.
Buddaviylik er.av. VI-V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. O’sha paytlarda Hindistonda urug’-qabilachilik munosabatlari yemirilib, quldorlik munosabatlari shakllanayotgan edi.
Ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi kishilar hayotiga yo ijobiy yoki aks ta’sir ko’rsatadi, ularning o’z davriga munosabatlarini yo chuqurlashtiradi yoki keskinlashtiradi. Ana shunday o’zgarishlar davrida turli ijodiy, falsafiy, diniy va siyosiy oqimlar,qarashlar yuzaga keladi va ular kelgusi taraqqiyotni belgilab beradi.
Hindistonda keng tarqalgan braxmonlik davr talablariga javob bermay qo’yadi. Undagi tabaqaviy yondoshish, toat-ibodat-larning tor doiradagi kishilar tomonidan xalqqa tushunarsiz tilda olib borilishi kabi omillar braxmonlikni yot e’tiqodga aylantiradi.
Bundan tashqari Hindistonda turli knyazliklar mavjud bo’lib, ular o’rtasida tez-tez to’qnashuvlar, urushlar sodir bo’lib turar,ushbu nizolardan esa oddiy xalq, hunarmand va dehqonlar azob tortardi. Demak, ushbu knyazliklarni birlashtirishga ob’ektiv ehtiyoj mavjud edi.
Ba’zi adabiyotlarda buddaviylik quldorlik tuzumi dini sifatida yuzaga kelgan degan fikr uchraydi. Bu fikrni asoslash uchun buddaviylikdagi «yomonlikka qarshi bosh ko’tarmaslik kerak» degan g’oya keltiriladi. Xalqlarni, kishilarni birlashtirish g’oyasi deyarli barcha dinlarda mavjud. Yuqoridagi fikr quldorlarni qo’llab-quvvatlashga, ularga itoat etib yashashga emas, balki kishilar psixologiyasini yaxshi bilgan kishining o’zaro murosa qilib, murosa yo’llarini izlab yashashga da’vatidir. SHuning uchun buddaviylikning yuzaga kelishi negizida Budda izlanishlarining xususiyatlari, o’ziga xos talqinlari va yangi g’oyalarni ilgari surish usullari yotadi. Uning avvalo SHarqiy Hindiston, keyin Hindiston va boshqa mintaqalarga keng tarqalishi esa, shakllanayotgan yangi munosabatlar va davr ehtiyojlarining natijasidir.
Buddaviylikning asoschisi SHakya knyazligi hukmdorining o’g’li Sidxarta Gautamadir. «Budda» esa uning «haqiqat najotkori» degan keyingi nomidir. Ba’zan uni «nurlangan», «soflangan», «kamolot yo’lini topgan» degan so’zlar bilan ham atashadi.
Buddaning dunyoga kelishi haqida turli hikoyalar, rivoyatlar mavjud. Ba’zan uning tug’ilishini yer qimirlashi, mamaqaldiroqlar gumburlashi, chaqmoqlar chaqib butun olamga komil bir zot kelganidan xabar beruvchi ovozlar eshitilgan, deyishadi. Hatto Budda onasidan chordona qurgan holda tug’ilgan, shuning uchun xaykallarda u chordona qurib o’tiradi, degan g’ayritabiiy fikrlar yuradi. Xullas, ilohiy zotlarning tug’ilishi ham ilohiyona afsonalar bilan yo’g’rilgan bo’ladi.
SHakya qabilasining hukmdori SHuddxodana folbinni o’z oldiga chaqirib, o’g’li kelgusida kim bo’lishini bilib berishini so’raydi. Folbin, o’g’ling istasa shoh, yirik davlatning hukmdori , istasa kishilarning ma’naviy hayotiga yo’lboshchi bo’lishi mumkin, deb bashorat qiladi. Podshoh o’g’lini o’z merosxo’ri bo’lishini, davlatni mustahkamlab, uni idora etishini istardi. Shuning uchun u Sidxartxani dunyo ishlariga jalb etish uchun hamma choralarni ko’radi. Ammo shahzoda katta bo’lgach, hayotdagi lazzatlardan to’la bahramand bo’lib, hamma narsaning o’tkinchi ekanini anglab yetgach, kishilarni azob-uqubatlardan xalos etish yo’llarini topishga ahd qiladi. Suyukli farzandi va xotinidan, shohona yashashdan voz kechib zohidlik yo’liga kiradi. Yetti yil o’rmon ichida hayot azob-uqubatlari, mashaqqatlari va ulardan kishilarni xalos etish yo’llari haqida bosh qotiradi. Och, yupun yashaydi, butun borlig’i bilan najot yo’llarini izlaydi.
Buddaning hayoti «Abnixishkramansutra» (1 asr), «Nidanakatxa» (1 asr) «Maxavsotu» (2 asr) «Lalitavistara» (1-2 asrlar) kabi asarlarda o’z aksini topgan. Xuddi shuningdek Budda hayoti haqida falsafiy, badiiy asarlar ham yozilgan.
Budda o’z ta’limotini 40 yil targ’ib etdi, ammo u kishilarni ma’naviy-axloqiy kamolga erishtirish juda qiyin ish, aslo amalga oshirib bo’lmaydigan vazifa ekanligini umrining oxirida anglab yetadi.Topgan haqiqatlarini odamlarga yetkazdi, kamol topgan kishi sifatida obro’ topdi, shogirdlar orttirdi, lekin davlat, taxt, yer uchun kurashayotgan shohlararo nizolarni to’xtaolmadi. Umringoxirida o’zaro urushdan vayron bo’lgan yurtini ko’rib, ridosi bilan boshini berkitganicha yerga tiz cho’kadi. «Hammasi o’tkinchi, hammasi o’tar» degan afsus-nadomatlarga to’la so’zlari uning hayoti va izlanishlarining o’ziga xos yakuni bo’ldi.
Buddaviylikda tushkunlik yetakchi o’rinda turadi, u kishini borliqdan, hayotdan kechib yashashga undaydi degan fikr mavjud. Haqiqatan ham dinda tushkunlikka moyil fikrlar, qarashlar bor, ammo u ma’naviy-axloqiy kamol topish yo’llari yo’q degani emas. Buddaviylikda kishini axloqiy kamolotga yetaklash bosh g’oyadir.
Ilk buddaviylikda «to’rt oliy haqiqat» yoki «to’rt yo’l» haqida fikr yuritiladi. Ular:
1. Hayot azob-uqubatlardan iborat;
2. Ushbu azob-uqubatlarning sabablari mavjud;
3. Azob-uqubatlardan qutulish mumkin;
4. Azob-uqubatlardan qutulish yo’llaridir.
Tug’ilish azob, kasallik azob, yaqin kishilaringni yo’qotish azob, demak, hayot azob-uqubatlardan iboratdir. “Ushbu azob-uqubatlarning,- deydi Budda,- sabablari, boislari mavjud. Ular nafs, xohish-istak, yashashga berilish, hirs, mehr va b. Ushbu sabablar bois kishi bu dunyoga o’zini bog’laydi, agar istaklar qondi-rilmasa aziyat, azob tortadi, zo’ravonlikka, axloqsizlikka yo’l tutadi. Biroq bu boislar, istaklar kishi ustidan mutlaq hukmron emas, ularni bartaraf etish, ulardan qutulish mumkin. Ular bir-biriga bog’liq «sakkizlik»dan iboratdir.
1. Taqvodorlik e’tiqodi.
2. Taqvodorlik qat’iyati.
3. Taqvodorlik so’zi.
4. Taqvodorlik harakati, faoliyati.
5. Taqvodorlik turmushi.
6. Taqvodorlikka intilish.
7. Taqvodorlikni orzu qilish.
8. Taqvodorlik o’yi bilan yashash.
Diqqat bilan kuzatsak, ushbu yo’llar o’rtasida bir-biriga yaqinlik ko’p. Ularning hammasida harom-harishdan, yomon ishlardan saqlanish, pok yashashga da’vat bor. Ushbu yo’llarni bosib o’tgan odam najot topadi, azob-uqubatlardan xalos bo’ladi va nirvanaga yetadi.
Budda ushbu taqvodorlik yo’llari osonlik bilan, shaxsning o’z istaklari bilangina amalga oshadi, deb o’ylashdan uzoq bo’lgan. U,«o’zing o’zinggga xaloskorsan, o’zing o’zingga najotkorsan, najotni yakka o’zingdan izla”, desada, shaxs murakkab ijtimoiy munosabatlarga bandi ekanligini unutmagan. Budda asos solgan sangxa ham aslida ittifoq bo’lib, ijtimo tarzda komillik yo’llarini qidi-rishga qaratilgan edi. Ibodatxonada yashaganlarning tilab topganlarining bir qismini yirtqich hayvonlarga, ikkinchi qismini yetim-esirlarga, uchinchi qismini ojiz hammaslaklariga bo’lib berishi zarurligi ham zohidona kamol topish mumkin emasligini ko’rsatadi.
Budda ta’limotiga ko’ra, olam uch pog’onadan iborat. Pastki pog’onada odamlar va hayvonlar yashaydilar. Bu pog’onada ruh qafasda bo’lib, u tinmay tashqariga, yuqori pog’onaga intiladi. Odam ezgu ishlarni qilsa, hirsga, nafsga berilmasa, Budda ta’limotiga amal qilib yashasa, ruh navbatdagi pog’onaga ko’tarilishi mumkin. Quyi pog’onada yomon niyatli va yomon ishlarni qiladigan odamlar yashaydi. Ular hayot azob-uqubatlarini tortish uchun yana va yana tug’ilaveradilar.
Ikkinchi pog’onada hayot azob-uqubatlaridan xolos bo’lgan, ammo uchinchi pog’ona-nirvanaga yetolmagan kishilar yashaydi. Ular avliyolar, poklanish yo’liga kirgan kishilardir. Ushbu pog’ona «bodisatva» deb ataladi.
Uchinchi pog’ona nirvanadir. Unda azob-uqubatlardan mutlaq ozod bo’lgan, nurlangan, poklanganlar yashaydilar. Ular hirsdan, nafsdan, yerdagi odamlarni o’ziga bandi etadigan tashvishlardan holidirlar. Mutlaq osoyishtalik ularning shod, baxtiyor yashashini ta’minlaydi. Jon, ruh qayta tug’ilmaydi, u mutlaq orom qo’yni-dadir.
Nirvanaga yetish, hatto kishi gunohlardan o’zini tiygan bo’lsa ham, qiyin. Ayrim manbalarga qaraganda nirvanaga yetgan kishilar ko’p emas.
Budda yuqoridagi taqvodorlik yo’llariga amal qilishni axloqiy talablar bilan ham qo’shishga intiladi. Xuddi shuning uchun ham buddaviylikka din emas, balki axloqiy-falsafiy ta’limot sifatida qarash mavjud. Ushbu axloqiy talablar quyidagilardan iboratdir.
1. Hech bir tirik mavjudotni o’ldirmaslik.
2. Hech kimning mol-mulkiga ko’z tikmaslik.
3. Ayollarga mehr qo’ymaslik.
4. Aldanmaslik.
5. Ichkilik ichmaslik.
Ushbu axloqiy talablarning ayrimlarini xristianlik va islomda ham uchratamiz. Masalan, «birovning moliga, xotiniga, ko’z olaytirma”, deydi Iso alayhissalom. Islom esa yolg’on gapirishni, ichkilik ichishni gunoh deb biladi.
Buddaviylik III asrga kelib Hindiston doirasidan chiqib, Afg’oniston, Eron va O’rta Osiyo hududlariga ham tarqaldi. Podsho Ashoka (mil.avv. 273-232yy.) esa uni o’z davlatining rasmiy dini deb e’lon qildi. Budda ta’limotiga oid manbalarni, kitoblarni,xalq ichidagi afsona, rivoyat va Budda hayotiga oid hikoyalarni to’plattirdi. Kushonlar davlatida ham rasmiy din darajasiga ko’tarildi. Buddaviylikning bunday keng tarqalishi unda xinayana (kichik doira) va maxayana (katta doira) oqimlarini yuzaga keltirdi.
Xinayana tarafdorlari Budda tirikligida ishlab chiqilgan tartiblarni, ijtimo bo’lib najot topish usullari (sangxa)ni yoqlaydilar. Ular nirvanaga faqat buddaviylik ruhoniylari yetishishi mumkin deb hisoblashadi. Bu aqida nirvana ta’limotini tor tushunish natijasida yuzaga kelgan bo’lsa ajab emas.
Maxayana tarafdorlari Buddani xudo deb qarashadi. Ular nirvanaga axloqiy talablarga amal qilgan har qanday kishi Budda ta’limotiga yetishishi mumkin, degan fikrni ilgari surishadi. Bu esa buddaviylikning axloqiy normalariga mos keladi.
Xuddi shuningdek, maxayana tarafdorlari buddaviylikka jannat haqidagi dogmani ham olib kirdilar. Bu Siddhartxaning tiriklik davrida yo’q edi. Umuman Budda xudo, jon, ruh haqida fikr yuritishdan qochgan. Uning uchun kamolot yo’li insonning axloqi-dadir.
Maxayananing eng muhim oqimlaridan biri lamaizm hisoblanadi. U X1U-XU asrlarda Tibetda shakllangan. «Lama» so’zi tibetcha bo’lib eng ulug’ budda rohibi degan ma’noni bildiradi. Xuddi shuningdek buddaviylikda dzen-buddizm, Nitiren, Txeravada, «Sof Zamin» soxta oqimlari ham mavjud.
Buddaviylik ta’limotiga oid ko’pgina manbalar saqlanib qolgan. Ulardan eng asosiysi «Tripitaka» (“uch savat”) hisoblana-di. Undagi bayonlar uch bob (qism)dan iborat. Birinchi bob (qism) Vinayapitaka deb ataladi. U ham uch bob (qism)dan iborat. Unda sangxa (ibodatxona)da yashovchilarning axloqiga, yurish-turishiga, kiyinishiga oid tartiblar bayon qilinadi.
Ikkinchi bosqich (qism) Abxidxarma-pitakadir. U yetti qismdan tashkil topgan bo’lib, unda buddaviylikning falsafiy, psixologik masalalari bayon etiladi.
Uchinchi bob (qism) Sutta-pitaka deb ataladi. Buddaning hikmatli so’zlari, o’gitlari hamda afsona, ibratli suhbatlaridan iboratdir. Keng doiradagi kishilarga mo’ljallangani uchun uni «buddaviylik entsiklopediyasi» deb ham atashadi.
Xuddi shuningdek Budda ta’limoti «Dxammapada», «Sutta-nipata», «Jataka» kabi bir qator manbalarda ham o’z aksini topgan.
Ushbu asarlarda diniy, mistika yoki spiritualizmdan ko’ra real hayot bilan bog’liq axloqiy, siyosiy, ijtimoiy va kishilararo munosabatlarga oid fikrlar, qarashlar jamlangan.
Afg’oniston xududida kushonlar davridan qolgan budda-viylikning o’lmas yodgorligi saqlanib kelinayotgan edi. Bu juda katta muqaddas joy toliblarning vahshiyligi tufayli 2001 yil boshlarida portlatib yuborildi va ular bu bilan naqadar jaholat botqog’iga botganlarini ko’rsatdilar.
Hozir yer yuzida 500 milliondan ziyodroq odam buddaviylikka e’tiqod qiladi. Buddaviylikning tarafdorlari Markaziy, Janu-biy va Janubiy-SHarqiy Osiyo, Yevropa, shimoliy Amerika, Rossiyada tarqalgan. SHri-Lanka, Birma, Tailand, Laos, Kambodjo, Vetnam, Tibet, Butan va Yaponiyada u asosiy din hisoblanadi. Hindistonda mil.avv. VI asrda paydo bo’lgan buddaviylik Xitoy, Koreya va Indoneziya davlatlarida o’ziga zarur tarixiy shart-sharoitlar topdi va shu davlatlar xalqlarning asosiy diniy e’tiqodiga aylandi.
Buddaviylik qadimiy hind diniy falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan. Uning asosini “Hayot bu azob –uqubatdir”, va “najot yo’li mavjud” degan g’oya tashkil etadi. Uning ta’limotiga ko’ra, inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zidan tug’iladi, o’zini o’zi halok etadi yoki qutqaradi. Bular Buddaning ilk da’va-tida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan.
1. Azob-uqubatlar mavjudligi haqidagi ta’limot bo’lib har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot azob –uqubatdir. Demak tug’ilmoq, yashamoq, kasallik, o’lim va boshqalar azob-uqubatlardir. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa sababsiz bo’lmaydi, lekin uning sababini bilish mumkin emas. Buddaviylik dunyo qanday bo’lsa, uni shundayligicha qabul qilishga chaqiradi. Buddaviylik ta’limotiga asosan xudo bor narsa, xoh u moddiy bo’lsin yoki ma’naviy, u dxarma (element)lardan tuzilgan. Ular harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch inson hayollari va so’zlar-idir. Insonni tashkil etuvchi 5 ta shakl ya’ni tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat va anglash bo’lib, inson ular orqali yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi.
2. Azob-uqubat, qiynoqlarning sababi mavjudligi haqidagi ta’limot bo’lib, inson moddiy narsalar va ma’naviy qadriyat-lardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va ularga ega bo’lish uchun doimo harakat qiladi. Budda manbalarida: “Tashnalikdan mehribonlik kelib chiqadi, mehribonlikdan borliq yuzaga keladi, borliqdan tug’ilish yuzaga keladi, tug’ilishdan esa qarilik va o’lim, baxtsizlik, g’am-g’ussa, azob-uqubat, xo’rlik, umid-sizlik paydo bo’ladi. Demak, qayta tug’ilish va yangidan qiynoq-larga duchor bo’lish davom etadi” deyilgan.
3. Azob-uqubat, qiynoqlarni bartaraf etish haqidagi ta’limot. Har qanday hayot,-deyiladi Budda ta’limotida, -barcha mavjudotga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va qiynoqlarning sababi –inson va barcha tirik mavjudotlar bu dunyoga bog’lan-ganligi, ko’ngil qo’yganligidir”. Demak, azob-uqubat va qiynoq-lardan qutilish uchun kishilar o’zlarining istak va nafslarini jilovlab olishlari kerak.
4. Azob-uqubat va qiynoqlardan qutulishning najot yo’li borligi haqidagi ta’limot o’z mazmunini quyidagi 8 ta olijanob yo’lda mujassam etadi.
1) to’g’ri maslak, to’g’ri nuqtai –nazar –bu donolikdir.
2) To’g’ri niyat. Bu barcha mavjudotga do’stona munosabatda bo’lishni, har qanday sharoitda ham ruhan vazmin bo’lishni anglatadi.
3) To’g’ri yurish-turish. O’g’irlik qilmaslik, tirik mavjudotni o’ldirmaslik, noqonuniy nikohda bo’lmaslik, mast bo’lmaslik, yolg’on gapirmaslik.
4) To’g’ri so’z. Yolg’on gapirishdan, fisqu-fasod suhbat-lardan, bo’htonlardan, mish-mishlardan o’zini tiyish.
5) Yashashning to’g’ri daromad manbaiga ega bo’lish.
6) To’g’ri xatti-harakat. Yomon fikrlamaslik, foydali o’y-fikrlar bilan yashash.
7) To’g’ri xotirlash. Bu Buddaning axloq normalariga amal qilib yashashida muhim ahamiyatga egadir.
8) Fikr-e’tiborni to’g’ri narsalarga qaratish. Bu insonga Budda ta’limoti qoidalaridan chalg’imay yashash imkonini beradi.
Budda azob-uqubatlar mutlaqo to’xtamaydigan narsa, borliqning hammasi azob-uqubatdan qiynoqlardan iborat, - deb ta’lim beradi. Najotning 8 yo’li taqvodorlik-monaxlik yo’lini ixtiyor qilganlarga nasib etadi. Monaxlar –bu dunyo lazzatlari va hayotiy ehtiyojlaridan voz kechib yashovchilardir.
Budda hayotlik chog’ida monaxlik jamoasini tuzgan va u “sangxa” deb atalgan. Hayot lazzatlaridan voz kechib yashash uchun naqadar qiyin bo’lsada, lekin buddada monaxlik qatlami juda yuqori va tez sur’atlar bilan tarqalgan. Bularning 2 ta sababi bor.
Birinchisi buddaviylik kastachilik tartiblarini inkor etgan-ligi;
Ikkinchisi tarki dunyo qilganlar bilan dunyoviy hayot kechiruv-chilar bir-biridan ajratib tashlanmaganligi. Dunyoviy hayot kechir-ganlar monaxlarga har tomonlama yordam berganlar. Boy-badavlat kishilar ularni boqishgan, uy-joylar qurib berishgan.
Najotning olijanob “sakkizlik yo’li”ga amal qilganlar oxir-oqibatda yuksak kamolotga erishganlar. 4 haqiqatni anglab yetgan monax avliyo deb tushunilgan. Ular arxat deyilgan. Ana shunday monax avliyo –nirvanaga o’ta olgan.
Buddaviylik dini har doim zamonga moslashib borgan. Lekin budda ta’limotidan o’zagi saqlangan. Bu o’zak uning ushbu so’zlarida o’z aksini topgan: “Okean suvi bitta ta’mga –sho’r ta’mga ega bo’lganidek, mening ta’limotim ham bir yo’singa qutqarishga mo’l-jallangan. Odam bajaradigan eng muhim vazifa –atrof –muhitni itoatdan qutqarishga erishishdir.”
Buddaviylikning asosiy maqsadi –faqat odamzotning ozod bo’lishiga yo’l-yo’riq ko’rsatibgina qolmay, balki butun narsani qutqarishga mo’ljallangan. Irodaga ega bo’lish va uni birdan –bir maqsadga bo’ysundira olish –buddaviylik idealidir.
Buddaning shogirdlariga aytgan so’nggi vasiyati: Hirsu –havas jamiyki baxtsizliklarning sababchisidir. Vaqt o’tishi bilan hamma narsa o’zgaradi, shuning uchun hech narsaga ko’ngil bog’la-manglar. Buning o’rniga ko’ngilni toza tutinglar. Harakat va aba-diy baxt izlanglar!
Buddaviylikning marosim va bayramlari
Ertalabki va kechki ibodat har kuni ado etiladi. Bunda duolar o’qiladi va sajda qilinadi. Ibodat Budda tasviriga qarab bajariladi. Tasvir atrofiga tarovat tarqatuvchi gullar qo’yiladi, shamlar yoqiladi. Gullarning qurishi dunyoning o’tkinchi ekanligi, sham nuri dunyoning nurlanganligi ramzidir.
Dunyoviy hayot kechiruvchi buddaviylar monaxlarga yegulik keltiradilar.
Bir oyda 2 marta “tiyilish kuni” o’tkaziladi. Bunda haqiqat-ning 8 lik yo’li talablari takrorlanadi. Monaxlar dunyoviy hayot kechiruvchi dindorlar ustiga suv sepadilar. Ular esa yerga suv sepadilar.
Buddaviylikda yana dunyoga kelishni, balog’at yoshini nishonlash, nikoh, yangi uyga ko’chib o’tish, ajdodlarni xotirlash, dafn
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Dinshunoslik. Ma’ruzalar matni. –T.: 2000.
2. Otkrыtie Indii. Filosofskie i esteticheskie vozzreneiya v Indii XX veka. –M.: Xud. lit-ra, 1987.
3.Budda. Jizn Uchenie Mыsli Izrecheniya Aforizmы. –Mn.: Sovr. slovo, 1998.
4. Radxakrishnan S. Indiyskaya filosofiya. –M.: Izd-vo inostr. lit-rы, t.1, 1956.
5.Rerix Ye.I. Osnovы buddizma. –Ulan-Ude, Buryat. knij. izd-vo, 1991.
Do'stlaringiz bilan baham: |