- Eron hududida Suza kompleksi bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikning birinchi yarmiga oiddir. Suza kompleksidan buqa, echki, baliq, . . . suratlari solingan kulolchilik buyumlari, bronza qurollar – bolta, xanjar, qadimgi Elam yozuvi aks ettirilgan plastinkalar topilgan.
MDH davlatlari hududida ham bronza davri yodgorliklari o’rganilgan. Janubiy Sibir’ hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanas’ev madaniyati bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Afanas’ev madaniyati Enisey (Enasoy) daryosi bo’yida joylashgan. Afanas’ev yodgorligidan qadimgi qabrlar o’rni topilgan. Bu qabrlar ustiga tosh taxlangan chuqur qabrlar bo’lib, unga murdalar yonlab qo’yilgan. Ularning yonida oziq-ovqatlar, mehnat qurollari qoldiqlari saqlangan. - Sopollitepa manzilgohi Surxondaryo viloyatining Sherobod choʻlida Qaynarbuloqsoy hududida topilgan. U Termiz shahridan 70 km shimoli-gʻarbda joylashgan.
- •Bu manzilgoh Sherobod choʻlini oʻzlashtirish jarayonida 1968- yilda A. Albaum tomonidan roʻyxatga olingan.
- •Uning tadqiqot ishlari bilan 1969-1974- yillarda A. Askarov shugʻullangan. Ushbu madaniyatga tegishli 20 dan ortiq yodgorlik topilgan.
Sopollitepa manzilgohi. plani
Bundan uch yarim ming yil muqaddam Surxon vohasida, hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Jarqo‘ton manzilgohi vujudga kelgan.
•Jarqoʻton yodgorligiga sopollitepaliklar asos solgan ilk shahar hisoblanadi.
•U Boʻstonsoyning chap sohilida joylashgan boʻlib, 100 gr maydonni egallagan.
•Bu yerning aholisi ham dehqonchilik bilan shugʻullanib, kamida 500 yil shu yerda yashaganlar.
•Jarqoʻton 3 qismdan iborat.
Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa harakatlantirish vositalari vujudga keldi. Bronza davri xususiyatlari:
•1. Birinchi mehnat taqsimoti sodir boʻldi.
•2. Patriarxat davri boshlandi.
•3. Doimiy qishloqlar paydo boʻldi.
•4. Kulolchilik charxi ixtiro qilindi.
•5. Xom gʻisht ixtiro qilindi.
•6. Ipakdan matolar toʻqildi.
•7. Gʻildirak ixtiro qilindi.
•8. Oʻzbekistonda ilk shahar- Jarqoʻton shakllandi.
TOZABOGʻYOB MADANIYATI
Tozabogʻyob madaniyati 1938 yilda Amudaryoning quyi havzasidagi Oqchadaryo oʻzani boʻyidagi Tozabogʻyob kanalı boʻyidan S.P. Tolstov tomonidan topilgan.
Tozabogʻyob madaniyati qadimgi Xorazm hududida mil.avv. 2 mingyillikning ikkinchi yarmida shakllangan.
Tozabogʻyob madaniyatining shakllanishida Yogʻochband( srub) va Andronova madaniyatlarining taʼsiri katta boʻlgan.
Lekin Tozabogʻyob madaniyatining xoʻjalik va madaniy hayotning oʻziga xos xususiyatlari bor.
Tozabogʻyob qabilalarida dehqonchilik ancha rivojlangan.
Tozabogʻyob madaniyatiga oid qabriston Koʻkcha 3 qabristoni boʻlib, u 1954 yilda qadimgi Xorazm hududidagi Sulton Uvays tolasining sharqiy chegarasidan topib oʻrganilgan.
Tozabogʻyob madaniyati odamlarining antropologik tiplari ikki xil boʻlib, ularning birinchisi Andronova qabilasiga mansub boʻlsa, ikkinchisi Oʻrta Osiyoning qadimgi aholisi Sharqiy Oʻrta Yer tipini beradi.
Shuningdek odamlar orasida Sharqiy Yevropaning Yogʻochband madaniyati tiplari ham uchraydi.
Tozabogʻyob madaniyati aholisi yertoʻla va chaylalarda yashab, chorvachilik va qisman qoʻltiq dehqonchiligi bilan shugʻullanganlar.
ADABIYOTLAR:
•1. Egamberdiyeva N. Arxeologiya.- Toshkent.: 2011.
•2. Ergashev E., Hamidov X., Oʻzbekiston tarixi.- Toshkent.: 2018.
•3. Sadullayev A. Qadimgi Oʻrta Osiyo tarixi.- Toshkent.: 2004.
•4. Asqarov A. Oʻzbekiston tarixi.- Toshkent.: 1994.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |