Ayrim tatdqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu davr Baqtriya tarkibiga Margiyona va Sugdiyona xam (tarixiy madaniy viloyat sifatida) kirgan bulishi mumkin. Ma’lumotlarga Karaganda, Baqtriyaning boyliklari kadim davrlardayok Sharq davlatlarida mashxur edi. Buyuk Ipak yo’lidan ancha ilgariroq qadimgi yo’llarning Baqtriya o’tganligi bejiz emas. So’nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimgi Baqtriya xududlaridagi manzilgoxlar va ko’xna shaxarlar soni anchagina ko’paydi. Davlatning poytaxti Baqtra va qiziltepa, Bandixon kabi ko’plab yodgorliklardan topilgan ko’p sonli turli-tuman topilmalar bu xududlarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, shuningdek utrok va ko’chmanchi axoli o’rtasida, xamda,Yaqin Shark va Old Osiyo bilan O’zaro iqtisodiy, madaniy aloqalar gurkirab rivojlanganligidan dalolat beradi. Yer yuzining ko’plab hududlaridan bronza (jez) davri yodgor-liklari topilgan. Arxeologlar ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy munosa-batlarni yodgorliklardan topilgan moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklab, bronza davri kishilari hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Sharqiy O’rta yer dengizi bo’ylarida, xususan Falastinda bronza davrida shahar tipi markazlari paydo bo’lgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning shakllanishi bilan ilk bronza davrida kulolchilik charxi paydo bo’ladi. Ushlagichli cho’zinchoq ko’zalar va turli shakldagi idishlar bronza davrida keng tarqaladi. - Yer yuzining ko’plab hududlaridan bronza (jez) davri yodgor-liklari topilgan. Arxeologlar ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy munosa-batlarni yodgorliklardan topilgan moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklab, bronza davri kishilari hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Sharqiy O’rta yer dengizi bo’ylarida, xususan Falastinda bronza davrida shahar tipi markazlari paydo bo’lgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning shakllanishi bilan ilk bronza davrida kulolchilik charxi paydo bo’ladi. Ushlagichli cho’zinchoq ko’zalar va turli shakldagi idishlar bronza davrida keng tarqaladi.
- Jez miloddan avvalgi III ming yillikda kashf etilgan. Uning vatani Ikkidaryo oralig’i bo’lgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat bo’lib, nisbat jihatidan turli xilda. Bronza metal sifatida ko’p afzalliklarga ega:
- 1. Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va o’tkirroq.
- 2. Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |