Bog'liq BRITANIYA MUSTAMLAKASINING VUJUDGA KELISHI
„Ikkinchi Britaniya Imperiyasining“ tuzilishi (1783—1815) |
Oʻn uch amerika koloniyalarining yoʻqotilishi |
Asosiy maqola: AQSh mustaqillik urushi „Parij shartnomasi“, Benjamin Uest (1783). Rasmda (chapdan oʻngga): Jon Jey, Jon Adams, Benjamin Franklin, Genri Lorens i Uilyam Templ Franklin. Britan rasmiylari rasmda tasvirlanishni xohlashmaganliklari sababli rasm ohiriga yetkazilmagan.
1760- va 1770-yillarda metropoliya va oʻn uch koloniyalar orasida munosabatlar keskin sovuqlashdi. Kolonistlarning noroziligiga sabab britan parlamentining ularning roziliklarini olmasdan turib kolonistlarni yangi soliqqa tortishga harakatlari boʻldi. Lekin asosiy sabab butun Shimoliy Amerikada Britaniya Imperiyasi hokimligining oʻrnatilishi edi. Bir tomondan barcha qurol va mehnat qurollarini avval fransuzlardan sotib olishga oʻrganib qolgan hindular inglizlar bilan savdo qilishga majbur boʻlishdi. Inglizlar esa hindularga ishonmaganliklari sababli hindularga qurol sotilishini taqiqlab qoʻyishdi, bu oʻz navbatida hindular qoʻzgʻoloniga olib keldi. Hindularni tinchlantirish maqsadida britan hukumati kolonistlarga fransuzlardan tortib olingan yerlarga koʻchib borishni taqiqlab qoʻyishdi. Endi noroziliklar navbati fermerlar va mulkdorlarga keldi. Buning ustiga, inglizlar Fransiya bilan urushdan va hindular qoʻzgʻolonidan soʻng koloniyalarda katta miqdorda askarlar saqlashga majbur boʻldi. Bu askarlarni boqish uchun esa koloniyadagilar yangi soliqlarga tortildilar. Urushdan soʻng kerak boʻlmay qolgan (fransuz xavfi butunlay yoʻq qilinganligi sababli) askarlarga kolonistlar zor emasdilar. Shu sababli kolonistlar yangi soliqlar va britan askarlari savdo-sotiqqa xalaqit qila boshlaganliklari sababli qoʻzgʻolon koʻtarishdi.
1757-yilda qitʼada kelasi yili oʻz mustaqilliqini eʼlon qiladigan AQSh mustaqillik uchun urush boshlaydi. 1783-yilda kolonistlar Britaniya raqiblari sanalmish Fransiya, Ispaniya va Niderlandiya yordamida bu urushni yutishadi, Buyuk Britaniya esa AQShni mustaqil davlat deb tan olishga majbur boʻladi. Urush davomida amerikaliklar qisman Britan Kanadasini egallashga xarakat qilib koʻrishadi, lekin, fransuz tilida soʻzlashuvchi kolonistlar ularni qoʻllab-quvvatlamaganliklari sababli Kanada Britaniya qoʻl ostida qoladi13. AQSh mustaqilligi tan olingandan soʻng britan Kanadasiga imperiyaga sodiq boʻlgan 40 000dan 100 000gacha boʻlgan amerikaliklar qochib oʻtishadi. Ularning 14 000i Sent-Jon daryosi boʻyiga koʻchib oʻtishadi. 1784-yilda Britan hukumati yangi kelgan kolonistlardan Nyu Bransuik koloniyasini tuzish toʻgʻrisida qaror qiladi. 1791-yilgi Konstitutsion akt Kanadani ingliz tilida soʻzlashuvchi Yuqori Kanada va fransuz tilida soʻzlashuvchi Quyi Kanada viloyatlariga boʻladi.
Ingliz Amerikasidagi strategik muhim hududlarning yoʻqotilishini tarixchilar „birinchi“ va „ikkinchi“ Britan imperiyalari orasidagi chegara deb hisoblashadi. Bundan soʻng metropoliya Osiyo, Tinch okeani havzasi va Afrikadagi hududlarni bosib olishga eʼtiborini qaratadi7.
Napoleon urushlari davomida Britaniya Imperiyasi ohirgi marta yoʻqotilgan Shimoliy Amerika hududlarini qaytarish uchun harakat qiladi. Amerikan-fransuz savdo aloqalariga xalaqit qilish uchun „ingliz dezertirlarini“ topish bahonasi ostida britan harbiy floti titib chiqadi. Bundan kelib chiqqan anglo-amerikan urushida inglizlar vaqtinchalik Vashingtonni egallashadi, lekin 1815-yilgi tinchlik shartnomasiga koʻra ikki davlat hududlari urushdan oldingi hududlarda qoladi.