Bog'liq BRITANIYA MUSTAMLAKASINING VUJUDGA KELISHI
Keyptaundan Qohiragacha Afrika |
Shuningdek qarang: Birinchi ingliz-bur urushi, Ikkinchi ingliz-bur urushi va Ingliz-zuluss urushi Britaniyaga Napoleon urushlaridan soʻng oʻtgan Kap koloniyasiga 1652-yilda Afrikaning janubida metropoliya va Osiyodagi koloniyalar oʻrtasidagi toʻxtash nuqtasi sifatida Golland Ost Indiya kompaniyasi tomonidan asos solingan edi. 1820-yildan boshlab bu yerga inglizlar oqimi kuchaydi. 1830-yillar oxiri 1840-yillar boshidagi buyuk koʻchish davomida minglab burlab koloniyalarni tark etib shimolga ketib, u yerda oʻzlarining respublikalari: Transvaal (1852-1877, 1881-1902- yily) va Ozod Oranj davlatini (1854-1902) tuzishdi. Ular ham britanlar, ham soto va zulu kabi Afrika qabilalari bilan dushman boʻlishgan. Ikkinchi ingliz-bur urushi (1899-1902-yillar) natijasida bur respublikalari Britaniya Imperiyasiga qoʻshib olindi.
Rodoslik Koloss (Rodoslik Koloss) singari
) — Sesil Rods Kap koloniyasidan Qohiragacha boʻlgan masofani egallab turibdi
1869-yilda Napoleon III Oʻrtayer dengizi va Qizil dengizni birlashtiruvchi Suvaysh kanalini ochdi. 1875-yilda Benjamin Dizraeli boshchiligidagi britan hukumati Misr hukmdori Ismoil Poshshodan kanalning 44 % aksiyalarini 4 mln. funtga sotib oldi. Boshida kanal ustidan qoʻshma ingliz-fransuz boshqaruvi oʻrnatilgandi, 1882-yilda esa kanal hududi britan askarlari tomonidan egallandi. Suvaysh kanali ustidan ingliz-fransuz munozarasi 1902-yilda uning neytral hudud deb eʼlon qilinishi bilan tugadi, lekin de-fakto kanal 1954-yilgacha britan askarlari boshqaruvi ostida qoldi.
Kongo daryosining quyi oqimida Fransiya, Belgiya va Portugaliyaning faollashuvidan soʻng Yevropa davlatlari orasida "Afrika uchun janjal" boshlandi. Muammolarni 1884-1885-yillardagi Berlin konferensiyasi (1884)da hal qilishga harakat qilishdi. Kolonial imperiyalar orasidagi raqobat 1890-yillargacha davom etdi. Birlashgan ingliz-misr askarlari 1896-yilda mahdiylar qoʻzgʻolonini bostirishdi va fransuzlarning Fashodga bosqiniga qarshilik koʻrsatishdi. Shundan soʻng Sudan qoʻshma ingliz-misr koloniyasi deb eʼlon qilindi, aslida esa britan boshqaruvi ostida qoldi.
Britan kolonizatori Sesil Rods strategik muhim Suvaysh kanalini foydali qazilmalarga boy Janubiy Afrika bilan birlashtiruvchi Keyptaun-Qohira temir yoʻlini qurish taklifini bildirdi. 1888-yilda Rods oʻziga tegishli shaxsiy Britan Januniy Afrika kompaniyasi yordamida oʻz ismi sharafiga atalgan ulkan hudud — Rodeziyani egalladi.