Dekolonizatsiya va „Ikkinchi imperiyaning qulashi“ (1945—1997) |
Britaniya Imperiyasi II Jahon Urushida gʻalaba qozonishdi, ammo urush natijalari imperiya uchun juda vayronkor boʻldi. Yevropa vayonalarga aylanib, kuchlar balansi oʻtgan AQSh va SSSR armiyalari tomonidan egallab olingan edi. Buyuk Britaniya 3,5 mlrd. dollar miqdoridagi amerika qarzi yordamida qutulgan inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Bu qarzning ohirgi foizlari 2006-yilda toʻlandi.
Koloniyalardagi antikolonial harakatlar tez kuchaydi. AQSh va SSSR oʻrtasida boshlangan Sovuq urushga qaramasdan, ikki davlat ham yevropa kolonializmiga qarshi edi. Bu davrga mos boʻlgan „oʻzgarishlar shamoli“ atamasi imperiyaning sanoqli kunlari qolganligini bildirardi. Fransiya va Portugaliya oʻz imperiyalarini saqlab qolish uchun qimmat va foydasiz urushlarni boshlagan bir paytda, Buyuk Britaniya oʻz koloniyalaridan ularni stabil kommunizm tarafdori boʻlmagan hukumatlarga topshirib ketishni tanladi. 1945-1965-yillarda metropoliyadan tashqaridagi imperiya aholisi 700 mln.dan 5 mln.ga tushdi.
II.BOB Mustaqillikning boshlanishi
Hindistonning mustaqillik uchun urushi davomidagi induistlar va musulmonlar yetakchilari Mahatma Gandi va Muhammad Ali Jinna
1945-yildagi parlament saylovlarida dekolonizatsiya tarafdorlari boʻlgan Leyboristlar partiyasi gʻolib boʻldi. Klement Ettli boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi imperiyaning eng ogʻriqli muammosi — Hindiston mustaqilliga oʻz eʼtiborini qaratdi. Bu koloniyada ikki yetakchi kuch boʻlmish Hindiston milliy kongressi va Musulmonlat ligasi oʻrtasida kelishmovchiliklar oʻsib borayotgandi. Bu ikki pertiya ham mustaqillikni xohlardi. Kongress unitar davlat tuzish taklifi bilan chiqdi. Bu davlatda musulmonlar kamchilik boʻlishidan xavfsiragan Liga musulmonlar koʻpchilik boʻlgan regionlarda islom davlatini tuzishni taklif qildi. Koʻpayib borayotgan tartibsizliklar va Qirollik Hind floti qoʻzgʻoloni 1946-yilda bosh vazirni Hindistonga eng uzogʻi bilan 1948-yilda mustaqillik berishni vada berishga majbur qildi.
Vaziyatning favquloddaligi va fuqarolik urushi xavfi soʻnggi Hindiston vitse-qiroli lord Mauntbettenni 1947-yilda 15-avgustda Hindistonni boʻlish va mustaqillik berishga majbur qildi. Britanlar yangi tuzilgan Hindiston va Pokiston davlatlarida oʻnlab mln. kishini kamchilik sifatida qoldirib, indusit va islom regionlari oʻrtasida chegara oʻtkazishdi. Millionlab odamlar ikkala yoʻnalishda chegarlarni kesib oʻtishdi, yuz minglab insonlar esa ikki din vakillari oʻrtasidagi zoʻravonliklar qurboni boʻlishdi. Aholisining katta qismi musulmon boʻlishiga qaramay Hindistonga berilgan Jammu va Kashmir haligacha ikki davlat munosabatlarini buzuvchi muammo sanaladi.
Britaniya Imperiyasi 1921-yilda
19480yilda Birma va Seylon (Shri-Lanka) mustaqillikga erishishdi. Hindiston, Pokiston va Seylon Hamdoʻstlikka qoʻshilishdi, Birma esa qoʻshilishni istamadi.
Britan mandatligi ostidagi Falastinda ham muammolar yuzaga keldi. Bu yerdagi kolonial hukumat juhudlar va koʻpchilik boʻlgan arablar oʻrtasidagi muammoga duch kelishdi. Bu yerdagi muammolar qiyinroq edi — Yevropadagi koʻplab juhud qochoqlari Falastinda boshqana qidirishardi, arablar esa juhudlar koʻchib kelishi toʻxtatilishini talab qilishdi. 1947-yilda imperiya kelgusi yili oʻz askarlarini Falastindan olib chiqib, mandatlikdan voz kechib, davlatning keyingi taqdirini BMTga topshirishini eʼlon qildi19. BMT Bosh Assambleyasi Falastinni juhud va arab mustaqil davlatlariga boʻlib, Quddus va Vifleyem shaharlari ustidan xalqaro protektorat oʻrnatilishi toʻgrisidagi № 181 rezolyutsiyasini qabul qildi.