Bozor iќtisodiyotiga o’tish modellari. Reja: Bozor iќtisodiyoti va uning vujudga kelishi. Bozor iќtisodiyotining asosiy belgilari



Download 125,5 Kb.
bet1/4
Sana23.06.2022
Hajmi125,5 Kb.
#695162
  1   2   3   4
Bog'liq
BOZOR IЌTISODIYOTIGA O’TISH MODELLARI.


BOZOR IЌTISODIYOTIGA O’TISH MODELLARI.

Reja:

1.Bozor iќtisodiyoti va uning vujudga kelishi.
2. Bozor iќtisodiyotining asosiy belgilari
3. Kishilik jamiyati uzoќ tarixiy taraќќiyot natijasida erishgan iќtisodiyot

Avvalgi boblarda ko’rib chiќdik, kishilik jamiyati taraќќiyoti bozor iќtisodiyotini umuminsoniy iќtisodiyot ekanligini ko’rsatdi.


Bozor iќtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraќќiyotning Џozirgi bosќichidagina umuminsoniy ќadriyat darajasiga ko’tarildi.
Bozor iќtisodiyoti o’z rivojlanishida ќuyidagi bosќichlarni bosib o’tdi. Dastlabki, «kurtak», erkin, tartibga solinuvchi, deformatsiyalashgan bozor iќtisodiyoti.
1. Dastlabki, «kurtak» bozor iќtisodiyoti. Bu bosќichda bozor iќtisodiyoti endigina shakllana boshlaydi. Bozor munosabatlari, aloќalari tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi tovarga ayirboshlash tarzida yuz beradi. Lekin shu paytdanoќ bozor katta rol o’ynay boshlagan. Jamiyat a’zolarining tabaќalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab chiќarishni rivojlantirishga aЏamiyat berish boshlangan.
2. Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iќtisodiyoti. U tarќoќ, bir-biridan ajralgan, ishlab chiќaruvchilar va iste’molchilar maќsadi va Џarakati bir-biri bilan oldindan mutlaќo kelishilmagan faoliyatdan iborat. Albatta, erkin-stixiyali bozor iќtisodiyotining Џam dastlabki bosќichi bilan keyingi klassik bosќichi o’rtasida farќ bor. Lekin, umuman olganda, klassik bozor iќtisodiyoti ќator xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. Bozor munosabatlari ќatnashchilarining miќdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raќobat kurashi mavjud.
2. Jamiyatning barcha a’zolari xoЏlagan xo’jalik faoliyati bilan shuƒullanishlari mumkin.
3. Ishlab chiќarish omillarining yuќori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi: kapitalning ko’chib yurishiga to’sќinliklar yo’ќ.
4. Bozordagi o’zgarishlar to’ƒrisidagi axborotlarni olish imkoniyatining kattaligi.
5. Bir turdagi tovarlarning absolyut darajada o’xshashligi (savdo markasi yo’ќ).
6. Monopoliyalar yo’ќ, bozorga, uning faoliyatiga davlat aralashmaydi.
8. Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab chiќarish, ularning sotilish-sotilmasligining noma’lumligi.
9. U o’z navbatida iќtisodiyotni ќiyinchiliklarga, iќtisodiy tanglik va buЏronlar, iќtisodiy talafotlar orќali rivojlanishiga olib keladi.
10. Yakka, individual xususiy mulkning Џukmron bo’lishi, mulk-ning ozchilik ќo’lida to’planishi, natijada:
a) odamlarni o’ta boy va o’ta kambaƒal tabaќalarga ajralishiga olib keladi;
b) ƒirrom raќobat olib borish uchun muЏit yaratadi.
Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iќtisodiyoti sharoitida ishlab chiќarilgan tovarlar miќdori, sifati jiЏatidan talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar belgilangan narx bilan ќoplanib, foyda ko’riladimi yoki yo’ќmi bozorda aniќlanadi.
Bozor iќtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiќaruvchilar xaridor talabiga moslashish yo’llarini ќidiradilar.
Lekin, umuman olganda, erkin bozor bu — abstraktsiya. Ћaќiќatda to’liќ erkinlik yo’ќ, bo’lishi mumkin Џam emas. Faќat iќtisodiyot yutuќlarini anglash, mavjud yuridik ќonunlarni bilish aso-sidagina o’z faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga ќo’yish mumkin.
To’liќ iќtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iќtisodiyot rivojlanishini taminlaydigan darajada etarli erkinlik mavjud.
3. Kishilik jamiyati uzoќ tarixiy taraќќiyot natijasida erishgan iќtisodiyot — bu tsivilizatsiyalashgan (tartibga solinadigan) bozor iќtisodiyotidir.
Tartibga solinadigan bozor iќtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orќali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat erkinligini, ijodiy meЏnat va tashabbuskorlikni cheklashga olib kelmasligi kerak.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iќtisodiyotining Џam o’ziga xos belgilari bor:
1. Xususiy mulk bilan bir ќatorda boshќa mulk shakllari Џam mavjud bo’ladi.
2. Ishlab chiќarish bozor talabini Џisobga olgan Џolda olib boriladi. Marketing muЏim rol o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi.
3. Ћalol raќobat asosiy o’ringa chiќadi, uning madaniy usullari ќo’llaniladi.
4. Iќtisodiyot sub’ektlari o’rtasida uzoќ davrga mo’ljallangan doimiy aloќalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari ќaror topadi.
5. Davlat iќtisodiy Џayotga aralashib, iќtisodiyotni tartiblashda ќatnashishi tufayli chuќur iќtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa Џam undan tezda chiќib ketish chora-tadbirlari belgilanadi.
6. Iќtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar faќat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-e’tibor ќozonish, Џurmatga sazovor bo’lish uchun Џam Џarakat ќiladilar.
7. Iќtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambaƒallarga yordam berish, ommaviy farovonlikni ta’minlashga ќaratilgan bo’ladi.
8. Odamlarning iќtisodiy tabaќalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’ќ o’rta Џol aЏoli asosiy ќatlamni tashkil ќiladi.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iќtisodiyoti sharoitida tartibga solish faќat bozorning salbiy oќibatlarini cheklashga ќaratiladi. Bundan shunday xulosa chiќarish mumkin, bozor iќtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashќari, davlat Џam iќtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi.
Bozorni boshќarishda iќtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va niЏoyat, ijtimoiy-pxisologik usullar ќo’llaniladi.
Faќat, iќtisodchi V. Leontev ko’rsatganidek, eng muЏimi bozorni o’zini-o’zi boshќarish bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal darajasini topishdir. Ћozirgacha bu talabga ideal darajada javob beradigan davlat yo’ќ.
Bozor iќtisodiyotini tartibga solishda davlatning Џaddan tashќari aralashuvi bozor iќtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi.
4. Deformatsiyalashgan bozor iќtisodiyoti. Ma’muriy-buyruќbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiriladigan tizim deformatsiyalashgan bozor iќtisodiyotiga eng yorќin misol bo’la oladi. U o’zining ќuyidagi jiЏatlari:
1. Turli mulk shakllariga asoslangan bozor sub’ektlarining yo’ќligi.
2. Resurslarni taќsimlash Џaddan tashќari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida mustaќillikning yo’ќligi.
3. Ishlab chiќarishda monopoliyalarning Џukmronligi.
4. Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi.
5. Milliy ishchi kuchi bozorining yo’ќligi.
6. Tovar-pul munosabatlarining deformatsiyalashuvi, nobozor munosabatlarning ustunligi.
7. Samarali xo’jalik faoliyati yuritishga intilishning yo’ќligi, barcha sub’ektlar iќtisodiy manfaatlarining deformatsiyalashuvi va boshќalar bilan xarakterlanadi.
Natijada:
a) tovar taќchilligi kuchayadi;
b) iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklana boradi;
v) «pinЏoniy iќtisodiyot», chayќov bozori tobora gullab-yashnab boradi.
Bozor iќtisodiyoti deformatsiyalashuvini tugatish orќaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taќdirdagina uning salbiy oќibatlarini tugatish mumkin.
Bozor iќtisodiyotining ibtidoiy Џamda madaniylashgan bosќichlari o’rtasida katta farќ mavjud. Bozor iќtisodiyoti etuklik bos-ќichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farќ ќiladi.
Bozor iќtisodiyotining moЏiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular ќuyidagilar:
1. Bozor iќtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Ћar ќanday jamiyatning iќtisodiy asosi, iќtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka ќarab, jamiyatda Џar bir kishining mavќei, ya’ni sotsial maќomi yuzaga keladi.
Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka Џokimligi)ga yo’l ќo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan Џolda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik yuritish usullari Џam turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, Џar bir insonning tabiat in’om etgan aќl-zakovati, farosati va boshќa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarining mavjudligi va ularning tengligi iќtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raќobat kurashi bo’lishi uchun zarur muЏit yaratadi. Bularsiz jamiyat taraќќiyotiga erishib bo’lmaydi (IV bob).
2. Bozor iќtisodiyoti erkin iќtisodiyot. Iќtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiќarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk ob’ekti, mulk egalarining esa mustaќil bo’lishidir.
Ћar bir kishi mavjud ќonunlarni buzmay xoЏlagan iќtisodiy faoliyati bilan shuƒullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng Џuќuќligi ќonuniy ravishda ta’minlangan.
3. Bozor iќtisodiyoti yakka Џokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iќtisod. Iќtisodiy monopolizm — korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iќtisodiyotda yoki biror soЏada tanЏo Џukmronlik ќilishidir. Monopolizmning asosi iќtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanЏo Џukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turƒunlikni paydo ќiladi, tashabbusni chegaralaydi va Џokazo. Shuning uchun Џam bozor iќtisodiyoti monopolizm bilan chiќisha olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega.
4. Bozor iќtisodiyotida raќobat asosiy o’rin tutadi. Raќobat bozor iќtisodiyotini Џarakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat ќiluvchi kuch Џisoblanadi. Raќobat kurashi meЏnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy ќilishga, iќtisodiy resurslarni kam sarflagan Џolda ularni samarali ishlatishga undaydi. Raќobat kurashida ƒolib chiќish uchun aЏoli talabiga mos tovarlar ishlab chiќarishga, talabning o’zgarishiga tez moslashish zarur. Natijada raќobat kurashi iќtisodiyotni olƒa ќarab rivojlanishiga olib keladi. Bu monopoliya mavjud bo’lgan taќdirda Џam o’z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi (X bob). Chunki raќobatni davlat tartibga solib turadi. Antimonopol kuchlar vujudga keltirilib, bozor iќtisodiyotining Џamma sub’ektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi. Ana shu imkoniyatdan ќay darajada foydalanish ishbilarmonlikka boƒliќ.
Bozor iќtisodiyotida bir tomondan, manfaatlar to’ќnashib raќobat yuz bersa, ikkinchi tomondan, sub’ektlar o’z faoliyatini, demak, manfaatlarini bir-birlariga muvofiќlashtirishga intiladilar. Chunki faќat raќobatlashsalar ularning ishi yurishmaydi. Bu iќtisodiyotda ikki bir-biriga zid tomon. Iќtisodiy integratsiya Џam iќtisodiy sub’ektlarning manfaatlarini moslashtirishga, murosaga kelishiga undaydi. Ishlab chiќarishdagi o’zaro boƒliќlik kuchayishi bilan integratsiyalashmay yaxshi foyda olish ќiyin bo’lib ќoladi. Ishlab chiќarish ixtisoslashuvining kuchayishi firma, korxonalarning bir-biriga boƒliќligini kuchaytiradi. Natijada ular o’rtasida doimiy ravishda tijorat aloќalari o’rnatiladiki, bunda sheriklariga pand bermaslik muЏim rol o’ynaydi.
5. Bozor iќtisodiyotida narxlar erkin, talab va taklif nisbati asosida shakllanadi. Narx sotuvchi bilan xaridorning savdolashib kelishishi tufayli belgilanadi. Bunda sotuvchi sarflagan xarajatlarini ќoplab, foyda ko’rishni nazarda tutsa, xaridor eng yuќori naf ko’rishini o’ylaydi. Pul iќtisodiy aloќalarning asosiy vositasi Џisoblanadi. Liberallashgan narxlar sotuvchini Џam, xaridorni Џam Џamisha narxni Џisobga olgan Џolda, foyda-zararni nazarda tutgan Џolda faoliyat yuritishga olib keladi.
6. Bozor iќtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi. Ishlab chiќarish, xizmat ko’rsatish xaridorning talab va eЏtiyojiga ќarab moslashishga majbur. Agarda moslashmasa, ya’ni talabga loyiќ maЏsulot ishlab chiќarmasa, xizmat ko’rsatmasa, u zarar ko’rishi, Џatto bor budidan ajralib ќolishi mumkin. Bundan kelib chiќib tovar va xizmatlar to’kinligiga erishiladi. Tovarlar to’kinligini ta’minlashda narxlarning erkinligi muЏim rol o’ynaydi.
7. Bozor iќtisodiyoti faoliyatlarni muvofiќlashtirish, boshќarishda Џam o’ziga xos xususiyatlarga ega. Unda o’z-o’zini boshќarish bilan davlat ta’sirini o’tkazishi ќorishib ketadi.
Bozor iќtisodiyoti Џar ќanday iќtisodiyot kabi iќtisodiy ќonunlarning amal ќilishi natijasida rivojlanadi. Bu ќonunlar bir tomondan, umumiќtisodiy ќonunlardan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan bozor iќtisodiyotining o’ziga xos ќonunlaridan iborat.
Bozor iќtisodiyoti iќtisodiyotni tashkil etish, faoliyat yuritishning, uni tartibga solish va boshќarishning murakkab shakli bo’lib, avvalo u tovar-pul munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiќaruvchilar bilan iste’molchilar bozor orќali boƒlanadi, ularning Џamkorligi Џam bozor orќali ta’minlanadi.
Bozor iќtisodiyoti Џar bir insonni o’z faoliyatining natijasini o’ylab, Џisob-kitob ќilib, oќilona ish yuritishga undaydi.
Shunday ќilib, bozor iќtisodiyotiga ќisќacha ta’rif bermoќchi bo’lsak, uni ќuyidagicha ifodalash mumkin: Bozor iќtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iќtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, Џar bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oќilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iќtisodiyotdir.
Bozor iќtisodiyotining moЏiyati va belgilarini umumiy tarzda ko’rib chiќdik. Kelgusi boblarda yanada batafsilroќ ko’ramiz. Bu bizga bozor iќtisodiyotini yanada chuќurroќ o’rganishga yordam beradi.

Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish