2-§. Bozor iќtisodiyoti umuminsoniy iќtisodiyot
Jamiyat insonlardan tarkib topar ekan, ularning Џar birini o’z shaxsiy Џayoti, Џayotdan maќsadi, orzusi mavjud. Ћar bir kishi jamiyatda yashaganligi tufayli bu orzu-maќsadlarni amalga oshirish jamiyat orќali sodir bo’ladi. Pirovard natijada Џar bir kishining taќdiri jamiyat va undagi Џukmron sotsial-iќtisodiy tizim bilan boƒliќ bo’ladi.
Ћar bir inson farovon yashashga, kishilar o’rtasida obro’-e’tibor ќozonishga, ќolaversa o’zidan so’ng tarixda nom ќoldirishga intiladi.
Tadќiќotchi-psixologlarning fikricha insoniyatning asosiy ќismi farovon yashash uchun Џarakat ќilar ekan. Turmush farovon bo’lishi uchun turli-tuman ne’matlar mo’l-ko’l bo’lishi kerak. Bunday mo’l-ko’llikni yuќori darajadagi meЏnat unumdorligi ta’minlaydi.
Kishilik jamiyati o’z taraќќiyoti davomida meЏnat unumini oshirish uchun insonni meЏnatga jalb ќilishning turli yo’llarini ќo’llagan. Ularni asosan 3 guruЏga bo’lish mumkin:
a) meЏnatga majbur ќilish;
b) meЏnatga iќtisodiy raƒbatlantirish;
v) meЏnatga ma’naviy raƒbatlantirish.
Bu usullar birgalikda ќo’llanib kelingan, lekin tarixiy rivojlanish bosќichlarida, turli sotsial-iќtisodiy tizimlarda ularning nisbati turlicha bo’lgan.
Inson ongida Џar doim o’z meЏnat faoliyatini baЏolovchi psixologik jarayon sodir bo’lib turadi. U o’z ishining natijasini baЏolanishini, taќdirlanishini doimo taЏlil etadi. Agar meЏnatini taќdirlanishidan ko’ngli to’lmas ekan, Џafsalasi pir bo’ladi, ishga ќo’li bormaydi. Ћar bir insonning meЏnat ќilishi va meЏnati munosib taќdirlanishi jamiyat taraќќiyotida muЏim rol o’ynaydi.
Insonning fe’l-atvoriga to’ƒri keladigan meЏnatga jalb ќilish-ning eng ma’ќuli meЏnatga iќtisodiy raƒbatlantirish ekan. Bu usulni ustun darajada bozor iќtisodiyoti sharoitidagina keng ќo’llashga imkoniyat yaratiladi. Mulkning turli-tumanligi va teng-ligi, raќobat kurashi, iќtisodiy faoliyat erkinligi buning uchun asos yaratadi. Ћar bir insonning Џayot tarzi, turmush darajasi, eng avvalo uning topgan daromadiga boƒliќ.
Umuman olganda daromad olishning ikki yo’li mavjud:
1. MeЏnat evaziga.
2. Mulki evaziga.
MeЏnat evaziga olinadigan daromad meЏnatni iќtisodiy raƒbatlantirish bilan boƒliќ. MeЏnat evaziga daromad topish Џozirgi paytda Џam asosiy o’rinda turadi. Bozor iќtisodiyoti sharoitida Џar bir inson o’z aќli, zakovati, saloЏiyati, malakasi, ќiziќishi, tajribasiga ќarab xoЏlagan meЏnat faoliyati bilan shuƒullanish imkoniga ega.
Kishilik jamiyati taraќќiyoti tarixi bozor iќtisodiyotining umuminsoniy iќtisodiyot ekanligini ko’rsatdi. Chunki, bozor iќtisodiyoti jamiyat a’zolarining asosiy maќsadi farovon Џayot kechirishni amalga oshirish uchun zarur imkoniyat yaratish bilan boshќa iќtisodiy tizimlardan ustun turadi.
Uning eng muЏim afzalligi Џar bir kishini meЏnat unumini oshirish uchun raƒbatlantiradi.
«Faќat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalќning ijodiy va meЏnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boќimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, raƒbatlantirishni va yo’ќotilgan xo’jayinlik tuyƒusini ќayta tiklaydi»1.
Bozor iќtisodiyotida daromad manbalaridan biri mulk Џisoblanadi. Mulk egalari o’z mulklarini daromad topish maќsadida ishlatar ekan, u o’z navbatida mulkdan asrab-avaylab foydalanishga, eng samarali variantlarini topib ishlatishga undaydi.
Bozor iќtisodiyotining afzalliklaridan biri resurslarni samarali taќsimlanishini ta’minlashdir.
Bozor iќtisodiyoti cheklangan resurslarni taќsimlash va ishlatishda almashuvga asoslanar ekan, eng avvalo zarur tovar va xizmatlar ishlab chiќarishni yuќori darajada samarali bo’lishini ta’minlaydi. Kuchli raќobat kurashi sharoitida Џar bir iќtisodiy faoliyat yurituvchi o’z mavќeini saќlab ќolishga Џarakat ќiladi. Ishlab chiќaruvchilar esa bunday sharoitda iloji boricha ko’proќ Џarakat ќilishadi. Buning asosiy yo’li ishlab chiќarish xarajatlarini pasaytirishdir.
Faќat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli oќilona jiЏatlarini yaratadi, xarajatlarni kamaytiradi, talon-toroj va lapashanglikka ќarshi kurashadi1.
Xarajatlarni pasaytirishga esa meЏnat unumdorligini oshirish, fan-texnika yangiliklarini ishlab chiќarishga joriy ќilish orќali erishiladi. Ћar bir ishlab chiќaruvchining resurslarni tejashga intilishi, ularni samarali taќsimlanishini ta’minlaydi.
O’zgarayotgan sharoitga yuќori darajada tezda moslashuvchanlik Џam bozorning ustunligi Џisoblanadi.
Bozor mexanizmi yuќori darajada samarali tarzda zarur tovarlar ishlab chiќarishi va xizmat ko’rsatishni yo’lga ќo’yadi. Chunki, jamiyat talabiga mos bo’lmagan tovarlar realizatsiya ќilinmaydi. Natijada uning egalari sarflangan xarajatlarini ќoplay olmaydilar, zarar ko’radilar. Ana shu xatar Џar bir ishlab chiќaruvchini bozordagi talabga tezda moslashishga majbur ќiladi.
Natijada ana shu ishlab chiќarish tarkibi va Џajmi talab asosida shakllanadi va unga binoan resurslar Џam taќsimlanadi.
«Faќat bozorgina ishlab chiќarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysundirish, maЏsulotga bo’lgan talabni aniќ Џisobga olish, kon’yunktura o’zgarishlariga ќarab tezlikda ish tutish imkoniyatini beradi»2.
Fan-texnika yutuќlaridan maksimal darajada foydalanish novatsiyaga moyilligi bozor iќtisodiyotining yana bir ustunligidir.
Raќobat kurashi natijada bankrot bo’lmaslik, sinmaslik uchun Џar bir ishlab chiќaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi boshќalarga nisbatan kamroќ xarajat ќilishga, sifatliroќ maЏsulot ishlab chiќarishga, yangi turdagi tovarlar ishlab chiќarish va xizmat ko’rsatishga intiladi. Bu maќsadlarga erishishda asosiy rolni fan-texnika yangiliklari o’ynaydi. Shuning uchun bozor mexanizmi yangiliklar ќidirish, ixtirolar ќilish, ularni ishlab chiќarishga joriy ќilishga doimiy amal ќiluvchi stimul yaratadi.
«Faќat bozorgina yangiliklarga sezgir ќiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuќlarini dadil va ƒayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb-maЏoratiga munosib baЏo beradi»3.
Bozor iќtisodiyoti turli-tuman eЏtiyojlarni ќondirish tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash imkoniyati kengligi bilan Џam ajralib turadi. Bozor iќtisodiyotini yuќorida va boshќa boblarda sanab o’tilgan belgilari tovarlar va xizmatlar to’kinchiligini yuzaga keltiradi. Bu o’z navbatida xaridorlarni tanlab olish imkoniyatini kengaytiradi. Bozor iќtisodiyotining boshќa boblarda Џam ko’rilgan ijobiy tomonlari iќtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Uni umuminsoniy iќtisodiyotga aylantiradi.
Bozor iќtisodiyoti shubЏasiz afzallikka ega, lekin uni Џar ќanday kamchilik va ќarama-ќarshiliklardan Џoli ideal mexanizm deb ќarash xato, bozor iќtisodiyotini xolisona baЏolashdan yiroќ. Uning o’ziga xos kamchiliklari, zaif tomonlari mavjud:
1. Bozor iќtisodiyoti ќayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni muЏofaza ќilish, atrof-muЏitni talab darajasida saќlashni, ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga chiќarmaydi.
2. Ish bilan va narxlar darajasi stabilligini kafolatlamaydi.
3. Fanda fundamental tadќiќotlar olib borish imkoniyati cheklanadi. Tezda foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat, kelajak uchun muЏim bo’lgan tadќiќot, nazariy izlanishlar raƒbatlantirilmaydi.
4. Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin sarflangan xarajatlar tezda ќoplanmaydigan, katta mablaƒlar talab ќiladigan, jamoa birgalikda foydalanadigan tovar va xizmatlar ishlab chiќarish raƒbatlantirilmaydi.
5. AЏolini tabaќalanishini kuchayishiga olib keladi.
6. Narxlar pariteti (ќaychisi) sanoat foydasiga Џal bo’ladi.
Yuksak rivojlangan bozor iќtisodiyotida ana shu kamchiliklarni cheklash uchun davlat tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi.
Bozor iќtisodiyoti va bozor munosabatlarining buyuk kuchi shundaki, u kishilar meЏnat faoliyati aktivligini uzluksiz tarzda ta’minlaydi. Mavjud resurslardan asrab-avaylab foydalanishga, novatsiyaga intilishga, Џar bir ishga ќo’l urishdan avval natijasi ќanday bo’lishini puxta o’ylashga, oќilona tavakkalchilikka undaydi. Natijada uning eng asosiy afzalligi bozorning to’kinligini ta’minlashi namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |