“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet58/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

7.3. Demokratik kapitalizm modeli

Yaponiya iqtisodiyotidagi “mo`jiza”da va uning qudratli darajasida Ikkinchi Jahon urushidan keyingi islohotlar tufayli amalga oshirilgan chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir. Bunda Amerika okkupatsiya ma’muriyatining tashabbusi asos hisoblanadi.


Iqtisodiy islohotlar juda qiyin axvolda amalga oshgan. Chunki Yaponiya iqtisodiyoti to`la harbiy izda bo`lib, barcha narsalar chegaralangan, qat’iylik sharoitida bo`lgan. Markazlashgan rejalashtirish, barcha narsalar oldindan qat’iy belgilangan holatda edi. Xatto haq to`lash oldindan aniq ko`rsatilgan, baholar o`zgarmaydigan qat’iy belgilangan tarzda edi. Ishlab chiqaruvchilar ham oldindan bir-biriga majburiy bog`langan, mol beruvchi va mol oluvchilar oldindan aniqlangan hamda iqtisodiy aloqalarni qat’iy bajarish tartibi o`rnatilgan edi.
Shu bilan birga taqsimot ham qat’iy o`rnatilgan tartibda bo`lib, iste’mol buyumlari kartochkalar bo`yichyaa taqsimlangan. Iqtisodiyotda qat’iy davlat tartibi o`rnatilib, bunda hech qanday ihtiyoriylikka yo`l qo`yilmas edi. Davlat monopoliyasi to`la hukmronlik qilib, iqtisodiyot militarizatsiya (harbiylashtirilgan) asosda davom etar edi.
Yirik-yirik konsernlar mavjud bo`lib, asosan harbiy sanoatdan iborat bo`lgan. Markazlashtirilgan harbiy mazmundagi iqtisodiyot mavjud bo`lib, bu tub o`zgarishlarni talab etar edi. Sanoat yo`nalishini, moliyani, iqtisodiy tashkililikni tubdan boshqacha usulda o`zgartirish zaruriyati tug`ilib, Yaponiya rivojini harbiy izdan chiqarib, sog`lom iqtisodiyot yo`liga o`tkazish talab etilgan.
Bu o`zgarishlar demokratik kapitalizm modeli asosida amalga oshirilgan. Bundagi birinchi navbatli masala Yaponiya harbiy mashinasini sindirib, militarizatsiyani barbod qilish va uning iqtisodiy asosini yo`q qilib, erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotiga yo`naltirishdan iborat edi.
Buning uchun iqtisodiyotda keskin o`zgarishlarni amalga oshirish talab etildi. Mehnat munosabatlari o`zgartirilib, harbiycha majburiylik o`rniga yollanishga asoslangan munosabatlarga o`tish bilan bog`liq tadbirlar amalga oshirildi. pomonolistik iqtisodiy siyosat qo`llanilib, monopoliyalar yo`q qilina boshladi. Yirik xajmda konversiya qo`llanilib, harbiy mahsulotlarni o`rniga tinchlik hayotiy talab mahsulotlari ishlab chiqarishga o`rnatila boshladi. Harbiy korxonalar bitirildi va bundan keyin uning imkoniyatlarini yo`q qilish uchun davlat konstitutsiyasida qattiq chegaralanish belgilanib, umuman mamlakat mudofaaa xarajatlari milliy mahsulotga nisbatan 1 foiz bilan belgilanadi.
Byudjet islohotlari amalga oshirilib, pul muomalasi mustahkamlashtirildi va valyuta kursi qat’iylashtirildi. Solig` siyosati o`zgartirilib, iqtisodiy normal rivojlanish darajasiga qaratildi va shunga mos shalklari qo`llanila boshladi.
Natijada harbiy sanoat asoslari bo`lgan yirik konsernlar bitirilib, ularning aksiyalari sotilib, juda katta konsernlar, ya’ni oilaviy xolding (“dzaybasu”) kompaniyalar bitirildi, monopol holatdan chiqarildi, tinch mazmunli iqtisodiy taraqqiyotga yo`l ochildi.
Bu islohotlar sobiq agressorning qurolsizlantirishga va demokratik iqtisodiy taraqqiyotga yo`l ochib berdi. Normal iqtisodiy taraqqiyot sharoitlari yaratilib, militarizatsiya o`rniga ishonchli muhit tug`ildi. Tashqi iqtisodiy strategiya o`zgarib, eksport va import rag`batlantirila boshlandi. Davlat bilan biznes o`rtasida kooperatsiya paydo bo`ldi.
Agrar islohotlar natijasida yirik yer egaligi bitirilib, ommaviy ravishda yerlarni sotish amalga oshirildi. Natijada mustaqil fermer xo`jaliklari yuzaga keld. Bu esa qishloq xo`jaligida normal rivojlanish asoslarini paydo qildi.
Okkupatsiya hokimiyati davlat korxonalari tizimini ham o`zgartirdi va xususiy korxonalar moliyasini sog`lomlashtirish tadbirlarini qo`lladi. Moliyaviy islohotlar esa korxonalarga jamg`arishning ichki manbaalirini tug`dirish imkonini berdi.
Amalga oshirilgan islohotlarning tadbirlari yuqori malakali ish kuchining mavjudligi, iqtisodiyotda ilmiy-texnik progressning keng qo`llanishning boshlanishi kabilar Yaponiya demokratik kapitalizm modelini shakllantirib iqtisodiy “mo`jiza” asosini yaratib berdi.
Iqtisodiy o`sishning tezlashuvi rivojlangan mamlakatlarga texnik jixatdan yetib olish va texnologik o`zgarishlar davriga to`g`ri keladi. Chunki Yaponiya o`tgan asr 50 – yillarida xomashyo va yoqilg`i resurslarini ommaviy qayta ishlash texnologiyasini o`zlashtira boshlagan edi. Bu vaqtga kelib qora metullurgiya, ko`mir konlari, elektrostansiyalar rekonstruksiya qilinib, savdo floti qayta qurilgan edi. 60 – yillarga kelib harbiy korxonalarni konversiyalash asosida va yangi qurilish hisobiga maishiy tovarlar, radioapparaturalar, avtomobil sanoati tarmoqlari yaratiladi. Shu bilan birga neft-ximiya, sintetik va smola tolasi, elektronika tarmoqlarining urushdan keyingi avlodlari yuzaga keladi. Raqobatbardoshligi bo`lmagan ko`mir shaxtalari yopiladi va arzon import nefti energetik xo`jalikning yoqilg`i asosini tashkil etadi.
Tarmoqlar tuzumining qayta qurilishda yangi texnika asosida ishlov berish sanoati tarmoqlarini yaratish asosiy yo`nalish hisoblangan. Buning asosiy sabablari arzon va yaxshi o`rgatilgan serob ish kuchi mavjudligi, xomashyo va energetika bo`yicha o`z manbaining yo`qligi, yangi texnologiyaga yo`l ochiqligi, ichki jamg`armalar manbai mavjudligi, kapital xarajatlarni moliyalash mexanizmlarining ta’minlanganligi kabi omillardan iboratdir.
Bu vaqtlarda Yaponiya ichki qarzlarga muxtoj emas edi. Tashqi qarzlari ham asosan yo`q edi. Yirik tashqi qarzlardan foydalanilmagan. Pul tizimining mustahkamligi bunda ancha qo`l kelgan. Korxonalarning moliyalashuvi assoan banklar tomonidan bajarilgan.
Urushdan keyingi bolalar tug`ilishining yuqori darajada bo`lishi 1955-1970 yillar ichida mamlakat aholisining 90 mln.dan 104 mln. gacha yetkazdi. Industrlashtirish qishloqlardan ish kuchi oqimini kuchaytirdi. Noqishloq xo`jaligidagi bandlik 17 mln.dan 36 mln.gacha ko`tarildi, ya’ni 2 barobardan ortiqroq ko`paydi.
Bu jarayonlar yollanma ishlovchilarning daromadini juda tez o`sishi bilan davom etdi. Mayda ishlab chiqarish juda tezlik bilan ko`paydi va mayda korxonalar soni 1,5 barobar oshdi. Tez o`sish davri Yaponiyada hozirgi o`rta sinfni shakllantirdi. Makroiqtisodiy darajada aholi talabidagi o`zgarishlarni aloxida ko`rsatish mumkin. Chunki bu iqtisodiy o`sishning asosini tashkil etgan, ya’ni shu vaqtlarga kelib yalpi mahsulot o`sishining 60 foizi shaxsiy iste’molga to`g`ri kelgan va 30 foizginasi iqtisodiy o`sishga sarf etilgan. Shundan 18-20 foiz ishlab chiqarish qurilishi va jixozlarning investisyaisini tashkil etgan.
Yaponiya yangi texnika asosida raqobatbardosh eksport tarmoqlarini qurguncha o`sishning eng muhim cheklovchisi chet hisoblash holati bo`lib kelgan.
Bu davr uchun dalvatning sanoat siyosati tavsifli bo`lib, bunda resurslarni tarmoqlar o`rtasida taqsimlash, muayyan sanoat tuzumini tashkil etishda davlatning faol aralashuvi mavjud bo`lgan. Zaruriy import to`lovlaridagi moliya kvotalari muhim uskuna hisoblangan. Shu bilan birga chet investitsiyalaridan foydalanish faqat individual tarzda qo`llanilib, amalda kartochka taqsimoti hukm surgan. Bu bilan ichki bozorda chet raqobati minimumlashtirilgan. Demak, o`z vaqtida sanoat siyosatining asosini proteksionizm tashkil etgan.
O`tgan asr 70 – yillaridagi ikki marta yuz bergan jahon neft inqirozi Yaponiyada chuqur inflyatsiyani yuzaga keltirib, iqtisodiy o`sishni keskin pasaytiradi. Qayd qilganimizdek, import nefti yaponiya energetikasining asosini tashkil etar edi. Shu bilan birga 70 – yillarga kelib io` kuchining yangi resurslari tugab, ekstensiv o`sish rezervi tamomlangan edi. Sanoat mahsuloti tovar nomenklaturasining yangilanishi resursi ham tugagan edi. Bu kapital qurilishning qimmatlashuvi, ish haqining ko`tarilishi, yangi ish joylarining jixozlarinishi qimmatlashtirgan edi. Natijada iqtisodiy resurslarni tejash va kapital xajmli o`sishning pasayishiga olib keladi. O`sish darajasi ikki barobar pasayishiga qaramasdan jamg`arish normasi yuqoriligicha qolib, YAIMning 30 foizini tashkil etgan.
Bu Yaponiya iqtisodiyotini borgan sari ilmiy sig`imli tarmoqlarga e’tibor berishni kuchaytiradi. Bunda elektron mashinasozlik, zamonaviy aloqa vositalarini ishlab chiqarish tarmoqlari yyetakchilik qiladi. Erkin taraqqiyot kuchayishi bilan davlatni iqtisodiyotni shatakka olishi qisqarib, uning sanoat siyosati o`z kuchini yo`qotib boradi. Raqobatbardoshlikni yo`qotib borayotgan ichki ishlab chiqarish mahsulotlari o`rnini import egallay boradi.
Bu Yaponiya iqtisodiyotining borgan sari jahon xo`jaligiga qo`shilishini tezlashtirdi. Lekin tashqi iqtisodiy aloqalar erkinlashuvining uzoqqa cho`zilishi ichki bozordagi kuchli raqobat sharoitida xalqaro bozor raqobatiga chuqur tayyorgarlik ko`rish imkonini tug`diradi.
Lekin dunyoda bunga boshqacha baho berish mavjud bo`lib, Yaponiya iqtisodiyotini berk iqtisodiyot deb tushunish mavjud edi. Amalda esa ichki iqtisodiyotni himoyalash va proteksionizm siyosati qo`llangan edi. Bunday chegaralar olib tashlanib xalqaro raqobatga to`la qo`shilish yuz berdi. 80 – yillarning o`rtalariga kelib AQSH va G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan bo`lgan savdoda katta ijobiy savdoning yuzaga kelishi o`tkir kelishmovchiliklarga va Yaponiya uchun davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda muhim masalaga aylanishiga olib keladi. 1986 – yili Yaponiya hukumati ijobiy saldoni iqtisodiyotning kuchli eksport tuzumining natijasi, deb tushuntiradi va bunga tuzumiy disproportsiya mavjudligi sabab, deb aytiladi. Importga imtiyozlar qo`llanila boshlab, chetga kapital chiqarish ko`chayadi va Yaponiyaning chet mamlakatlardagi aktivi ikki barobar ko`payadi. Bu asosan ish joylarini ko`payishi hisobiga bo`ladi. Natijada eksport tovar hisobiga emas, balki ish kuchi o`rinlari hisobiga yuz beradi.
Yaponiyaning tashqi savdodagi o`rni katta. Jahon savdosida Yaponiyaning hissasi 7,3 foiz (1997 yil)ni tashkil etadi. Dunyoning oltin rezervlarining esa 12,8 foiziga to`g`ri keladi. Mamlakatlarning jahon savdosiga tortish darajasi iqtisodiyotdagi eksport va import kvotasi bilan belgilanadi. Yaponiyaning YAIMdagi eksport kvotasi 10,5 foizga teng, ichki provordgi iste’moldagi import hissasi 10 foizni tashkil etadi. Bu G`arbiy Yevropa mamlakatlari ko`rsatkichlaridan ikki barobar past va AQSHga yaqin.
Yaponiyaning tashqi savdo aylanishi eksporti 46,1 foiz rivojlangan mamlakatlarga, shundan 27,8 foiz – AQSHga to`g`ri kelsa, rivojlangan mamlakatlarga – 44,8 foizga to`g`ri keladi. Importning 45,7 foizi rivojlangan mamlakatlarga, shundan 22,3 foizi – AQSHga, rivojlangan mamlakatlarga – 39,1 foiz to`g`ri keladi.
Yaponiya eksportida 59,8 foiz ishlab chiqarish jixozlariga, uzoq muddatli iste’mol buyumlariga esa – 17,7 foiz to`g`ri keladi. Importda esa 43,3 foiz xomashyo, yonilg`i, yarimfabrikatlarga to`g`ri keladi, ishlab chiqarish jixozlari esa – 24,0 foizni tashkil etadi.
Tashqi savdodagi eng yirik sherik AQSHdir. Ilgari neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar asos bo`lib, ularning hissasi 19,6 foiz (1980 yil)dan 6,4 foiz (1996 yil)ga tushib qoldi. Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvan, Malayziya, Tailandlarning ham hissasi ortib bormoqda.
Tashqi investitsiyada birinchi o`rinda AQSH turadi va bundagi hissa 40 foizdan oshadi, 18 foizga yaqini Osiyo mamlakatlariga to`g`ri keladi. Umuman Yaponiyaning tashqi investitsiyasi keyingi 6 yil ichida ikki martaga oshgan.
Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalarida o`tuvchi iqtisodiyotli mamlakatlarning o`rni ham ortib bormoqda. Buning ichida O`zbekistonning hissasi ham sezilarli darajadadir.
Yaponiya hozirgi vaqtda G`arbiy Yevropa Ittifoqi va AQSHdan keyingi dunyoda uchinchi qudratli iqtisodiyot mamlakati hisoblanadi.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish