“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Ijtimoiylashtirilgan bozor iqtisodiyoti



Download 8,11 Mb.
bet54/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

6.3. Ijtimoiylashtirilgan bozor iqtisodiyoti


Fransiya bozor iqtisodiyoti chuqur ijtimoiylashtirilgan bo`lib, buning markazida davlat turadi va uni “farovonlik davlat” deb atashadi. Fransiyada aholining barcha qatlamlari fundamental ijtimoiy talablar bo`yicha mamlakat tomonidan jalb etilgan sog`liqni saqlash, nafaqa ta’minoti, oilaviy siyosat, ishsizlik bo`yicha sug`urtalash, daromad manbai bo`lmaganlarga minimal to`lovlar kabilar bo`yicha davlat kafolatligi ta’minlangan. Ijtimoiy ta’minot uchun yiliga 2800 mlrd. frank sarflanadi. Bu 456 mlrd. dollarga teng bo`lib, YAIMning 35 foizini tashkil etadi. Taqqoslasak, darajasi bo`yicha Daniya, Finlyandiya, Avstriya, Gollandiya mamlakatlariga to`g`ri keladi. Bu mamlakatlar aholi hisobidan Fransiyadan ancha kichik davlatlar va ko`p tomondan sharoiti yaxshi mamlakatlardir.

Frаntsiyadа аhоlining bаrchа qаtlаmlаri fundаmеntаl ijtimоiy tаlаblаr bo`yichа mаmlаkаt tоmоnidаn jаlb etilgаn sоg`liqni sаqlаsh, nаfаqа tа’minоti, оilаviy siyosаt, ishsizlik bo`yichа sug`urtаlаsh, dаrоmаd mаnbаi bo`lmаgаnlаrgа minimаl to`lоvlаr kаbilаr bo`yichа dаvlаt kаfоlаtligi tа’minlаngаn.
Buning ichida bevosita davlat hissasi yuqoridir. Chunki byudjet xajmi keng bo`lib, uning ijtimoiy xarajatlari qismi kattadir. Ijtimoiy to`lovlar YAIMning 19,3 foizini tashkil etadi. Bu ko`rsatkich AQSHda - 10,4; Shvetsiyada – 14,5; va Angliyada – 6,3 foizga teng.
Ijtimoiy muammolarni xal qilishda va bu sohadagi nazoratni ta’minlashda ijtimoiy-iqtisodiy Kengashlarning roli kttadir. Bular mikro va makro darajada bo`lib, demokratik asosda shakllanadilar. Makro darajadagi Kengashlar mamlakat xajmida shakllansa, mikro darajadagilari korxona, tashkliotlar darajasida yuzaga keladi. Kengashlar jamoa tomonidan saylanadi va doimo hisobot berib turadi. Bu Kengashlar jamoani ijtimoiy himoyalash bo`yicha o`z dasturlarini tuzib, shu asosda o`z fikrlarini bildiradilar va uning bajarilishini talab qiladilar. Kengashlar o`z takliflari, talablari va iltimoslarining bajarilishiga katta e’tibor qaratadi. Aks xolda jamoatchilikning ta’sir – e’tiborini bu muammoga qaratib zarur choralar belgilanadi.
Kengashlar ijtimoiy muassasalar ustidan boshqaruv vazifalarini ado etadilar. Aytaylik, oshxonalar, turar-joy fondlari, dam olish joylari, kutubxonalar, madaniy va sport inshootlari kabilar shular jumlasidandir.
Makro Kengashlar mamlakat miqyosida faoliyat ko`rsatib, hukumat va uning organlari bilan muloqat hamda muomalada bo`ladilar, o`z taklif, talablarini shu darajada xal qilishga harakat qiladilar, xatto hukumat, davlat yechimlariga muyassar bo`ladilar. Shu sohaga taalluqli qonun-qoidalarning yuzaga kelishida tashabbuskorlik qiladilar.
Bulardan tashqari bozor iqtisodiyotining ijtimoiylik darajasini ko`tarishda xususiy institutlar va tashkilotlar mavjud bo`lib, bular o`z jamg`armalariga egaligi va tijoratdan foydalanishlari tufayli qudratli salohiyatga ega bo`lib, ijtimoiy himoyada samarali ishlarni olib boradilar.
Ijtimoiy masalalarni xal qilishga jamoatchilikning ishtirok etishi bu sohada muvaffaqiyatlarga erishishda yaxshi natijalar beradi va boshliq, rahbarlarning, hukumatning diqqatini jalb etishda qo`l keladi.
Fransiyada ham ish joylari qimmat bo`lib, ishchi va xizmatchilar daromadi yuqori darajadadir. Bu bozor ijtimoiy yo`nalishida eng muhim o`rin egallab, bunga ham doimo e’tibor berilib boradi. Ayniqsa, bunda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar katta o`rin egallaydi. Masalan, 80 – yillar boshida F. Mitteran davlat boshiga kelganda minimum ish haqi darajasi ko`tarilgan, nafaqalar 40-50 foizga oshgan. Bunday tadbirlar zaruriyatga qarab tez-tez amalga oshirilib turiladi.
Ishsizlik ijtimoiy sohada doimo dolzarb hisoblanib, Fransiyada bunga to`xtovsiz e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, bunda yangi ish joylarini yuzaga keltirish ahamiyatlidir. Xatto bu sohaga byudjet xarajatlari ham vaqti-vaqti bilan sarf etilib turadi.
90 – yillar boshida ishsizlikni oldini olish maqsadida yangi ish joylari tashkil etish, vaqtincha ish bilan ta’minlash kabilarga yiliga 110 mlrd. frank byudjetdan ajratilgan edi.
Ijtimoiy hayotga taalluqli barcha tarmoqlarning rivojlanganligi, ayniqsa sog`liqni saqlash, madaniyat va sport, turizm, oilaviy siyosat, ta’lim tizimi kabilarning yuqori darajada bo`lishligi bu sohada insonga xos yuqori hayot darajasiga erishish imkonini beradi.
Yevropa Ittifoqi (EI)ning yuzaga kelishi bu sohaga yana ham samarali ta’sir ko`rsatadi. Chunki bu rivojlangan mamlakatlar birlashmasi bo`lib, avvalo bozor iqtisodiyotining ijtimoiylik mazmuniga ijobiy ta’sir etadi. yeI ravnaq muhitdan iborat va barcha a’zo mamlakatlar iqtisodiyotining o`sishiga da’vat etadi. Raqobatbardoshlik, juda katta G`arbiy bozori yuzaga kelib, hozirning o`zida 400 mln. iste’molchilarga ega. Tovar va xizmat ko`rsatishning, kapitalning katta hududda erkin harakat qilish sharoiti tug`iladi. Umumiy qishloq xo`jalik siyosati qo`llanilib mahsulotlarning erkin muomalada bo`lishi, moliyaviy hamkorlik, investitsiya va daromadlarning o`sishi, qishloq xo`jaligidagi kafolatlikni yuzaga kelishi qishloq xo`jaligini qayta tiklash kabilarning imkoniyatlari kengayadi.
Sanoatda ham shunday ijobiylik yuzaga kelib, kapital va ishchi kuchi erkin harakati, kapital konsentratsiyalashuvi, investitsiyaning ko`payishi, yangi tarmoqlarning rag`batlanishi, ilmiy hamkorlik, xizmat ko`rsatish sohasining rag`batlanishi kabilar yuqori darajaga ko`tariladi.
EIning shakllanishi boshqa rivojlangan mamlakatlar qatori Fransiyada ham bozor iqtisodiyotining ijtimoiylashuvida yangi bosqich bo`lib, bu sohada yangi muvaffaqiyatlarga erishuv ko`zda tutiladi.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish