“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet62/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

Xulosa qilib aytganda, Yaponiya ko`p sohalar bo`yicha AQSH kabi yyetakchilardan biridir. Bular mashinasozlik, avtomatika, elektronika, avtomobilsozlik kabilardan iborat. Ayniqsa yangi texnologiya va elektronika bo`yicha eng oldingi mamlakat bo`lib, kam material, kam mehnat sig`imli mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha eng ilg`or mamlakatga aylangan.
Malakali ishchi va xizmatchilar, aholining umumiy o`qimishligi bo`yicha juda ilg`orlagan mamlakat hisoblanadi. Dunyo bo`yicha maoshning eng yuqori darajasi Yaponiyadadir. Bu albatta eng ijobiy muvaffaqiyatdir. Bularning barchasi iqtisodiy taraqqiyotning ifodasidan iborat.
Yaponiyaning nisbatan qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, katta ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`liga o`tib, dunyoda yyetakchi mamlakatlarga aylanishi, iqtisodiy rivoj darajasining juda yuqori bo`lishligi, buyuk iqtisodiy salohiyatga ega bo`lib, dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o`rinni egallashi “mo`jiza” nomini olgan.
Bu “mo`jiza”da albatta milliy xususiyatlarning o`rni kam bo`lmagan. Milliy urf-odatdagi o`ziga xoslik tomonlardan tartiblilik, sharqiy tarbiya kabilar, oilada, katta-kichik o`rtasidagi munosabat, umumiy birlik, ayol va erkak munosabatlari kabilarning iqtisodiy faoliyatga ta’siri bo`lgan. Bunda itoatkorlik xususiyatining ijobiy tomonlari ko`p bo`lgan. Oilaviy bir-birini qo`llash, ishonch kabilar mavjud bo`lib, kompaniya, firmalar xatto oilaviy-klanlik asosida tashkil topishi kabilardir. Birgalikda ish tutish, har bir harakatning bir-biriga bog`liqligi, o`z vaqtida ijro etishlik xususiyatlarining iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni albatta katta. Milliy o`zgalikka qo`shni Xitoy va Koreyaning ta’siri katta bo`lgan. Ma’lumki, asriy qo`shnilik diniy, urfiy umumiylik, iqtisodiy aloqalar albatta o`z izini qoldirgan. Shu bilan birga bu mamlakatlarning Yaponiya asoratida bo`lishining ham ta’siri bo`lgan.
Iqtisodiy islohotlar juda qiyin axvolda amalga oshgan. Chunki Yaponiya iqtisodiyoti to`la harbiy izda bo`lib, barcha narsalar chegaralangan, qat’iylik sharoitida bo`lgan. Markazlashgan rejalashtirish, barcha narsalar oldindan qat’iy belgilangan holatda edi. Xatto haq to`lash oldindan aniq ko`rsatilgan, baholar o`zgarmaydigan qat’iy belgilangan tarzda edi. Ishlab chiqaruvchilar ham oldindan bir-biriga majburiy bog`langan, mol beruvchi va mol oluvchilar oldindan aniqlangan hamda iqtisodiy aloqalarni qat’iy bajarish tartibi o`rnatilgan edi.
Yaponiya iqtisodiy taraqqiyotida va raqobatbardoshlilikni yuzaga keltirishda ishlab chiqarish menejmenti va o`zgi xos rahbarlik uslubining yaratilishi muhim o`rin egallaydi. 70 – yillargacha uzoq davom etgan arzon ish kuchi va yonilg`i – xomashyo past baholi importga asoslangan raqobatbardoshlik mavjud edi. Dollarga nisbatan iena pas kursda bo`lib, yapon mahsulotlari eksporti ham boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past edi. YOnilg`i – xomashyo narxining, ayniqsa neftning narxini baland bo`lib ketilishi, katta o`zgarishlarga olib keldi. Yaponiya sanoati o`zida tezda o`zgarishlar yasab, kam resurs sig`imli tarmoqlarga o`tishni ta’minlay oldi va resurs tejamli, mehnat tejamli texnologiyalarni ishlab chiqib, sanoatda qo`llay boshladi.
Yaponiya taraqqiyotida, uning iqtisodiy “mo`jiza”sida ilmiy-texnik taraqqiyotning o`rni beqiyosdir. 90 – yillarga kelib Yaponiya kapital xarajatlari AQSH darajasiga yetdi. Agar buni aholi jon boshiga hisoblaganda AQSH darajasidan ikki barobar yuqoridir. Aytish mumkinki, kapital xarajatlar bo`yicha Yaponiya dunyoda liderlik qiladi. Amortizatsiya ajratmalari ham yuqori darajada bo`lishga qaramasdan investitsiyaning asosiy qismi mashina, jixozlar va texnologiyaga sarf etilib, raqobatdoshlikka qaratiladi. Yaponiya sanoatchilarining diqqati doimo ilmiy-texnik rivojiga qaratilgan. Bunda asosiy o`rinni ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlari investitsiyasi egallaydi (ITTKI). Buning asosiy maqsadi ilmiy g`oyalarni ishlab chiqish va tadbiq etishdan iboratdir.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish