7.5. Ilmiy-texnik progress va iqtisodiy taraqqiyot
Yaponiya taraqqiyotida, uning iqtisodiy “mo`jiza”sida ilmiy-texnik taraqqiyotning o`rni beqiyosdir. 90 – yillarga kelib Yaponiya kapital xarajatlari AQSH darajasiga yetdi. Agar buni aholi jon boshiga hisoblaganda AQSH darajasidan ikki barobar yuqoridir. Aytish mumkinki, kapital xarajatlar bo`yicha Yaponiya dunyoda liderlik qiladi. Amortizatsiya ajratmalari ham yuqori darajada bo`lishga qaramasdan investitsiyaning asosiy qismi mashina, jixozlar va texnologiyaga sarf etilib, raqobatdoshlikka qaratiladi. Yaponiya sanoatchilarining diqqati doimo ilmiy-texnik rivojiga qaratilgan. Bunda asosiy o`rinni ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlari investitsiyasi egallaydi (ITTKI). Buning asosiy maqsadi ilmiy g`oyalarni ishlab chiqish va tadbiq etishdan iboratdir.
Keyingi 20 yil ichida ilm, texnika va texnologiya rivoji uchun qilingan jami xarajatlar 8 marta ortgan. Bu Yaponiyaning bu sohada dunyoda birinchi o`rinda turishini bildiradi. Lekin bunda asosiy yuk xususiy kompaniyalar yelkasida bo`lib, davlat mamlakatda ilmiy-tadqiqot ishlarini mujassamlashtirish va ITTKIni rivojlantirish, davlat dasturini amalga oshirish, xususiy kompaniyalarni rag`batlantirish ishlarini bajaradi. Shuni qayd qilish kerakki, bu sohada davlat bilan xususiy sektor o`rtasida aniq mehnat taqsimoti mavjud.
ITTKI xarajatlarining 80 foizi xususiy sektorga to`g`ri keladi. Umumiy bunday xarajatlarning 2/3 qismini elektronika, kimyo sanoati va kemasozlik tashkil etadi. 70-90 – yillar ichida Yaponiyada kompyuter va ofis jixozlari ishlab chiqarish xarajatlari 40 barobarga ko`paytirilgan. Ko`pchilik kompaniyalarda ITTKI xarajatlari uncha ko`p bo`lmasa ham samaradorlik yuqoridir.
Yaponiyaning taraqqiyot muvaffaqiyatini ko`pincha g`arb texnologiyalari importi hisobiga bo`lgan, degan tushunchalar mavjud, o`zlari esa hech yangilik yaratmaydi, deyishadi. Amalda esa unday emas, chunki Yaponiya kompaniyalari ko`p sohada yangi texnologiya bo`yicha yyetakchilik qiladilar va import texnologiyani esa takomillashtiradilar. O`z kashfiyotlarini ro`yxatdan o`tkazib, patentlashtirish holati ko`p uchraydi. Masalan, “Hitachi” kompaniyasi ITTKIga to`xtovsiz o`z xarajatlarini kengayt irib boradi, 1997 – yilning o`zida texnologiya litsenziyalarini sotishdan olgan foydasi 50 mlrd. ienni tashkil etgan, qaysiki kompaniya umumiy foydasining 48 foiziga to`g`ri keladi. 1981 – yili “Hitachi” kompaniyasi diqqat markazini patentlar sifatiga qaratish yo`nalishini qo`llab, patentlarni “oltin”, “kumush” va “bronzalarga” bo`lgan. Shu bilan birga o`zida intellektual mulki bo`lishini tashkil etib, bu bo`lim strategik muhim kashfiyotlarni ajratib “oltin” statusi berish va ularni aniq texnologiyaga aylantirish, litsenziyalarni sotish ishlarini bajara boshlagan.
Hozirgi vaqtda “Hitachi” kompangiyasi 50 mingdan ortiq Yaponiya va chetda ro`yxatga olingan patentlarga ega. Har yili kamida 10 ming yangi patentlar uchun buyurtma beradi. Kashfiyot mahsulotlarini tenglashtirish uchun (o`zimi, chetdami, ayniqsa AQSHda) qattiq raqobat kurashi boradi.
O`rta, kichik korxonalar ham yirik kompaniyalar kabi ITTKI xarajatlariga imkoniyatlari bo`lmasa ham tadqiqot ishlarini olib boradilar, injener-texnik xodimlar bilan yangi texnologiya yaratish sohasida doimiy uchrashuv, muloqotlar tashkil etib turadilar.
Amaliy fanlarda muvaffaqiyat juda kuchli bo`lishiga qaramay keyingi yillarda fundamental tadqiqotlarda zaiflik sezila boshladi. Agar bu sohada asosan chet mamlakat muvaffaqiyatiga ishonilgan bo`lsa, endi qattiq patent tizimi qo`llanilishi bilan bu muammoga aylanmoqda.
Yaponiya hukumati bunga e’tibor berib, sabablarini o`rgangan xolda umuman ilmiy-tadqiqot tizimi, ta’lim tuzumlari kabilarni takomillashtirish chora-tadbirlarini qo`llashga qaratilgan dasturlar tuzishga qaratilgan katta xajmdagi islohotlar amalga oshirilishini kutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |