6.4. Jyuppe va Jospen islohotlari
Xalqaro raqobat va yeIning tashkil etilishining iqtisodiy taraqqiyot oldiga yangi talablar qo`yishi Fransiya iqtisodiyoti oldiga ham muhim vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ydi. Bu vazifalar iqtisodiyotda o`zgarishlarni amalga oshirishni, uni zamonaviy sharoitlarni e’tiborga olgan xolda taraqqiyotning tezlashuvini taqozo etadi.
Bunday o`zgarishlar Jyuppe
va Jospen islohotlari deb ataladi. Jyuppe va Jospen Fransiya hukumatining boshliqlari bo`lib, hukumatning bu sohadagi dasturlarini tuzishda va bu dasturlarni amalga oshirishda boshchilik qilishgan va shaxsan faol ishtirok etishgan.
Jyuppe islohotlarining asosiy yo`nalishi ijtimoiy kafolatlikni pasaytirishga qaratilgan va bu bilan bog`langan davlat xarajatlarini kamaytirish, byudjet xajmini qisqartirishga qaratilgan. Albatta bu yuzaki qaraganda xalq manfaatiga qarshi mazmunga ega ijtimoiy himoyani susaytiradigan yo`nalishga o`xshaydi. Lekin ijtimoiy himoya darajasini saqlab bozorning ijtimoiylik yo`nalishi ta’minlangan xolda bu islohotlarda ko`zda tutilgan vazifani bajarish talab etilar edi.
Buning uchun islohotda soliq tizimini o`zgartirish, keng xajmli xususiylashtirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish kabilarni amalga oshirish ko`zlangan. Shu bilan birga bevosita ishsizlikni kamaytirish choralarini qo`llash rejalashtirilgan. Yuqorida ko`rsatganimizdek, davlatning ijtimoiy sohadagi yuki katta bo`lib, bundagi asosiy ishlarning davlat bajarar va ijtimoiy himoyaning deyarli barchasini o`zi ustiga olib davlat sektori ham juda katta xajmli edi. Bu bir vaqtda zaruriyat bo`lsa, endi ijtimoiylik yuqori darajadaligi ta’minlanishi bilan bu yukning bir qismini zararsiz ravishda xususiy sektorga va fuqarolarning o`ziga tashlash yo`llarini izlash talab etilib, iqtisodiyotning taraqqiyoti uchun yangi ma’qul usullarini qo`llash zaruriyati tug`ilgan edi.
Shuning uchun xususiy sektorni imkoni boricha kuchaytirish, buning uchun keng miqyosda xususiylashtirish, soliqlarni o`zgartirish va ularni iloji boricha kamaytirish tadbirlari amalga oshirila boshlanadi. Xatto eng yirik sanoat guruhlari va kompaniyalari, banklar xususiylashtirila boshlaydi. Ishsizlikni oldini olish bilan bog`liq katta davlat xarajatlari amalga oshiriladi. Kredit imtiyozlari bekor etiladi va banklarning korxonalar kafolati to`xtatiladi. Davlatning xususiy korxona, kompaniyalarga nisbatan qo`llanilayotgan chegaralashlar to`xtatiladi. Ba’zi ijtimoiy vazifalarni davlat gardanidan olish va bu bilan bog`langan davlat xarajatlarini qisqartirish byudjetda ham, uning shakllanish xarajatlari shakliy tuzumida ham o`zgarishlar amalga oshirildi. Bu soliq tizimini o`zgartirish va nisbatan ba’zi xillarini qisqartirishga olib keldi. Davlatning iqtisodiyotni tartiblashtirishdagi vazifalari kamaytirila boshlandi.
Jospen islohoti ham asosan shu yo`nalishda bo`lib, undagi asossiy vazifalar tadbirkorlikni kuchaytirish va iqtisodiyotdagi davlat aralashuvini pasaytirishdan iborat edi. Bundagi muhim tomonlar aksionerlar manfaatini kuchaytirish, mehnat bozorini islox qilish, egiluvchan mehnat haqi shakllarini qo`llash, kasaba uyushmalarining rolini pasaytirish, valyutani kuchaytirish kabilardan iborat edi.
Jahon tajribasi, ayniqsa bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, davlat usulida tashkil etilgan xo`jalik yuritishga nisbatan xususiy usulda tashkil etilgan xo`jalik yuritish ustunlik qiladi. Bundagi eng muhim holat erkinlik darajasi va shaxsiy manfaat darajasidir. Bular albatta xususiy xo`jalikda yuqoridir. Tashabbuskorlik imkonini olsak, buning ham xususiylikdagi ustunligini ko`ramiz. Xususiylik sharoitida bozor mexanizmlari samaraliroq harakatda bo`ladi. Xo`jalik yuritishda davlatning ustunlik tomonlari ham mavjud. Lekin hamma vaqt emas. Bunda mavjud sharoit, strategik maqsad xal qiluvchi ahamiyat kasb etishi kerak. Shuning uchun ham zaruriyat tufayli davlat usulini qo`llash talab etiladi. Lekin imkoni boricha iqtisod bozor usulida bo`lishi va uni xususiy mulk asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Xatto an’anaviy davlat egaligidagi xo`jaliklarni ham xususiylashtirish ko`proq foydaliroqdir va xo`jalik yuritish umuman xususiy bozor usulida tashkil etilishi kutilgan samara beradi.
Valyuta islohotida oldin frank va yevro ittifoqiga erishish to`g`risida bir necha tadbirlar amalga oshiriladi. So`ngra yevro puliga o`tiladi va natijada frank ham Yevropa Ittifoqi uchun umumiy bo`lgan yevro bilan almashtirilib, pul muomalasida katta erkinlikka erishiladi. Aksionerlar manfaatini ko`tarishga qaratilgan tadbirlar “dekmokratik kapitalizm” deb atalmish tamoyilga asoslanib, aksiya egalarini ko`paytirish, shu tufayli firma faoliyatida ishtirok etish va eng muhimi mulkdorlik darajasini ko`tarishga erishish ko`zlanadi. Xatto shu usul bilan farovonlikni ko`tarish maqsad qilib qo`yiladi. Bunda asos qilib xususiy aksioner jamiyatlari olinadi va ularning rivojlanishi qo`llab-quvvatlanadi.
Bu islohotlardan maqsad erkin iqtisodiyot tamoyillaridan voz kechgan xolda erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillarini tan olish va ularga keng yo`l ochib samarali foydalanish tufayli yuqori darajali iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishish ko`zlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |