У ѐки бу айрибошлаш воситаси одатга кўра умуман тан олинган бўлиб қолади. Айирбошлашнинг
ҳолларда қонуний айрибошлаш воситалари умуман тан олинмаслиги мумкин. Масалан, муомалага
78
R
m
– tovar muomalasi uchun zarur pul miqdori,
R– sotilgan tovarlar narxlari summasi,
A
s
– ma‘lum vaqt oralig‘ida pul birligining aylanishlar soni.
Agar pul miqdori ortgan taqdirda ham iqtisodiyotda tovar massasi doimiy
bo‘lib qolsa, bu narxlar o‘sishini keltirib chiqaradi. Muomalaga yetarlicha pul
chiqarilmaganda tovarlar omborlarda to‘planib va to‘lovlar o‘z vaqtida amalga
oshmasdan, iqtisodiy o‘sish sekinlashuviga olib keladi.
3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘zini bozor tasodiflaridan ehtiyot qilish va o‘z
tovarini sota olish yoki olmasligidan qat‘iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish
imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zini ma‘lum pul rezervi bilan ta‘minlashi kerak.
Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni
muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda
ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh turgan pul foyda keltirmasligi
sababli pul egalari uni harakatga keltirishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini
topishga intildilar.
Boylik to‘plash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki pul materiallari,
oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi.
4. Tovarlar nasiyaga, to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi
vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina
to‘laydi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan
cheklanmaydi. Pul qarzga berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov
vositasi vazifasini bajaradi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan qog‘oz
pullar, veksel va banknotlar kelib chiqqan.
Kredit pullar qog‘oz pullar bilan qo‘shilib, tovar muomalasiga xizmat qila
boshlaydi. Kreditning rivojlanishi bilan pulning to‘lov vositasi sifatida qo‘llanish
sohasi ancha kengaydi, kredit pullarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bir kishi
tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit – qarz majburiyatini, vekselni keltirib
chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar
kafolat beradi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o‘rniga bank tomonidan
79
beriladigan vekseldir. Shunday qilib, banknot pulning to‘lov vositasi sifatidagi
vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit
qurollaridan yana bir turi cheklar ishtirok etadi. Chek omonat egasi tomonidan o‘z
hisobidagi puldan chekda ko‘rsatilgan shaxsga berish to‘g‘risida bankka yozilgan
buyruqlardir.
Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd pul ishlatmasdan qarz
majburiyatlarini o‘zaro bir-biriga o‘tkazish yo‘li bilan qarzlarni uzishga imkon
beradi.
5. Jahon puli vazifasini oltin bojargan pulning oltin asosi tugatilgach pul
bu vazifani bajarishdan ham to‘xtagan. Lekin ayrim valyutalar ( dollor, Evro)
hozirgi davrda ham o‘zining nufuzidan kelib chiqib xalqaro savdoda jahon
puli darajasidagi vazifani bajarishi mumkin. Lekin bu ularga jahon puli
vazifasi yuklatilganligini bildirmaydi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitoblar oltin bilan ta‘minlanmagan
milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi.
Muomalaga elektron kredit pullarning (veksel, chek, qimmatbaho qog‘ozlar)
kirib kelish, ya‘ni naqd va naqd bo‘lmagan pul va kvota pullarni ishlatilishi
natijasida pul massasi iborasi qo‘llanila boshlandi.
Pul massasini naqd pulga aylantirish imkoniyati turlicha bo‘lib, faqat naqd
pulni hohlagan maqsadda ishlatish mumkin.
Tez almashish (likvidlik) tushunchasi, hozirgi zamon qog‘oz pullarini (so‘m,
tanga, dollar, lira va h. k.) bevosita sotib olish va har xil to‘lovlarni amalga oshirish
kuchiga ega ekanligini bildiradi. Tez almashadigan vositalar, osonlik bilan
qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqaradi. Masalan, agar sizda ortiqcha engil
avtomashina bo‘lsa, bu umuman xohlagan vaqtda uni sizga kerak bo‘lib qolgan har
qanday buyumga almashtirish mumkinligini bildirmaydi. Agar siz ma‘lum
miqdordagi pul summasiga (dollar, marka va h. k.) ega bo‘lsangiz, siz har doim
ularni har qanday kerakli buyumga ayriboshlay olasiz. Pul mutloq tez almashish
layoqatiga ega bo‘lishi sababli qiymatni saqlashning ideal vositasi hisoblanadi.
80
Shunday qilib, tovar ayriboshlash va pulning kelib chiqishi hamda tovar – pul
muomalasining rivojlanishi bozorning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va uning
rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: