Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.

 

Qiymatning turli xil nazariyalari

 

Iqtisodiy  fanda  tovar  qiymatining  negizini  nima  tashkil  qiladi  degan  savolga 



javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar 

bo‘lib kelgan.  



Qiymatning mehnat nazariyasi

 tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash 

ularning  qiymati  asosida  amalga  oshiriladi.  Qiymatning  miqdori  esa,  ijtimoiy 

zaruriy mehnat sarflari bilan, ya‘ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. 

Ijtimoiy zaruriy ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me‘yori rolini o‘ynaydi. 

Bu  me‘yor  bozorda  aniqlanadi  va  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  unga  amal  qilishlari 

zarur.  Keragidan  ortiqcha  mehnat  sarflari  jamiyat  tomonidan  e‘tirof  etilmaydi. 

Bozorda  muayyan  turdagi  tovarlarning  asosiy  massasini  ishlab  chiqarish  uchun 

zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. 

Tovar  qiymatida  oddiy  mehnat  ifodalanadi.  Oddiy  mehnat  deganda  maxsus 

tayyorgarlik  talab  qilmaydigan  mehnat  tushuniladi.  U  shunday  boshlang‘ich 

negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, 

murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida 

namoyon  bo‘ladi.  Murakkab  mehnatni  oddiy  mehnatga  tenglashtirish  bozorda 

individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi.  

Qiymatning  mehnat  nazariyasi  tarafdorlari  –  tovar  xo‘jaligi  sharoitida  ishlab 

chiqaruvchilar  o‘rtasidagi  aloqalarni  tartibga  soluvchi,  ob‘ektiv  qiymat  qonunini 

mavjud  bo‘lishini  tan  oladi.  Ular  fikriga  ko‘ra,  bu  qonunga  binoan  tovar  ishlab 

chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.  

Qiymat  qonuni  tovar  ishlab  chiqaruvchilarni  ularning  individual  mehnat 

sarflari  bilan  ijtimoiy  zarur  mehnat  sarflari  o‘rtasidagi  farqqa  bog‘liq  holda 

tabaqalashtiradi,  sarflarni  kamaytirgan  ishlab  chiqaruvchilarni  rag‘batlantiradi  va 

iqtisodiy  resurslar  hamda  ishchi  kuchining  tarmoqlar  va  sohalar  bo‘yicha 

taqsimlanishini tartibga solib turadi.  




72 

Qiymat qonuni  muhim  iqtisodiy  va ijtimoiy  vazifalarni bajaradi. Bular: tovar 

ishlab 

chiqaruvchilarni 

tartibga 

solish; 


mehnat 

unumdorligi 

o‘sishini 

rag‘batlantirish;  ishlab  chiqaruvchilarni  ijtimoiy  –  iqtisodiy  jihatdan 

tabaqalashtirish. 

Qiymat qonunining tartibga solib  turuvchi  vazifasi  raqobat kurashi  natijasida 

bozor  narxlarining  stixiyali  ravishda  tebranib,  ularning  ijtimoiy  qiymatdan  farq 

qilib  turishidan  iborat.  Tovar  narxining  ijtimoiy  qiymatidan  chetga  chiqish  shart-

sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:  

 

Talab = taklif, 



bo‘lsa  

narx = qiymat 

Talab > taklif,  

bo‘lsa  


narx > qiymat  

Talab < taklif,  

bo‘lsa  

narx < qiymat  

 

Shunday qilib, qiymatning   mehnat  nazariyasi  tarafdorlari   fikricha tovarlar 



narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan 

sodir bo‘lmay, balki ob‘ektiv qiymat qonunining kuchi ta‘siri ostida ro‘y beradi.  

Neoklassik  nazariyada  tovar  nafliligiga  ustuvorlik  beriladi.  Ular  fikricha 

xaridor  tovar  qiymatini  uning  nafliligidan  izlaydi.  Italyan  iqtisodchisi  F.  Galiani 

(1728  –  1787)  nazariy  tasavvuricha  eng  yuqori  naflilikka  ega  bo‘lgan  tovarlar 

masalan,  oziq  –  ovqat  mahsulotlari  shunday  yuqori  qiymatga  ham  ega  bo‘lishi 

zarur.  Biroq  klassik  iqtisodiy  nazariyada  A.  Smit  bunday  o‘zaro  bog‘liqlik 

haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi ―Smit paradoksi‖ nomini 

olgan:  agar  buyumning  qiymati  uning  nafliligiga  bog‘liq  bo‘lsa,  nima  uchun 

normal  sharoitda  eng  yuqori  nafli  samaraga  ega  bo‘lgan  ne‘matlar  (non,  suv,  sut) 

inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda 

past  baholanadi.  XIX  asr  oxirlarida  bir  qator  iqtisodchilar  (U.  Djevons,  A. 

Marshall,  K.  Menger,  F.  Vizer,  E.fon  Bem.  Bavrek,  L.  Valras)  mazkur 

muammoning  nazariy  echimini  keyingi  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  tushunchasini 

kiritish  orqali  topishga  harakat  qiladi.  Bu  tushunchaga  ko‘ra,  moddiy  boyliklar 

qiymati  aniq  olingan  inson  uchun  ularning  foydalilik  darajasi  bilan  aniqlanadi. 




73 

Bunda gap foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki ne‘matning 

qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi. 

Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan 

sarflarni  ijtimoiy  zaruriy  mehnat  sarflari  sifatida  baholashi  natijasida  emas,  balki 

mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi.  

 Keyingi  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasi  tarafdorlari  fikrlariga  ko‘ra, 

―faqat tovarning nafliligi,‖ ―mehnat sarflariga‖ ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan 

xarakter berishi mumkin.  

Keyingi  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasi  tarafdorlari,  naflilikning  ikki 

turini  ajratib  ko‘rsatish  zarur  deb  hisoblaydi.  a)  tug‘ma  naflilik,  ya‘ni  ne‘mat-

larning  kishilar  biron-bir  ehtiyojlarni  qondirish  layoqati;          b)  aniq  naflilik,  bu 

ne‘mat  mazkur  nusxasi  foydaliligining  sub‘ektiv  bahosini  bildiradi.  Bu  sub‘ektiv 

baho  ikki  omilga  bog‘liq;  mazkur  ne‘matning  mavjud  zaxirasi  va  unga  bo‘lgan 

ehtiyojning to‘yinganlik darajasi. 

Keyingi  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasi  tarafdorlari  sub‘ektiv 

foydalilik  miqdorini  hisoblashda  G.Gossen  qonunidan  foydalanadi  (nemis 

iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan 

«to‘yinganlik  darajasi»  o‘sadi,  aniq  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  esa  tushadi 

(«zaruriy  ehtiyoj»  darajasi).  Bu  mazkur  ehtiyojni  qondiruvchi  har  bir  navbatdagi 

qo‘shimcha  ne‘mat  oldingisiga  qaraganda  kamroq  naflilikka  ega  bo‘lishini 

bildiradi,  ne‘matlar  zahirasi  cheklangan  bo‘lganda  esa  uning  «zaruriy  ehtiyojini» 

qondiruvchi  keyingi  nusxasi  mavjud  bo‘ladi.  Bundan  shunday  xulosa  kelib 

chiqadiki, mazkur turdagi ne‘mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi 

nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi. 

Tovarlar  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,  uning  har  birligi  qadr  –  qiymati  shunchalik 

kam bo‘ladi. Ne‘matning umumiy iqtisodiy qadr qiymati uning qo‘shilgan miqdori 

nafliligi  va  umumiy  miqdorning  ko‘paytmasiga  teng  keladi.  Qandaydir  ne‘mat 

birligining, qadr qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi. 

Keyingi  (qo‘shilgan  miqdor)  naflilik  –  bu  talab  narxi,  ishlab  chiqarish 

xarajatlari  esa  taklif  narxidir.  Agar,  qaysidir  tovar  bozorida  uning  taklifi  talabdan 



74 

ortiq  bo‘lsa,  bunda  narx  qonuniy  ravishda  tushadi.  Aksincha  talabning  taklifdan 

ortishi  tovar  narxini  yuqoriga  ko‘taradi,  taqchillik  ne‘matlar  kamyobligini 

kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi. 

Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur 

ingliz  iqtisodchisi  A.Marshall  hisoblanadi.  U  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi 

nazariyasining  bir  tomonlama  yondashuvga  asoslanganligini  qiymatni  faqat 

naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi 

nazariyasini,  talab  va  taklif  hamda  ishlab  chiqarish  harajatlari  nazariyasi  bilan 

bog‘lashga harakat qildi. 

A.Marshallning  tovar  qiymati  nima  bilan  aniqlanishini  bilishda  qo‘shilgan 

miqdor  nafliligi  va  ishlab  chiqarish  harajatlarini  sintez  qilish  (umumlashtirish) 

zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir 

negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall 

ishlari  bilan  bog‘liq.  Bunday  yagona  manba,  masalan,  klassiklar  nazariyasida 

mehnat,  marjinalistlarda  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  hisoblanadi.  A.Marshall 

nazariyasida  esa  qiymat  va  narx  ham  talab  (qo‘shilgan  miqdor  nafliligi)  va  ham 

taklif  (tovar  ishlab  chiqarish  harajatlari)  tomonida  yotuvchi  bozor  kuchlari  o‘zaro 

ta‘siri orqali aniqlanadi. 

A.Marshall  fikricha,  tovar  qiymati  teng  darajada  keyingi  qo‘shilgan  miqdor 

nafliligi  va  ishlab  chiqarish  harajatlari  bilan  aniqlanadi.  Shunday  qilib, 

A.Marshaldan  boshlab  iqtisodiyot  nazariyasida  qiymatning  tub  asosini  qidirib 

topishdan  chekinish  ro‘y  beradi  va  funktsional  tahlilga,  ya‘ni  bir  vaqtda  narx  va 

talab – takliflarning o‘zaro ta‘sirini aniqlashga o‘tildi. 




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish