rentasi, pul soliqlari vujudga keladi, natural majburiyatlar pul majburiyatlariga
Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1.
Qiymat o‘lchovi; 2. Muomala vositasi; 3. Boylik to‘plash vositasi; 4. To‘lov
pulga ega bo‘lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi
Tovar almashuv qiymati va nafliligining pul bilan ifodalanishi uning narxidir.
metallar bilan bog‘liq bo‘lgan, valyuta tizimlarining nomlari (funt sterling) ham
shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir
metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko‘proq farq qila boshlagan. Buning bir
qancha sabablari bor, bo‘lib ularning biri shu bilan bog‘liqki, tarixan uncha nodir
metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvaligicha qolgan.
Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi
bo‘lgan. Lekin oltin qiymat o‘lchovi sifatida kumushni siqib chiqargach, avvalgi
77
nom o‘z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo‘lgan oltin miqdoriga nisbatan
ishlatila boshlagan.
2. Pul – bu ayriboshlashning umumiy tan olingan vositasi. Bu erda «umumiy
tan olingan»
14
so‘ziga e‘tiborni qaratish juda muhim. Tovar muomalasi jarayonida
naqd pul, yoki uning tashuvchilari (masalan plastik kartalar) bo‘lishi kerak. Chunki
tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim.
Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi
sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi
bo‘lib maydonga chiqadi.
Dastlab tovarlarni ayribosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar
shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayriboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan:
pul metalni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur
bo‘lgan. Asta-sekin pul metall quymalari o‘rniga monetalar ishlatila boshlagan.
Monetalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma‘lum miqdordagi metaldan iborat bo‘lib
ular davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi.
Oltin pul muomalasi amaliyoti ko‘rsatadiki, uzluksiz muomalada bo‘lish
natijasida oltin tangalar yeyilib ketadi, o‘z massasining bir qismini yo‘qotadi va
to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga aylanadi. Shu sababli muomalaga oltin o‘rnini
bosuvchi pul sifatida to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
Muomala sohasida har doim pul muomalasi qonuni bilan tartibga solinadigan
ma‘lum miqdordagi pul birligi massasi mavjud bo‘lishi zarur. Umumiy holda pul
muomalasi qonuni quyidagicha shakllantirilishi mumkin: tovar aylanishiga xizmat
qiladigan pul miqdori tovar massalari narxi summasiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri,
pulning aylanish tezligiga teskari mutanosiblikda joylashadi:
,
Do'stlaringiz bilan baham: