Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

-

 

Mehnat taqsimoti  rivojlanmaganligi; 



-

 

Ishlab  chiqarish  biqiq  xarakterga  ega  bo‘lib,  ishlab  chiqaruvchilarning  o‘z 

ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysundirilganligi; 

-

 

Ishlab  chiqarish  bilan  iste‘mol  o‘zaro  mos  kelib,  bevosita  xo‘jalik  ichida 

bir-biri bilan bog‘langanligi; 

-

 

Mehnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo‘lganligi; 



-

 

Ishchi kuchining harakatchanligi cheklanganligi. 

Bunday xo‘jaliklar ibtidoiy jamoa tizimida hukm surgan.  

Hozirgi  kunda  ham  er  yuzining  ayrim    hududlarida  (Urugvay,  Gvineya) 

hamda  shaxsiy  yordamchi  va  tomorqa  xo‘jaliklarda  natural  xo‘jalik  belgilari 

saqlanib qolgan. 

Natural  xo‘jalikning  rivojlanishi  natijasida  tovar  ishlab  chiqarish  paydo 

bo‘lgan.  Tovar  xo‘jaligi  ibtidoiy  jamoa  tizimi  ixtisoslashuvi  davrida,  bundan 

taxminan 7-8 ming yil oldin qaror topa boshlagan.  



68 

Tovar  ishlab  chiqarishning  natural  ishlab  chiqarishdan  farqi  shundaki,  bunda 

tovar  yoki  xizmat  o‘zining  iste‘moli  uchun  emas,  balki  bozorga  sotish  uchun 

yaratiladi.  

Tovar  ayriboshlashning  rivojlanish  jarayoni  mehnat  taqsimotining  chuqur-

lashuvi,  ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuvi,  xususiy  mulkning  vujudga  kelishi  va 

rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayriboshlashga,  o‘tish yo‘li bi-

lan  borgan.  Ayrim  turdagi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuv,  ularni  

ayriboshlashni  zarur  qilib  qo‘yadi.  Ixtisoslashuv  esa  mehnat  unumdorligining 

oshishiga olib keladi, demak tovar ayriboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali 

bo‘lib boradi.  

Tovar  xo‘jaligining    belgisi  bu,  birinchidan,  ijtimoiy  mehnat  taqsimotidir. 

Bunda  ishlab  chiqaruvchilar  u  yoki  bu  aniq  mahsulotni  ishlab  chiqarishga 

ixtisoslashadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tarixida uchta bosqich ajratiladi: 

1bosqich  -  dehqonchilikdan  chorvachilik  ajralgan,  ular  o‘rtasida  doimiy 

mahsulot ayriboshlash uchun shart – sharoit vujudga kelgan. 

2  bosqich  -  dehqonchilikdan  hunarmandchilik  ajralib  tovar  ishlab  chiqarish 

vujudga kela boshlagan. 

3  bosqich  -  ishlab  chiqarishdan  savdo-sotiq  alohidalashgan,  sudxo‘rlar 

qatlami shakllana boshlagan.  

Tovar  ishlab  chiqarishning  ikkinchi    belgisi    –  ishlab  chiqaruvchilarning 

mulkdor sifatida iqtisodiy alohidalashgan bo‘lishi lozim.  

Ishlab  chiqaruvchilar  xususiy  mulk  munosabatlari  tufayli  iqtisodiy  jihatdan 

bir-biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o‘z mehnat natijalarini 

o‘zlari tasarruf qiladilar. 

       Mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga asoslanadi.  

Ixtisoslashuv,  o‘z  navbatida,  qiyosiy  ustunlik  printsipi  bo‘yicha,  ya‘ni 

mahsulotni  nisbatan  kam  muqobil  qiymatda  ishlab  chiqarish  layoqati  bilan 

aniqlanadi.  Tovar  xo‘jaligida  ishlab  chiqarish  jarayonida  o‘zaro  aloqalarning 

kuchayishi  natijasida  ishlab  chiqarish  kooperatsiyasi  ro‘y  beradi.  Kooperatsiya  – 




69 

bu  kishilarning  o‘zaro  bog‘liq  bir  yoki  bir  nechta  mehnat  jarayonida  birla-

shishining tashkiliy shaklidir. 

Tovar    xo‘jaligining  rivojlanishi  sharoitida  uning  yiriklashish  tamoyillari 

kuzatiladi.  Bu  ishlab  chiqarishning  kontsentratsiyasi  bo‘lib,  u  korxonalarda 

iqtisodiy  resurslarning  to‘planishi  ya‘ni  resurs  ko‘lamining  mustahkamlanishini 

anglatadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi ko‘pincha uning 

integratsiyasiga  olib  keladi.  Bu  bir  korxona  doirasida  mahsulotni  tayyorlash 

bo‘yicha operatsiyalar barcha tsiklning to‘planishidir. 

Nihoyat,  tovar  xo‘jaligining  muhim  belgisi  erkin  ayriboshlash  hisoblanadi. 

Chunki  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti,  ixtisoslashuv  va  iqtisodiy  alohidalik  erkin 

ayriboshlash  va  xo‘jalik  sub‘ektlari  faoliyatining  eng  samarali  yo‘nalishini 

ko‘rsatib beradigan erkin narxlarning shakllanishiga yordam beradi.  

Shunday  qilib  tovar  xo‘jaligining  belgilari  sifatida  qo‘yidagilar  chiqadi: 

ijtimoiy  mehnat  taqsimotining  mavjud  bo‘lishi;  ishlab  chiqaruvchilarning  mulk 

egasi  sifatida  bir-biridan  alohidalashuvi;  mahsulotlarning  bozor  uchun  erkin 

ayriboshlash maqsadida ishlab chiqarilishi. 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish