Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet516/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

 

 

                                                             

90

 Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари. 




475 

MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarning respublika tashqi 

savdosidagi ulushi 

(2016 y. foizda)

 

29.1-jadval 

 

 

Respublika  tashqi  savdosi  tarkibida  chuqur  ijobiy  o‘zgarishlar.  Keyingi 

yillarda  eksport  tarkibida  raqobatbardosh  tayyor  mahsulot  salmog‘ining  barqaror 

o‘sish  tamoili  va  xomashyo  etkazib  beruvchi  tarmoqlar  mahsulotlari  ulushining 

kamayib borayotganida  yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2016 yilda umumiy eksport 

hajmida  xomashyo  bo‘lmagan  tovarlarning  ulushi  70%dan  ziyodni  tashkil  etdi. 

Ayni  vaqtda  O‘zbekiston  uchun  an‘anaviy  eksport  xomashyosi  bo‘lgan  paxta 

tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20% dan, 2016 yilda 5,2% ga tushdi

91



Tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  Markaziy  Osiyo  davlatlari    va  MDH 



mamlakatlari  bilan    ko‘p  tomonlama  munosabatlarni  rivojlantirish  tashqi 

siyosatning  asosiy  yo‘nalishlaridandir.  O‘zbekiston  Hamdo‘stlik  davlatlari  muas-

sasalari  -  Davlatlararo  iqtisodiy  ko‘mita,  Davlatlararo  bank  va  boshqa 

muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, 

Ukraina,  Belorus,  Moldova  va  boshqalar)  bilan  ikki  tomonlama  tashqi  siyosiy, 

savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar amal  qilmoqda. 

                                                             

91

 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 



йўллари ва чоралариi. – T.: Ўзбекистон 2009, 16-17 бетлар 


476 

Respublika  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  rivojlantirishda  iqtisodiyotga  xorijiy 

sarmoyalarni  jalb  etish  uchun  qulay  sharoit  yaratishga  hamda  zarur  bo‘lgan 

tashkilot  va  muassasalar  tuzishga  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Bular  jumlasiga 

tavakkalchilik  xatarlari  keltiriladigan  zararni  qoplaydigan  «O‘zbekinvest»  milliy 

sug‘urta  kompaniyasini,  turli  qo‘shma  sug‘urta  kompaniyalarini,  Vazirlar 

Mahkamasi  huzurida  BMT  bilan  birgalikda  tashkil  qilingan  investitsiyalarga 

ko‘maklashuvchi  xizmatni,  Davlat  mulk  ko‘mitasi  huzuridagi  ko‘chmas  mulk  va 

xorijiy  investitsiyalar  agentligi  kabilarni  kiritish  mumkin.  Bu  muassasa  va 

tashkilotlar  hamda  respublikada  vujudga  keltirilgan  tegishli  tuzilmalar  xorijiy 

investorlar  uchun  qulay  huquqiy-me‘yoriy  sharoitlarni  yaratib,  ularning  huquq-

larini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.  

O‘zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  kirib  borishi  BMTning  respublikada 

amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida 

amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo‘ladi. 

Evropa  Ittifoqiga  a‘zo  bo‘lgan  mamlakatlar  bilan  iqtisodiy  va  savdo 

sohasidagi  hamkorlik,  NATOning  «Tinchlik  yo‘lidagi  sheriklik»  dasturida 

mamlakatimiz  ishtiroki  uning  jahon  xo‘jaligi  qo‘shilishning  navbatdagi 

yo‘nalishidir. Jumladan, Evropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o‘rtasida imzolangan 

Sheriklik  va  hamkorlik  to‘g‘risidagi  bitim  (1996  yil  iyun)  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatning ustuvor yo‘nalishidir; 

       O‘zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi 

iqtisodiy  faoliyatini  amalga  oshirishdagi  navbatdagi  yo‘nalishdir.  Bu  yo‘nalishda 

XVF  bilan  tizimli  qayta  qurilishlarni  mablag‘  bilan  ta‘minlash,  tizimli  va 

makroiqtisodiy  siyosat  sohasidagi  tadbirkorlarni  qo‘llab-quvvatlash  Dasturlari 

ma‘qullangan. 

Jahon  bank  tashkilotlari  -  Xalqaro  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  (XRTB), 

Xalqaro  rivojlanish  uyushmasi  (XRU),  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi  (XMK)  va 

Investittsiyalarni  kafolatlash  xalqaro  agentligi  (IKXA)  bilan  hamkorlik 

O‘zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  strategiyasini  amalga  oshirishda  muhim  rol 

o‘ynaydi.  Xususan  XRRB  yo‘li  bilan  O‘zbekistonga  paxta  etishtirish  usullarini 



477 

zamonaviylashtirib,  uning  jahon  bozoriga  chiqishiga  ko‘maklashish  va 

unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida salmoqli mablag‘ ajratilgan. 

Xalqaro  moliya  korporatsiyasi  (XMK)  ham  O‘zbekistonda  bir  qator  loyihalarni 

amalga oshirishda ishtirok etmoqda. 

O‘zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  va  savdo  faoliyatida  Osiyo  rivojlanishi 

Banki  (ORB)  hamda  jahon  savdo  tashkiloti  (JST)  bilan  hamkorlik  istiqbolli 

yo‘nalishlardan hisoblanadi. 

Shunday  qilib,  O‘zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilishida  dunyo 

mamlakatlari,  xalqaro  va  mintaqaviy  tashkilotlar  bilan  hamkorlik  hal  qiluvchi 

o‘ringa  ega  bo‘lib,  bu  milliy  iqtisodiyotning  baynalminallashuvini  kuchaytiradi 

hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishning asosiy tashqi omillari 

hisoblanadi. 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish