471
qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida
xalqaro valyuta fondi (XVF), xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), jahon
savdosi sohasida-tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) ni ko‘rsatish
mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy tashkiliy shakllardan
boshlangan. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy
davlatlar faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro
tashkilotlar tuzilishiga olib kelgan.
Birinchi xalqaro tashkilotlar o‘tgan asrning 20-yillarda tuzilgan bo‘lsa-da,
(Millatlar ligasi 1919 y, Xalqaro hisob-kitoblar banki 1929 y.) xalqaro darajada
jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi
jahon urushidan keyin shakllana boshladi.
1945 yilda maxsus xalqaro moliyaviy muassasalar –Xalqaro valyuta fondi
(XVF) va Xalqaro tiklanish taraqqiyot banki (XTTB) tashkil topdi. Hozirgi davrda
ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanadi: jahon savdosi, xalqaro
kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-
qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan tariflar va savdo bo‘-
yicha bosh kelishuv (TSBK) Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (EIXT),
NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi qo‘mitasi (IMUK) xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keladi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot (TSBK)
doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo aylan-
masining 4
5 qismidan ko‘prog‘ini tartibga soladi. Uning faoliyati savdoda
kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda
maslahatlashish kabi tartiblarga asoslanadi.
Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish XVF, XTTB, iqtisodiy
xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRO), xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU),
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi.
472
G‘arbdagi etti etakchi mamlakatlarning har yillik kengashi bu sohada muhim rol
o‘ynaydi.
Valyuta – moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta
kurslari va a‘zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama
to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi,
a‘zo mamlakatlarga ularning valyuta moliya muammolarini hal qilish uchun kredit
beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish
bilan XTTB faol shug‘ullanadi. XTTB va u bilan birga jahon banki tarkibiga
kiruvchi Xalqaro rivojlanish Uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya
(XMK) har xil investitsion ob‘ektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan
shug‘ullanadi,
loyihalarning
moliyaviy-iqtisodiy
asoslarini
tayyorlaydi,
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlarga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jahatdan rivojlangan mamla-
katlarni birlashtiruvchi IXRO doirasida mamlakatlar to‘lov balansi holatini o‘rga-
nish amalga oshiriladi, makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar
beriladi. IXRO jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli funktsional aloqalarni
o‘rganishni amalga oshiradi, valyuta va byudjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa
sohalar bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.
Sharqiy Evropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta‘sir
ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Evropa tiklanish va
taraqqiyoti banki (ETTB) tuzilgan.
O‘tgan asrning oxirlarida dunyoda AQSh, G‘arbiy Evropa, Xitoy va
Yaponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham
jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilot a‘zolari
tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta‘siri bo‘ldi. XVF, XTTB, TSBKga Osiyo,
Afrika, Latin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq
473
sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini
tartibga solishda ma‘lum o‘zgarishlarga olib keladi.
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli
yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta‘sis etiladi.
Bu idtifoqning shartnomada belgilangan vazifalarni bajarish uchun bir qator
Evropa muassasalari tuzildi.
Evropa
Ittifoqining
ijroiya
organi-Evropa
hamjamiyatiKomissiyasi
(EHK)dir. Uning a‘zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z
faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi-Vazirlar Kengashi hisoblanadi.
Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta‘minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar
kengashi mavjud bo‘ladi.
Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat
byudjeti va qonunlarini ma‘qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi
Evroparlament zimmasiga yuklatiladi.
Evropa Ittifoqida (1999 yilda) yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila
boshlagach yagona valyuta-evro joriy etildi va yangi muassasa - Evropa Markaziy
banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga Evropa banklar tizimining asosini tashkil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: