iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog‘liq bo‘lib, u
milliy chegarada amalga oshiriladi. Masalan, chet el kompaniyasi vakillariga
480
pochta, telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati
ko‘rsatish va h.k.
O‘zbekistonning tashqi savdosida xorijiy davlatlarning salmog‘i quyidagi
ma‘lumotlar bilan tavsiflanadi.
Xorijiy va MDH davlatlarining Respublika tashqi
savdosidagi salmog’i,
% hisobida
92
30.1-jadval
Tashqi savdo
aylanmasi
Shu jumladan:
Eksport
Import
2005 2008 2012 2015 2016 2005 2008 2012 2015 2016 2005 2008 2012 2015 2016
MDH
davlat-
lari
35.8 48,9 47,2 38,9 34,6 31.8 34,7 54,3 43,1 35,9 41.1 42,7 38,8 34,8 33,4
Xorijiy
davlatlar
64.2 51,1 52,8 61,1 65,4 69.2 65,3 45,7 56,9 64,1 59.9 57,3 61,2 65,2 64,6
Respublika tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy tamoyillar bilan birga 2010-
2016 yillarda ―xomashyo import qilish 1,3 barobarga ko‘paygan‖
93
. Shu sababli
2017-2021 yillarda mamlakatimiz oldiga ―...neft-gaz mahsulotlari eksportini
ko‘paytirish, importni keskin kamaytirish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish hajmini oshirish‖
94
vazifasi qo‘yiladi. Bunda ―...eksport
faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksportning tuzilmasi va
geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarining
eksport
salohiyatini
kengaytirish
yo‘l-transport infratuzilmasini yanada
rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-
kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish‖
95
tashqi savdo siyosatida ustuvor
yo‘nalish bo‘lib qoladi.
Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli
qo‘yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, eksport qiluvchi mamlakatdan
mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini
92
www.statistic.uz
93
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.11-бет.
94
Ўша жойда. 12-бет.
95
Мирзиѐев Ш.М.. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор
йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz
481
qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur
mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyin-
gi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida barqaror daromad
olish omili hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar sotib olib, ularni
mamlakatga keltirishni bildiradi. Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi
savdo aylanmasi yoki tovar aylanmasi beradi. Qandaydir mamlakat ishlab
chiqaruvchi mamlakatdan tovarni o‘z iste‘moli uchun emas, balki uchinchi
mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro‘y beradi. Reeksport
bilan reimport uzviy bog‘liq. Reimport iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarni
sotib olishni bildiradi.
Eksport hajmi bilan import hajmi o‘rtasidagi farq
sof eksport
deb ataladi.
O‘zbekiston 2016 yil yakuniga ko‘ra 48 mln. AQSh dollari miqdorida salbiy
saldoga erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: