tsikli Angliya, Frantsiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini
qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya‘ni
tovar narxlari, kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir
348
I-tsikl: 1787-1814 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1844-1851 yillar –
pasaytiruvchi to‘lqin.
II-tsikl: 1844-1851 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1890-1896 yillar –
pasaytiruvchi to‘lqin.
III-tsikl: 1896-1920 yillar – ko‘taruvchi to‘lqin.
Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning
asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks
ettirishi hisoblanadi.
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat
revolyutsiyasi, ikkinchisini – temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini –
elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini – avtomobil
sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi
tsiklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo
qilishini ko‘rsatadi.
Kondratevdan bir necha yillar keyin frantsuz iqtisodchisi Fransua Semyan
ham katta iqtisodiy tsikllar bo‘yicha bir xil xulosaga kelgan.
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq
muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari
ko‘proq zarar ko‘radi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda ishlab chiqaruvchilar
ko‘pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni
to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon‘yunktura
sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy
mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan
ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi
sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste‘molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta‘sir
ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste‘molchilar
oila byudjetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi
349
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to‘xtatadi. Har qanday
sharoitda ham aholi qisqa muddatda foydalanadigan iste‘mol tovarlarini xarid
qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori
qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlari
ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega
egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar
ma‘lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi
sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol
hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi
navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bunga teskari
bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste‘mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi
o‘zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining
pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura
olmasligi mumkin va mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga
qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: