5.
Ishsizlik va uning turlari
Ishsizlar
– bu mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan
ta‘minlanmaganlardir.
Ishsizlik kelib chiqishining asosiy sababi –ishchi kuchi (mehnat)ning aniq
bozorida taklifning unga bo‘lgan talabdan ortib ketishi va buning natijasida
iqtisodiy faol aholi bir qismining ish bilan ta‘minlanmasligidir.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq 16 yoshdan
boshlab pensiyaga chiqish xuquqini olish yoshigacha ish joyiga va ish haqi
(mehnat daromadi)ga ega bo‘lmagan, haqiqatda ish qidirayotgan, mehnat qilishga
layoqatli, kasb-korga ega va qayta tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor, davlat bandlik
hizmati muassasalari maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, shaxslar ishsizlar deb
yuritiladi. Ishsizlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra: friktsion, tarkibiy va tsiklik
ishsizlikka bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |