1.
Xo‘jalik
tizimida
muvozanatning
buzilishko’lamiga
ko’ra
inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan turlarga ajratish
mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi
qisman, ya‘ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar o‘z ichiga moliyaviy pul-kredit va valyuta
sohasidagi inqirozlarni oladi. AQSh va Evropaning aksariyat mamlakatlarida 2008
yilda boshlangan inqiroz ham dastlab moliya sohasini, keyinchalik ishlab chiqarish
sohasini ham qamrab olib, jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |