Tayanch tushunchalar
Tovar
– biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayriboshlash uchun
yaratilgan mahsulotdir.
Natural ishlab chiqarish
– bunda mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z
ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallanadi.
Tovar ishlab chiqarish
– bunda tovarlar o‘zining iste‘moli uchun emas, balki
bozorda sotish, ayriboshlash uchun va boshqalarning iste‘molini qondirish
maqsadida ishlab chiqariladi.
Naflilik
– tovarlarning kishilarning biron-bir iste‘molini qondirish layoqati.
Almashuv qiymati
– bu biror turdagi tovarning boshqa turdagi tovarga
ayribosh qilinadigan miqdoriy nisbat.
Mehnat unumdorligi
– ma‘lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |