3.
Qiymatning turli xil nazariyalari
Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga
javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar
bo‘lib kelgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash
ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy
zaruriy mehnat sarflari bilan, ya‘ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me‘yori rolini o‘ynaydi.
Bu me‘yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari
zarur. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e‘tirof etilmaydi.
Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun
zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi.
Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus
tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich
negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin,
murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida
namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda
individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, ob‘ektiv qiymat qonunini
mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab
chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat
sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda
tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va
iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha
taqsimlanishini tartibga solib turadi.
72
Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bular: tovar
ishlab
chiqaruvchilarni
tartibga
solish;
mehnat
unumdorligi
o‘sishini
rag‘batlantirish; ishlab chiqaruvchilarni ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan
tabaqalashtirish.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi vazifasi raqobat kurashi natijasida
bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq
qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif,
bo‘lsa
narx = qiymat
Talab > taklif,
bo‘lsa
narx > qiymat
Talab < taklif,
bo‘lsa
narx < qiymat
Shunday qilib, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari fikricha tovarlar
narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan
sodir bo‘lmay, balki ob‘ektiv qiymat qonunining kuchi ta‘siri ostida ro‘y beradi.
Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular fikricha
xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan iqtisodchisi F. Galiani
(1728 – 1787) nazariy tasavvuricha eng yuqori naflilikka ega bo‘lgan tovarlar
masalan, oziq – ovqat mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi
zarur. Biroq klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday o‘zaro bog‘liqlik
haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd qilgan. Uning qarashi ―Smit paradoksi‖ nomini
olgan: agar buyumning qiymati uning nafliligiga bog‘liq bo‘lsa, nima uchun
normal sharoitda eng yuqori nafli samaraga ega bo‘lgan ne‘matlar (non, suv, sut)
inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda
past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U. Djevons, A.
Marshall, K. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. Valras) mazkur
muammoning nazariy echimini keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi tushunchasini
kiritish orqali topishga harakat qiladi. Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar
qiymati aniq olingan inson uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi.
73
Bunda gap foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki ne‘matning
qo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi.
Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan
sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi natijasida emas, balki
mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko‘ra,
―faqat tovarning nafliligi,‖ ―mehnat sarflariga‖ ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan
xarakter berishi mumkin.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki
turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a) tug‘ma naflilik, ya‘ni ne‘mat-
larning kishilar biron-bir ehtiyojlarni qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu
ne‘mat mazkur nusxasi foydaliligining sub‘ektiv bahosini bildiradi. Bu sub‘ektiv
baho ikki omilga bog‘liq; mazkur ne‘matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan
ehtiyojning to‘yinganlik darajasi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari sub‘ektiv
foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan foydalanadi (nemis
iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan
«to‘yinganlik darajasi» o‘sadi, aniq qo‘shilgan miqdor nafliligi esa tushadi
(«zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi
qo‘shimcha ne‘mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘lishini
bildiradi, ne‘matlar zahirasi cheklangan bo‘lganda esa uning «zaruriy ehtiyojini»
qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa kelib
chiqadiki, mazkur turdagi ne‘mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi
nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi.
Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning har birligi qadr – qiymati shunchalik
kam bo‘ladi. Ne‘matning umumiy iqtisodiy qadr qiymati uning qo‘shilgan miqdori
nafliligi va umumiy miqdorning ko‘paytmasiga teng keladi. Qandaydir ne‘mat
birligining, qadr qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi.
Keyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab chiqarish
xarajatlari esa taklif narxidir. Agar, qaysidir tovar bozorida uning taklifi talabdan
74
ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan
ortishi tovar narxini yuqoriga ko‘taradi, taqchillik ne‘matlar kamyobligini
kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qo‘shilgan miqdor nafliligi
nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat
naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi
nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish harajatlari nazariyasi bilan
bog‘lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish harajatlarini sintez qilish (umumlashtirish)
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir
negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall
ishlari bilan bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida
mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall
nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham
taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro
ta‘siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor
nafliligi va ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib
topishdan chekinish ro‘y beradi va funktsional tahlilga, ya‘ni bir vaqtda narx va
talab – takliflarning o‘zaro ta‘sirini aniqlashga o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |