Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet472/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.

 

Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi, asosiy yo’nalishlari va tartibga solish 

dastaklari 

Davlatning  iqtisodiy siyosati — bu  iqtisodiyotni  tartibga solish  va  iqtisodiy 

o‘sishni  rag‘batlantirish,  bandlikni  ta‘minlash  va  inflyatsiyani  oldini  olish  orqali 

aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir. 

Davlatning  iqtisodiy  siyosati  har  doim  mamlakat  iqtisodiy  rivojlanishining 

ichki  va  tashqi  sharoitlarini  hisobga  oladi.  Bular  eng  avvalo  mamlakat 

iqtisodiyotining  holati,  xalqaro  iqtisodiy  kon‘yunkturaning  milliy  iqtisodiyotga 

ta‘siri,  undan  kutilayotgan  o‘zgarishlar,  mamlakat  zimmasiga  olgan  xalqaro 

majburiyatlar,  milliy  iqtisodiyotning  resurslar  bilan  ta‘minlanish  darajasi  kabilar  

shular  jumlasidandir.  

Davlatning  iqtisodiy  siyosati  milliy  manfaatlardan  kelib  chiqqan  holda 

ma‘lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: 




426 

1.  Barqaror  iqtisodiy  o‘sishni  rag‘batlantirish.  Bu  yalpi  ichki  maxsulotning 

bir  maromda  va  etarli  sur‘atlar  bilan  o‘sishiga  sharoit  hozirlash    zarurligini 

bildiradi.  

2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini mustahkamlash. 

3. Iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlash.  

4. Milliy pul barqarorligini ta‘minlash. Bu mamlakatdagi pul muomalasining 

me‘yorida  borishiga  erishish,  uni  iqtisodiy  aloqalarning  barqaror  vositasiga 

aylantirish imkonini beradi. 

5.  Aholi  turmush  farovonligini  muttasil  oshirib  borish.  Bu  iqtisodiyotning 

ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashadi. 

6. Milliy  xo‘jalikning  xalqaro  integratsion  jarayonlarda  faol  ishtirok etishga 

erishish.  Bu  mamlakatning  jahon  iqtisodiyotida  o‘z  o‘rnini  topishi,  xalqaro 

iqtisodiy  munosabatlarning  teng  xuquqli  ishtirokchisiga  aylanishiga  erishishga 

sharoit yaratadi.  

Bular  iqtisodiy  siyosatning  strategik,  ya‘ni  uzoq  davrga  muljallangan 

maqsadi  hisoblanadi.  Davlat  strategik  maqsadlardan  kelib  chiqib  qisqa  davrdagi 

vazifalarini  belgilaydi.  Bular  jumlasiga  iqtisodiy  tanglikdan  chiqib  ketish,  narx-

larning  barqarorligini  ta‘minlash,  investitsion  faollikni  rag‘batlantirish,  eksport 

salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishni ta‘minlash,  yangi tashqi bozorlarga 

kirib borish kabilar kiradi. 

Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. 

Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: 

 bevosita ta‘sir qilish usullari;  



 bilvosita ta‘sir qilish usullari; 

 tashqi iqtisodiy usullar. 



Markazdan  boshqarish  tartibi  ustun  bo‘lgan  mamlakatlarda  davlatning 

iqtisodiy  jarayonlarga  aralashuvida  bevosita  ta‘sir  qilish  usullari  ustun  bo‘lsa, 

bozor  iqtisodiyoti  esa  birinchi  navbatda  iqtisodiy  jarayonlarni  bilvosita  tartibga 

solish bilan bog‘langan.  




427 

Davlat  iqtisodiyotni  bevosita  tartibga  solishda  ma‘muriy  vositalardan 

foydalaniladi. Ma‘muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, 

ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 

Tartibga  solishning  ma‘muriy  vositalaridan  foydalanilganda  yaxlit  takror 

ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga 

solish  ko‘zda  tutiladi.  Ayniqsa,  ishlab  chiqarish  tanazzulga  uchragan  davrda  iqti-

sodiyotga  bilvosita  ta‘sir  qilish  tadbirlari  kam  samarali  bo‘lib,  ma‘muriy 

vositalardan  foydalanishga  ustunlik  beriladi.  Bu  usullardan  quyidagilarni  alohida 

ko‘rsatish mumkin:  

a)  iqtisodiyotning  ayrim  bo‘g‘inlari  (  transport,  aloqa,  atom  va  elektr-

energetika,  kommunal  xizmat  va  boshqalar)ni  bevosita  boshqarish.  Bunda  davlat 

mulk  sohibi  va  tadbirkor  sifatida  o‘ziga  qarashli  korxona  va  tashkilotchilar 

iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma‘lum doirada amal qilib, 

ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘lmagan korxonalar 

doirasi  bilan  cheklanadi.  Davlat  tadbirkorligi  bir  tomondan,  ma‘lum  sharoitlarda 

iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, vaqt o‘tishi bilan samarasiz 

bo‘lib qolishi ham mumkin.  

Respublikada  ―Iqtisodiyotni  erkinlashtirishdagi  bosh  vazifa 

  davlatning 



funktsiyalarini  qisqartirish  uning  korxonalar  xo‘jalik  faoliyatiga  birinchi  galda 

xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash

84

‖ hisoblanadi; 



b)  narxlar  va  ish  haqini  qotirib  qo‘yish  siyosati:  Mazkur  siyosatni  yuritishda 

narxlar  va  ish  haqini  oshirish  qonun  bilan  taqiqlandi  yoki  ma‘lum  doira  bilan 

cheklanadi.  

v)  ish  bilan  bandlilik  xizmati  faoliyati  (mehnat  birjalari)  ni  tashkil  qilish:  

davlat  bu  faoliyatni  tashkil  qilish  bilan  ishsizlikni  qisqartirish  choralarini  ko‘radi. 

Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta‘minlanmaganlarga nafaqa be-

radi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi; 

g)  iqtisodiy  sohani  tartibga  solishni  ko‘zda  tutuvchi  qonunlarni  ishlab 

chiqish  va  qabul  qilish  (monopoliyaga  qarshi  qonunchilik,  tadbirkorlik 

                                                             

84

Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: ―Янги асар авлоди‖, 2001 йил.62-бет. 




428 

to‘g‘risidagi,  bank  sohalari,  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  faoliyatini  tartibga 

solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar.) 

Iqtisodiyotni  bilvosita  tartibga  solishda  iqtisodiy  dastak  va  vositalarga 

ustunlik beriladi. 

IDTTSda  asosiy  kapitalga  hisoblanadigan  jadallashgan  amortizatsiya 

ajratmalari  alohida  rol  o‘ynaydi.  U    jamg‘arish  va  iqtisodiyotdagi  tarkibiy 

o‘zgarishlarni  rag‘batlantirishning  asosiy  vositasi  hamda  iqtisodiy  tsikl  va 

bandlikka ta‘sir ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.  

Iqtisodiyotni  tartibga  solishda  davlat  kapital  qo‘yilmalari  ham  roli  muhim. 

Jumladan,  bozor  kon‘yukturasi  yomonlashgan,  turg‘unlik  yoki  inqiroz  sharoitida 

xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu 

orqali davlat  ishlab chiqarishda tanazzul  va ishsizlikning o‘sishiga  qarshi turishga 

harakat qiladi.  

Bulardan  tashqari  davlat  kapital  qo‘yilmalari  ilmiy-tadqiqot  ishlarida, 

kadrlar  tayyorlashda,  tashqi  savdo  va  chetga  kapital  chiqarishda  ham  katta  rol 

o‘ynaydi.  

IDTTSning  ancha    qamrovli  shakli  davlat  iqtisodiy  dasturlari  hisoblanadi. 

Uning  vazifasi  tartibga  solishning  barcha  usuli  va  vositalaridan  kompleks 

foydalanishdan  iborat.  Iqtisodiy  dasturlar  o‘rta  muddatli,  favqulodli  va  maqsadli 

bo‘lishi  mumkin.  O‘rta  muddatli  umumiqtisodiy  dasturlar  odatda  besh  yilga 

tuziladi.  Favqulodli  dasturlar  tig‘iz  vaziyatlarda,  masalan,  inqiroz,  ommaviy 

ishsizlik  va  kuchli  inflyatsiya  sharoitlarida  ishlab  chiqilib,  qisqa  muddatli 

xususiyatga ega bo‘ladi.  

IDTTS  tashqi  iqtisodiy  usullar  yordamida  ham  amalga  oshiriladi.  Bunda 

maxsus  vosita  va  dastaklar  orqali  mamlakatning  tashqi  dunyo  bilan  amalga 

oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta‘sir ko‘rsatiladi. 

Tovarlar, 

hizmatlar, 

kapital 


va 

fan-texnika 

yutuqlari 

eksportini 

rag‘batlantirish  tadbirlari,  eksportni  kreditlash,  chet  ellardan  investitsiyalar  va 

eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki 

bekor  qilish,  tashqi  savdoda  boj  to‘lovlarini  o‘zgartirish,  mamlakat  iqtisodiyotiga 



429 

chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan 

ishchi  kuchini  jalb  qilish,  halqaro  iqtisodiy  tashkilotlarda  va  davlatlararo 

uyushmalarda  qatnashish  mamlakatlarning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  tartibga 

solishning asosiy vositalaridir.  

Shunday  qilib,  IDTTSning  qarab  chiqilgan  barcha  ichki  va  tashqi  iqtisodiy 

usullari  birgalikda  milliy  iqtisodiyotdagi  takror  ishlab  chiqarish  jarayoniga  va 

mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.  

Davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini tartibga solishning turli vositalari yorda-

mida  amalga  oshiradi.  Bular  birinchidan,  tartibga  solishning  iqtisodiy  vositalar 

bo‘lib,  ularga  soliqlar,  subsidiyalar,  hisob  stavkalari,  davlat  buyurtmalari, 

investitsiyalar va transfertlar, turli iqtisodiy sanktsiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy 

vositalar.  Bu  iqtisodiy  faoliyat  tartibi  va  qoidalarini,  uning  davlat  tomonidan 

rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti 

hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir. 

Uchinchisi,  ma‘muriy  vositalar.  Ma‘muriy  vositalar  qo‘shimcha  hisoblanib, 

u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo‘llaniladi.  


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish