Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


XXVI BOB.  IQTISODIYOTDA DAVLATNING ROLI



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet470/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

XXVI BOB.  IQTISODIYOTDA DAVLATNING ROLI 

 

1.



 

Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqida turli xil 

nazariya va qarashlar. 

2.

 

Davlatning milliy iqtisodiyotdagi vazifalari. 

3.

 

Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi, asosiy yo’nalishlari va tartibga 

solish dastaklari. 

4.

 

Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o’zaro bog’liqligi. 

 

1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqida turli xil 

nazariya va qarashlar 

Kishilik  jamiyatining  ilk  davrlaridanoq  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi 

muammosi  paydo  bo‘lgan.  Qadimgi  Bobilda  qabul  qilingan  Eshnunn  va 

Xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi. 

Buyuk  jug‘rofiy  kashfiyotlar  davrida  G‘arbiy  Evropa  mamlakatlarining 

mustamlakalarni  bosib  olish  siyosati  ham  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini 

taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka axolisini itoatda ushlab tu-

rish;  ikkinchidan,  mustamlakalarni  boshqa  davlatlardan  himoya  qilish  zarurati 

paydo bo‘lgan.  

XX  asr  boshlarida,  ko‘plab  mamlakatlar  birinchi  jahon  urushining 

ishtirokchilari  bo‘lganligi  sababli,  davlat  iqtisodiyotni  boshqarish  bo‘yicha  bir 

qator  vazifalarni  o‘z  zimmasiga  olgan.  U  resurslar  va  ishchi  kuchini  taqsimlagan, 

yirik  monopolistlarga  mamlakat  uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘plab  zaruriy  tovarlarni 

ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar bergan. 

Davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  asosan  1929-1933  yillardagi  jahon 

iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan.U iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatishning har xil 

usullarini qo‘llab, tsiklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan.  

Iqtisodiy  tafakkur  tarixidan  birinchi  marta  davlatning  iqtisodiyotdagi  roli 

masalasi  A.Smit  tomonidan  ilmiy  asosda  ko‘rib  chiqilgan.  Uning  "Xalqlar 

boyligining  tabiati  va  sabablarini  tadqiq  qilish  haqida"  (1776  yil)  nomli  kitobida 




419 

bozor  usullari  orqali  iqtisodiyotning  o‘z-o‘zini  tartibga  solish  zarurligi  ta‘kidlab 

o‘tilgan.  A.Smitning  fikricha  xususiy  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  bozori  davlat 

nazoratidan  to‘liq  ozod  bo‘lishi  zarur.  Ana  shundagina  ishlab  chiqaruvchilar 

iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega 

bo‘ladi.  Bunda  bozor  vositasida  tartibga  solish,  har  qanday  chetdan  aralashishsiz 

ishlab  chiqaruvchilarni  butun  jamiyat  manfaatlari  uchun  harakat  qilishga  rag‘bat-

lantiradi.  

A.Smitning  "Tinch  qo‘yish"  nazariyasi,  1929  -  1933  yillarda  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  deyarli  barcha  mamlakatlarni  qamrab  olgan  iqtisodiy 

inqiroz  davrida  tanqidga  uchradi.  Iqtisodiy  tanazzul  va  ommaviy  ishsizlik 

davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga  aralashuvini  kuchaytirishni  taqozo  qilishini 

ko‘rsatdi. 

Davlatning  iqtisodiyotdagi  rolini  oshirish  masalasi  Dj.  M.Keynsning  «Ish 

bilan  bandlilik,  foiz  va  pulning  umumiy  nazariyalari»  nomli  kitobida  o‘z  aksini 

topdi  (1936).  U  davlat  fiskal  va  kreditli  tartibga  solish  vositalaridan  foydalanib, 

jamiyatning  yalpi  talabini  rag‘batlantirishni  va  aholining  ish  bilan  bandligini 

ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi.  

Urushdan  keyingi  davrda  Keyns  nazariyasidagi  ko‘rsatmalar  u  yoki  bu 

darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. 

Shu  bilan  birga  davlatning  iqtisodiyotdagi  rolining  yanada  ko‘proq  oshib  borish 

holati  ro‘y  berdi.  Hozirgi  davrda  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  muhim 

maqsadi  sifatida  nafaqat  tsiklga  qarshi  tartibga  solish  va  ish  bilan  bandlilikni 

ta‘minlash,  balki  iqtisodiy  o‘sishning  yuqori  darajasini  va  yaxlit  ishlab  chiqarish 

jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi. 

XX asrning 70-yillariga kelib,  iqtisodiy qarashlarning  monetarizm  va  uning 

«reygonomika»,  «tetcherizm»  kabi  ko‘rinishlarida  davlatning  iqtisodiyotga 

aralashuvini  cheklash  g‘oyasi  ilgari  surildi.  Lekin  bozorning  o‘z-o‘zini 

boshqarishdagi  kamchiliklari  natijasida  2008  yilda  boshlangan  jahon  moliyaviy-

iqtisodiy  inqirozi  bu  muammoga  boshqacha  ko‘z  bilan  qarashga  majbur  qildi. 

Angliyaning London shahrida 2008 yilning 2 aprelida bo‘lib o‘tgan jahonning eng 



420 

rivojlangan  20  ta  mamlakati  rahbarlarining  sammitida  ham    davlat  iqtisodiyotga 

aralashuvi zarur degan fikr o‘z tasdig‘ini topdi.  


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish