Daromadlar
siyosati
mazmunan
daromadlarning
taqsimlanishini
tartiblashga qaratiladi. Bu siyosatda ijtimoiy soliqlar, ijtimoiy dotatsiyalar va
byudjet transfertlari kabi dastaklar qo‘llaniladi.
Daromad siyosati soliqlarni progressiv, ya‘ni daromad miqdoriga qarab
oshib borishi tarzida belgilanishini nazarda tutadi. Bunda davlat byudjetida
to‘plangan mablag‘lar muhtojlarga yordam sifatida taqsimlanadi.
Daromad siyosati qariyalarni nafaqa bilan ta‘minlashni ham nazarda tutadi.
Bunda 2 xil nafaqa tizimi mavjud bo‘ladi. Birinchisida, ishlayotganlar
daromadining bir qismi olinib, davlat nafaqasi sifatida beriladi. Ikkinchisi,
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bo‘lib, unga ko‘ra har bir xodim ishlagan
paytidagi daromadining bir qismini pensiya jamg‘armasiga o‘tkazish orqali
pensiya mablag‘ini o‘zi to‘plab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |