Tayanch tushunchalar
Mehnat qurollari
– insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir qilishga
xizmat qiladigan vositalar: mashinalar, stanoklar, qurilmalar, uskunalar va
boshqalar.
Mehnat predmetlari
– bevosita mehnat ta‘sir qiladigan, ya‘ni mahsulot
tayyorlanadigan narsalar (yer – suv, xomashyo, materiallar va boshqalar).
Ishlab chiqarish jarayoni
– kishilarning maqsadni ko‘zlab amalga
oshiriladigan faoliyati bo‘lib, iste‘moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy
ne‘matlarni yaratishga qaratilgan jarayon.
Ijtimoiy ishlab chiqarish
– o‘zaro bog‘liqlikda va doimiy aloqada bo‘lgan
barcha individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdir.
Ishlab chiqarishning samaradorligi
– ishlab chiqarishning pirovard natijasi
bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o‘rtasidagi nisbat.
Do'stlaringiz bilan baham: |