Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Ochiq bozordagi operatsiyalar;  



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet459/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

Ochiq bozordagi operatsiyalar; 



 

Zahira (ehtiyot) me‘yorini o‘zgartirish; 



 

Hisob stavkalarini o‘zgartirish. 




409 

Ularning  har  birining  o‘zgarishi  pul  massasining  o‘zgarishiga  olib  keladi, 

ya‘ni  mazkur  usullar  pul  taklifi  ustidan  nazoratning  eng  moslashuvchan  

vositasidir.  

Agar markaziy bankka muomaladagi pul massasini ko‘paytirishi zarur bo‘lsa, 

u  qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  davlatning  qisqa  muddatli  obligatsiyalarini  sotib 

olishni  boshlaydi.    Ma‘lum  vaqt  o‘tgach,  obligatsiyalar  sotishdan  olingan  pullar 

tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag‘lardan 

bir qismi ehtiyotga qo‘yilib, qolganlari bank krediti sifatida ishlatiladi. 

Agar  Markaziy  bank  inflyatsiya  sharoitida  pul  massasini  ko‘paytirishning 

oldini  olishga  xarakat  qilsa,  u  davlat  qarz  majburiyatlarini  sotishni  boshlaydi. 

Tijorat banklari o‘zlariga foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini 

sotib oladi va ma‘lum vaqt o‘tgach, to‘lov uchun taqdim etadi. 

Ehtiyot  normalari  pasayganda  banklarning  ssuda  berish  mumkin  bo‘lgan 

ortiqcha  mablag‘lari  ko‘payadi.  Aksincha  bu  norma  yuqori  bo‘lsa  muomaladagi 

pul taklifi kamayishiga ta‘sir ko‘rsatadi.  

Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta‘sir ko‘rsatadi. 

Hisob  stavkasi  kamayishi  bilan  tijorat  banklari  tomonidan  Markaziy  bank  kreditga 

talab  o‘sadi, aks  holda  talab  kamayadi.  Hisob  stavkasini  pasaytirish  bilan  iqtisodiy 

faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o‘sib, qarz olish imkoniyati ortadi.  

Markaziy  bank  iqtisodiy  vaziyatga  qarab  ―arzon‖  yoki  ―qimmat‖  pul    kredit  

siyosatini yuritadi. 

Agar  iqtisodiyotda  foydalanilmayotgan  ishlab  chiqarish  quvvatlari,  ishsizlik 

mavjud  bo‘lsa,  Markaziy  bank  ―arzon‖  pul  siyosatini  yuritadi  va  kredit  olishni 

osonlashtiradi.  

Buning  uchun  davlat  ochiq  bozorda  davlat  qimmatli  qog‘ozlarni  banklar  va 

aholidan  sotib  oladi,  ehtiyot  normasini  kamaytiradi  va  hisob  stavkasi  pasaytiradi. 

Natijada pul taklifi ko‘payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o‘sishi va 

iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi. 

Agarda mamlakatda inflyatsiya yuz berayotgan bo‘lsa, ―qimmat‖ pul siyosati 

yuritilishiga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  siyosat  kreditni  ―qimmat‖  qilib,  uni  olishni 



410 

qiyinlashtiradi.  Markaziy  bank  pul  taklifini  qisqartirish  uchun  ochiq  bozorda 

qimmatli  qog‘ozlarini  sotadi,  ehtiyot  normasini  oshiradi  va  hisob  stavkasini 

ko‘taradi. 

Pul  taklifi  qisqarishi  natijasida  foiz  stavkasi  ko‘tariladi.  Bu  o‘z  navbatida 

investitsiyalarning  qisqarishiga,  inflyatsiyani  cheklashga  olib  keladi.  Shunday 

qilib, Markaziy bank mamlakat kredit-moliya tizimi orqali  butun iqtisodiyotga o‘z 

ta‘sirini ko‘rsatadi. 

Hozirgi  davrda    o‘zbekistonda    Markaziy  bankning  ―...pul-kredit  siyosatini 

yanada  takomillashtirish,  milliy  valyutaning  va  ichki  bozordagi  narxlarning 

barqarorligini ta‘minlash; erkin konvertatsiyani ta‘minlovchi  valyutaga oid  muno-

sabatlarni  tartibga  solish,  milliy  valyuta  kursini  shakllantirishda  zamonaviy  bozor 

mexanizmlarini joriy etish

80

‖ga qaratiladi.  



Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  Milliy  banki  birinchidan  eksport  tovarlari  ishlab 

chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi. 

Davlat  zayomlari  va  kreditlaridan  samarali  foydalanishga  qaratilgan  xizmatlar 

ko‘rsatadi.  Ikkinchidan,  xalqaro  valyuta-kredit  bozorlari  operatsiyalarida  ishtirok 

etadi.  Uchinchidan,  hukumatlararo  bitimlarning  to‘lov  shartlarini  ishlab  chiqishda 

qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi. 

Tijorat  banklari  tizimi  rivojiga  ikki  tamoyil  xos:  bir  tomondan,  univer-

sallashuv,  ikkinchi  tomondan,  ixtisoslashuv.  Tijorat  banklari  odatda  universal 

tavsifga  ega  bo‘lib,  o‘zlarining  xo‘jalik  mavqeiga  ko‘ra  aktsionerlik  tipidagi  kor-

poratsiyalar hisoblanadi  va  quyidagi vazifalarni bajaradi: 

 

Hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish; 



 

Kredit operatsiyalarini bajarish; 



 

Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish; 



 

Turli xizmatlar ko‘rsatish; 



 

Banklararo operatsiyalar o‘tkazish; 



 

Valyuta operatsiyalarini bajarish; 



                                                             

80

Мирзиѐев  Ш.М..2017-2021  йилларда  Ўзбекистон  Республикасини  ривожлантиришнинг  бешта  устувор 



йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz  


411 

 



Biznes yuzasidan maslahat berish va h.k. 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish