Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Kredit mablag’lari manbai sifatida quyidagilar chiqadi



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet448/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Kredit mablag’lari manbai sifatida quyidagilar chiqadi: 

Birinchidan,

  korxonalarning  vaqtincha  bo‘sh  turgan  pul  mablag‘lari.  Bu 

mablag‘lar  kapitalning  doiraviy  aylanishi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ma‘lum  muddat 

uning  bir  qismi  bo‘sh  turadi.  Jumladan,  amortizatsiya  ajratmalari  mahsulot 

sotishdan  keladigan  pul  tushumlari,  korxonalarning  ishlab  chiqarish,  fan  va 

texnikani  rivojlantirish  fondlari,  moddiy  rag‘batlantirish  fondlari  belgilangan 

maqsad bo‘yicha ishlatilguncha bo‘sh turadi. Korxonalar foydasi davlat byudjeti va 

kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, bankdagi hisoblarda saqlanadi.          



Ikkinchidan,

  moliya  –  kredit  muassasalarining  pul  mablag‘lari.  Ularning 

daromadlari bilan  xarajatlari o‘rtasidagi  farq bo‘sh pul  mablag‘larini tashkil etadi. 

Tijorat  banklari  va  moliya-kredit  muassasalarining  pul  zahiralari  ham  ssuda  fondi 

manbai hisoblanadi. 

Uchinchidan,

  davlat  ixtiyoridagi  zahira  pul  mablag‘lari.  Markaziy  va 

mahalliy  boshqaruv  bo‘g‘inlarining  xarajatlari  bilan  soliq  tushumlari  o‘rtasidagi 

farq tarzida bo‘sh pullar mavjud bo‘ladi. 



To’rtinchidan,

  turli  maxsus  (pensiya,  sug‘urta,  xayriya)  va  ijtimoiy 

fondlarning  mablag‘lari.  Bu  fondlarda  pullarning  hosil  bo‘lishi  va  ishlatilishi  har 

xil vaqtda yuz beradi. Bu ma‘lum  miqdorda pul  mablag‘larining bo‘sh qolib, qarz 

fondiga aylanishi uchun imkon beradi. 

Beshinchidan,

 aholi pul daromadlari va jamg‘armalari. Aholining iste‘molchi 

sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish va marosimlar o‘tkazish maqsadidagi 

pullari ishlatilgunga qadar bo‘sh turadi. 



Oltinchidan,

 tadbirkorlar qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘lari. 




401 

Bulardan tashqari davlat byudjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus 

mablag‘ ajratiladi. Markaziy bank ham qo‘shimcha emissiya tufayli moliya-kredit 

muassasalariga kreditlar berishi mumkin. 

Ma‘lum  vaqt  mobaynida  bo‘sh  pullar  uning  egalariga  hech  qanday  daromad 

keltirmaydilar, shuning  uchun kam  miqdordagi  foiz bilan  ham  qarz berish  foydali 

bo‘lib  qoladi.  Natijada  ana  shu  bo‘sh  pullar  ssuda  kapitaliga  aylantiriladi.  Bunda 

banklar tegishli  foiz bilan muhtoj bo‘lgan tadbirkorlar va boshqa sub‘ektlarga o‘z 

maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi.  


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish