25.1-chizma. Pulga bo’lgan talab
Keyns nazariyasiga ko‘ra pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda
foizi normasiga bog‘liq: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri
mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta‘sir ko‘rsatadi.
Muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay
qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar
uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va
natijada YaIM o‘sishi kuzatiladi.
YaIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning
muvozanatli stavkasini oshiradi. Aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va
narx darajasini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |