Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Tabiiy  monopoliyalar

  –  iqtisodiy  faoliyatning  texnikaviy  va  texnologik 

xususiyatlari  taqozo  qilib,    raqobatni  qullash  mumkin  bo‘lmagan  yoki  qiyin 

bo‘lgan sohalarda vujudga keladi. Bular: Suv, energiya, gaz ta‘minoti korxonalari; 

Temir yo‘l transporti; Harbiy-mudofaa majmuasi korxonalari. 

Tabiiy  monopoliyalar  ob‘ektiv  shart-sharoitlarga  ko‘ra  ayrim  sohalarda  ham 

qonuniy  tartibda  vujudga  keladi  va  amal  qiladi.  Masalan,  kamyob  yer  osti 

boyliklarni  qazib  olishda,  choy,  uzumning  alohida  navlarini  yetishtirishda  takror 

ishlab  chiqarilmaydigan  tabiiy  resurslar,  jumladan  alohida  unumdor  yer 

uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta‘minlaydi. 




163 

Iqtisodiy (sun‘iy)  monopoliyalar –  ishlab chiqarish  va kapitalning to‘planishi 

hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. 

Iqtisodiy  monopoliyalarga  kartel,  sindikat,  trest  va  kontsernlarni  kiritish 

mumkin. 

Kartel

 – sanoatning bir tarmog‘idagi bir nechta korxonalar uyushmasi bo‘lib, 

qatnashchilar  ishlab  chiqarish  va  tijorat  sohasida  to‘liq  xo‘jalik  mustaqilligini 

saqlab qoladi. Ular ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushi, sotish narxlari, 

bozorlarning taqsimlanishi va boshqa shu kabilar bo‘yicha kelishib oladi.  

Neft  eksport  qiluvchi  mamlakatlar  (OPEK)  tashkiloti  –  xalqaro  ko‘lamdagi 

kartelga  misol bo‘la oladi. U 1960  yilda tashkil qilingan bo‘lib, a‘zo  mamlakatlar 

(XX asr oxirida 11 mamlakat) neftni qazib olish va eksport qilish sohasida yagona 

siyosat yuritishga harakat qiladi. 

Sindikat 

–  bir  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  birlashmasi 

bo‘lib,  qatnashchilar  xo‘jalik  yuritishning  moddiy  shart-sharoitlariga  mulkdorlik 

huquqini  saqlab  qoladi,  ular  provard  mahsuloti  esa  umumiy  mulk  sifatida  alohida 

tashkil qilingan muassasa tomonidan sotiladi. 

Trest

  –  tadbirkorlarning  birgalikdagi  mulki  asosida  tashkil  qilinib,  unga 

kiruvchi korxonalar o‘zlarining ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi mustaqilligini 

yo‘qotadi hamda yagona boshqaruv tizimiga birlashadi. Bunga ―O‘zbekiston havo 

yo‘llari‖  DAK,  umumiy  ovqatlanishi  va  maishiy  xizmat  korxonalarning  shahar 

birlashmalari, tarmoq vazirlik va qo‘mitalari misol bo‘la oladi. 



Kontsern

  –  formal  mustaqil  korxonalar  ittifoqi  bo‘lib,  uning  doirasida  bosh 

firma  barcha  qatnashchilar  ustidan  moliyaviy  nazoratni  tashkil  qiladi.  Hozirgi 

zamon kontserni – bu yirik ko‘p tarmoqli majmua bo‘lib, unga turli mamlakatlarda 

joylashgan  sanoat,  savdo,  bank  va  boshqa  korxonalar  kiradi.  Kontsern  qat-

nashchilarni  aktsiyalariga  egalik  qiluvchi  kompaniya  ular  faoliyatiga  ta‘sir 

ko‘rsatishi sababli ―xolding‖ (inglz. hold – ushlash, egallash) deb nomlanadi. 

Konsortsium

  –  hamkorlikda  yirik  tadbirkorlik  loyihalarini  amalga  oshirish 

uchun sanoat, bank va boshqa kompaniyalarning vaqtinchalik birlashmasidir. 



164 

Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. 

U  mahsulot  (xizmat)ning  yagona  ishlab  chiqaruvchisi  hisoblanadi  va  demak, 

taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi hamda o‘ziga foydali bozor narxini 

o‘rnatishga  harakat  qiladi.  Buning  uchun  monopolistda  bir  qator  imkoniyatlar 

mavjud bo‘ladi: 

1)

 

Monopolist 



korxona 

o‘z  tovarining  sotish  hajmini  kamaytirib, 

mahsulotning sun‘iy taqchilligini vujudga keltiradi va bu taklif narxining o‘sishiga 

olib keladi. 

2)

 

Mutloq  monopoliya  kichik  ishlab  chiqaruvchilardan  tovarlarning  katta 



partiyasini  (masalan,  qishloq  xo‘jalik  xom-  ashyosini)  oldindan  past  narxlarda 

sotib  olib  ularning  ortiqcha  zaxirasini  vujudga  keltiradi.  Monopol  past  xarid 

narxlari  yanada  kamayishi  bilan  monopsoniya  foydasi  shunga  mos  ravishda  o‘sib 

boradi. 


3)

 

Bir  vaqtda  monopolist  va  monopsonist  hisoblangan  korxona  ―narxlar 



qaychisi‖  yordamida  o‘z  daromadini  ko‘paytirib  boradi.  Jumladan,  qayta  ishlash 

sanoatidagi  korxonalar o‘zlarining tayyor mahsulotlariga sanoatning qayta ishlash 

tarmoqlari  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  narxlaridan  bir  necha  barobar  yuqori 

narxni o‘rnatadi. 

Monopolist  birlashmalar  bozordagi  hukmron  mavqeini  ushlab  turish  uchun 

raqobatning mumkin bo‘lgan barcha usullaridan foydalanadi. Bular: 

A)  xo‘jalik  –  autsayder  (monopolistik  birlashmaga  kirmagan  korxonalar)  lar 

bilan iqtisodiy aloqalarni to‘liq yoki qisman bekor qilish; 

B)  demping  –  raqibini  sindirish  maqsadida  tovarlarini  oldindan 

―pasaytirilgan‖ (xarajatlar darajasida) narxlarda sotish; 

V) monopoliyaga kirmagan korxonalarga tovarlar sotishni cheklash (masalan, 

neftni qayta ishlash zavodlariga neft etkazib berishni kamaytirish); 

G)  narxni  tartibga  solish  –  monopolist  mahsulotlarining  kichik  mulkdorlarga 

sotiladigan narxini oshirib va bir vaqtda yirik korxonalar uchun uni pasaytiradi. 




165 

D)  qonunchilikda  tan  olinmagan  vositalar  yordamida  (yutib  yuborish  va 

qo‘shib  olish  maqsadida  buyurtma  asosida  jismoniy  yo‘qotishgacha  bo‘lgan) 

raqibini sindirish va sanoat josusligi. 

Monopolilar    tarmoqqa  kirish  uchun  to‘siqlarning  mavjud  bo‘lishiga  sabab 

bo‘ladi.  Iqtisodiy,  texnik,  huquqiy  yoki  boshqa  to‘siqlar  yangi  raqobatchilarning 

tarmoqqa  kirishiga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Tarmoqqa  kirish  uchun  to‘siqlar  har  xil 

ko‘rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 



a)  Ishlab  chiqarish  miqyosi  keltirib  chiqaradigan  to’siqlar.

  Jumladan, 

moliyaviy  to‘siqlar  ko‘p  holatlarda  shunchalik  katta  bo‘ladiki,  bu  tarmoqqa 

kirishni  taqiqlash  bilan  barobar.  Masalan,  yirik  ishlab  chiqaruvchi  hisoblangan 

avtomobil sanoatiga kirish, yangi texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib 

olish juda katta pul-kapitalini talab qiladi. 



b)  Tabiiy  monopoliyalar  vujudga  keltiradigan  to’siqlar.

  Buning  mazmuni 

shundan  iboratki,  bir  qancha  tarmoqlarda  raqobat  mavjud  bo‘lmaydi,  uni  amalga 

oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy 

monopoliyalar deyiladi.  Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda 

o‘z huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan bo‘lsa, 

bunday  ijtimoiy  foydalanishdagi  korxonalar  tartibga  solinadigan  yoki  davlat 

tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi. 



v) Patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar.

 Davlat patent va litsenziyalar 

berib  tarmoqqa  kirish  uchun  qonuniy  to‘siqlar  ham  yaratadi.  Patentlar  uning 

egasiga  mahsulotini  to‘liq  nazorat  qilish  huquqini  beradi.  Tarmoqqa  kirish  yoki 

faoliyat  turi  bilan  shug‘ullanish  davlat  tomonidan  litsenziya  berish  yo‘li  bilan 

cheklanishi mumkin. Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga 

tegishli vazirlik (mahkama) litsenziya beradi.  

g)  Xomashyoning  muhim  turlariga  xususiy  mulkchilik  monopoliyalar 

tomonidan potentsial raqobatchilar uchun samarali to’siq yaratish vositasi sifatida 

foydalanishi mumkin.  

d)  G’irrom  raqobat.

  Firmalar  o‘z  raqiblarining  tarmoqqa  kirib  kelishini 

tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin.  



166 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish